|
Pensiya tayinlash masalasi qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
|
bet | 8/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet14. Pensiya tayinlash masalasi qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Ma’muriyat (boshqaruv) ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish haqi to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni berilgan ariza va o‘z taqdimnomasi bilan birga arizachining tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi. Basharti, pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga tavsiya etish rad qilinsa, unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma xabar qilinadi. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning (boshqaruvning) pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan qaroriga rozi bo‘lmagan hollarda, u pensiya tayinlanishini so‘rab bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi mumkin. Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita arizachining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berishlari, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida ko‘maklashishlari shart. 45-modda. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlarni qarab chiqish muddatlari Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar ular tushgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmasdan qarab chiqiladi.Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kun ichida korxona, tashkilot yoki arizachiga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani beradi yoki jo‘natadi hamda ayni chog‘da barcha hujjatlarni qaytaradi.
15. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy va xususiy mol-mulki, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tartibi haqida ma’lumot bering.
20-modda. Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiKo‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi (bundan buyon matnda umumiy yig‘ilish deb yuritiladi) ko‘p kvartirali uyning yuqori boshqaruv organidir.Umumiy yig‘ilish ushbu Qonunda belgilangan tartibda yiliga kamida bir marta chaqiriladi.Har yilgi umumiy yig‘ilish kalendar yil tugaganidan keyin oltmish kundan kechiktirmay chaqiriladi.Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining tashabbusi bilan yoki joylar mulkdorlarining kamida o‘n foizining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda Uy-joy fondi inspeksiyasining mansabdor shaxsi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)Joylar mulkdorlarini umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan joy, sana, vaqt va uning kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilish yig‘ilish tashabbuskorlari tomonidan umumiy yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin amalga oshiriladi.Joylar mulkdorlarini umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish tegishli e’lonni uylarning har bir kirish yo‘lagiga osib qo‘yish yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi.Joylarning mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslarni xabardor qilish tegishli xabarni buyurtma xat bilan yuridik manzilga yuborish, elektron xabar qilish yoki xabarni vakolatli vakilga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi. 27-modda. Boshqaruvchi tashkilotning va boshqaruvchining faoliyati
Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi umumiy mol-mulkni saqlashni ta’minlaydigan hamda sifati umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha texnik reglamentlar va belgilangan qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish uchun joylarning mulkdorlari oldida javobgar bo‘ladi.Boshqaruvchi faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart va malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.Boshqaruvchi tashkilot shtatida ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha tegishli malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassis bo‘lishi zarur.Boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda bajariladigan ishlar, ularning qiymati haqidagi axborotdan joylar mulkdorlarining, ko‘p kvartirali uy kengashining, shirkat boshqaruvi va taftish komissiyasining erkin foydalanishini ta’minlashi shart.Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan va ishlar bajarilgan taqdirda, xizmatlar ko‘rsatish va ushbu ishlarni bajarishga taalluqli qism bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
|
| |