|
SHARTNOMA BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI
|
bet | 2/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 24,26 Kb. | | #116971 |
Bog'liq Вилоят газеталари етказиб бериш шартномаси0002. SHARTNOMA BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI
2.1. Tovarning narxi ushbu shartnomaning jadvaliga asosan belgilanadi, Tovarlarning narxi ushbu shartnomaning butun muddati uchun belgilanadi. Ushbu narxlar tovarlarni obunachiga yetkazib beruvchi qabul qilib olgan nuqta uchun belgilangan bo‘lib, Obunachiga yetkazib berish xizmatlarini o‘z ichiga olmaydi. Tovarlarni yetkazib berish uchun xizmat haqi yetkazib beruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi va obunachi bilan shartnomaga asosan obunachidan undiriladi.
2.2. “Vositachi”, “Tahririyat” hisob raqamiga yillik obuna pulining 50 (ellik) foizini birinchi chorakda pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi, qolgan yillik obuna mablag‘larini davriy nashrning chiqishiga qarab, har chorak yakunida teng miqdorda to‘lab beradi. Yil davomida qabul qilingan obuna mablag‘lari (nashrlar belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida chiqib turgan holda) 2.2. bandga asosan o‘tkazib beriladi.
2.3. “Vositachi” tomonidan obuna uyushtirilganlik uchun xizmat haqi tovar bahosidan QQSni hisobga olgan holda 1 (bir) foizni tashkil qiladi va ushbu xizmat haqi o‘zaro hisob-kitobga asosan ushlab qolinadi.
2.4. Ushbu shartnomaning jadvalida davriy nashrlarni chiqish grafigida belgilangan miqdorlardan ortiqcha chop etilgan taqdirda “Tahririyat” tomonidan “Vositachi”ga yetkazib berish harajatlarini to‘lab beradi.
2.5. Nashrlar qo‘shma son bo‘lib chop etilishi natijasida oy va yildagi komplektlar soni kamaysa obuna haqiqatda chop etilgan komplektlar uchun mablag‘lari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Qo‘shma son qilib chop etish iste’molchilar huquqlarini buzilishiga olib keladi.
2.6. Katalogga kiritilgan nashrning o‘z vaqtida chiqmasligi, nashr(lar) vaqtincha yoki to‘liq bosmadan chiqmagan holatlarda, nashr chiqishi to‘xtab qolganda yoki yopilishi munosabati bilan mushtariylarga yetkazilgan moddiy zarar “Tahririyat” tomonidan qoplanadi.
2.7. “Vositachi” hisobot oyidan keyingi oyning 10 (o‘n) sanasigacha obuna uyushtirganlik uchun xizmat haqi bo‘yicha “Taxririyat”ga hisob-faktura taqdim qiladi.
2.8. “Vositachi” Obuna bo‘yicha yetkazib berilgan tovarlar uchun vositachilik shaklidagi elektron hisob-fakturalarni hisobot oyidan keyingi oyning 10 (o‘n) sanasigacha obunachiga taqdim qiladi.
|
| |