|
Umumiy mulk tushunchasi, uning vujudga kelish asoslari va umumiy mulkni bo‘lish haqida nimalarni bilasiz?
|
bet | 9/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet16. Umumiy mulk tushunchasi, uning vujudga kelish asoslari va umumiy mulkni bo‘lish haqida nimalarni bilasiz?
216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.(216-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin. 223-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli.Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini ajratish usuli va shartlari to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli.Agar ulushni asl holida ajratib olishga qonun yo‘l qo‘ymasa yoki uni umumiy mulk bo‘lgan mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ajralib chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati to‘lanishini talab qilish huquqiga ega.Ushbu modda asosida ulushli mulk ishtirokchisiga asl holida ajratib berilayotgan mol-mulkning uning mulk huquqidagi ulushiga nomutanosibligi tegishli pul summasini to‘lash yoki boshqacha kompensatsiya to‘lash yo‘li bilan bartaraf etiladi.Ulushli mulk ishtirokchisiga uning ulushini asl holida ajratib berish o‘rniga boshqa mulkdorlar tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga ishtirokchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Mulkdorning ulushi arzimas bo‘lgan, amalda ajratib berilishi mumkin bo‘lmagan va u umumiy mol-mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.Ushbu moddaga muvofiq mulkdor kompensatsiya olganidan keyin umumiy mol-mulkdagi ulushiga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
|
| |