|
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini mazmunini tushuntirib bering
|
bet | 44/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet68. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini mazmunini tushuntirib bering.
Yer egasi qo‘shni yer egasidan uning yeridan foydalanishni talab qilishi mumkin ( servitut huquqi ).Servitut quyidagi maqsadlar uchun belgilanadiYerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi o‘rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.Servitut to‘g‘risidagi shartnomalar kadastr organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 1 kun davomida, bepul amalga oshiriladi.Servitut bilan yuklangan yer uchastkasining egasi, servitut o‘rnatilishidan manfaat olgan shaxsdan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun mutanosib to‘lov talab qilishga haqlidir.Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi. Yer egasi qo‘shni yer egasidan uning yeridan foydalanishni talab qilishi mumkin ( servitut huquqi ).Servitut quyidagi maqsadlar uchun belgilanadiYerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi o‘rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.Servitut to‘g‘risidagi shartnomalar kadastr organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 1 kun davomida, bepul amalga oshiriladi.Servitut bilan yuklangan yer uchastkasining egasi, servitut o‘rnatilishidan manfaat olgan shaxsdan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun mutanosib to‘lov talab qilishga haqlidir.Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi. 173-modda. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi Ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi. Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut qonunga muvofiq tegishli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).(173-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)Uchastka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan yoki doimiy egalik qilish va foydalanish huquqi bilan berilgan shaxsning manfaatlari va talabi bo‘yicha ham ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda va tartibda servitut belgilanishi mumkin.
|
| |