Kasbga tayyorlash qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash va uning muddatlarini tushuntirib bering?




Download 71,39 Kb.
bet3/47
Sana18.07.2024
Hajmi71,39 Kb.
#267810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
elyor otvet

5.Kasbga tayyorlash qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash va uning muddatlarini tushuntirib bering?
Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ishsiz shaxslarga stipendiya kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirish davrida tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan to‘lanadi. ashkilot tugatilishi yoki shtat qisqartirilishi tufayli o‘qiyotgan shaxslarga ish beruvchi (mablag‘i bo‘lmasa, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi) tomonidan 3 oy davomida, oldingi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan, qoida tariqasida, yigirma olti kalendar haftagacha bo‘lgan muddatga stipendiya to‘lanadi.Stipendiya ishsiz shaxslarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) oxirgi o‘n ikki oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida;birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetmish besh foizi miqdorida.Stipendiyalarni to‘lash soliq solish obyekti hisoblanmaydi.Stipendiyalar to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida va so‘rovnomada ko‘rsatiladi.
Stipendiya ish qidirayotgan, mahalliy mehnat organlari tomonidan qisqa muddatli o‘qitishga yuborilgan shaxslarga to‘lanmaydi.

Download 71,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 71,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbga tayyorlash qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash va uning muddatlarini tushuntirib bering?

Download 71,39 Kb.