|
Aholining qaysi toifalari uchun ishga joylashishda qo‘shimcha kafolatlar
|
bet | 5/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet8. Aholining qaysi toifalari uchun ishga joylashishda qo‘shimcha kafolatlar
belgilangan?
7-modda. Aholining ayrim toifalari uchun ish bilan ta’minlashning qo‘shimcha kafolatlari
1. Davlat ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lib, ish topishda qiynaladigan, mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz hamda ko‘p bolali ota-onalarga; umumiy ta’lim maktablarini, boshqa o‘quv yurtlarini bitirgan yoshlarga; Qurolli Kuchlardan, IIV qo‘shinlaridan, chegara qo‘shinlaridan, milliy xavfsizlik qo‘shinlaridan bo‘shatilganlarga; nogironlarga, pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan kishilarga; qamoqdan ozod qilingan yoki sud qarori bilan majburiy davolanishga yuborilganlarga (quyida ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi) qo‘shimcha ish joylari va ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish yo‘li bilan va boshqa choralar bilan qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.2. Xalq deputatlari Sovetlari korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun mo‘ljallangan maxsus ish joylarining, shu jumladan ish bilan band qilishning moslashuvchan shakllarining eng kam miqdorini belgilab beradilar.3. Bunday shaxslarni belgilangan kvotalardan ortiq ravishda ishga qabul qilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari bilan daromad solig‘i to‘lashda, respublika va mahalliy budjetlarga boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar beriladi. Bunday imtiyozlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
9.Qanday xollarda ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanadi va kimlar dastlabki sinov bilan ishga qabul qilinmasliki lozim.
84-modda. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. 85-modda. Dastlabki sinov muddatiDastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. Quyidagi toifadagi shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qo‘llanilmaydi:? homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga;? korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarga;? o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilarga;? xodim bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan hollarda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chog‘ida belgilanishi mumkin. Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi..
|
| |