|
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qaysi turdagi mulklarga nisbatan urdiruv qaratilmaydi?
|
bet | 4/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet6. Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qaysi turdagi mulklarga nisbatan urdiruv qaratilmaydi?
52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkIjro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo‘lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo‘lsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat bo‘yicha garov narsasi bo‘lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga), ularda qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari yoxud o‘zga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat’i nazar, qaratilishi mumkin. Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas. vestor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablag‘lar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.(52-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririd
7. Ishsiz deb e’tirof etish va uning tartibini tushuntirib bering?
Ishsizlar — 16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar.Ishsiz deb e’tirof etish uchun shaxs mahalliy mehnat organlarida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim.Mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab 10 kun ichida o‘zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni 2-marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb e’tirof etilmaydi va taklif qilingan ishni rad etgan paytdan boshlab 30 kalendarь kun o‘tgandan keyingina ishsiz sifatida takroran ro‘yxatga olinish huquqiga egadir. 3-modda. Ishsiz deb e’tirof etishIshsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organi tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilmaydi:mehnat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar;ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan shaxslar.Taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘ladi.Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
|
| |