|
Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini tushuntiring?
|
bet | 42/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet65. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini tushuntiring?
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;oddiy shirkat;yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa a’zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari bo‘lishlari mumkin.Dehqon xo‘jaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bog‘liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
66. Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida necha turdagi soliqlar belgilangan va ular qaysilar?
17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2) aksiz solig‘i; 3) foyda solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) yer solig‘i; 9) ijtimoiy soliq. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi. Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
|
| |