• 4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
  • Davriy nashrlarga obuna qabul qilish va yetkazib berish to‘g‘risida 1/ -sonlishartnom a navoiy sh. 2023 yil 28 noyabr




    Download 24,26 Kb.
    bet4/6
    Sana12.12.2023
    Hajmi24,26 Kb.
    #116971
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Вилоят газеталари етказиб бериш шартномаси000

    Jumladan, obuna yo‘li bilan tarqatiladigan nashrlar bo‘yicha katalogdagi obuna narxi va “Tahririyat” belgilangan narxning farqi yetkazib berish xizmati harajatlar miqdori hisoblanadi.
    3.2.10. Nashr(lar)ning jadval bo‘yicha bosmadan chiqishi, davriyligi va sahifalarini soni ustidan nazorat olib borishi uchun “Tahririyat”,“Vositachi” uchun 1 (bir) dona bepul obuna rasmiylashtirib beradi yoki har bir nashrdan bir donadan “Vositachi”ga yetkazib berishni ta’minlaydi.
    3.2.11. Obuna orqali tarqatiladigan nashr(lar) “Tahririyat” tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filialiga yetkazib berishni ta’minlaydi.
    3.2.12. “Tahririyat” (Nashriyot) har oyning 28-sanasiga qadar kelgusi oy uchun davriy nashrlar bosmadan chiqarilishi to‘g‘risidagi buyurtma (zakaz naryad)ni qog‘oz shaklida yoki elektron pochta, faks orqali “Vositachi”dan olib ketadi va ushbu buyurtmalar asosida nashrlarni o‘z vaqtida chop etilishini ta’minlaydi.
    3.2.13. Har oy yakunida “Vositachi” tomonidan taqdim etilgan hisobotga “Tahririyat” tomonidan 5 ish kunida yozma e’tiroz bildirilmasa hisobot qabul qilingan hisoblanadi.
    4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
    4.1. Shartnoma bandlarini bajarmagan tomon O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga asosan javobgar bo‘ladi.
    4.2.“Vositachi” “Tahririyat”ga nashrlar buyurtmasini o‘z vaqtida sifatli taqdim etadi.
    4.3. “Vositachi” obuna pulining “Tahririyat”ga taalluqli qismini shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda to‘liq o‘tkazib beradi, obuna pulini o‘tkazish kechiktirgan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun o‘tkazilmagan mablag‘ning 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 10 (o‘n) foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima to‘laydi.
    4.4. “Tahririyat”ning aybi bilan obunachilarga yetkazib berilmagan davriy nashrlar uchun, yetkazib berilmagan nashrlar qiymatining 10 (o‘n) foizi miqdorida “Tahririyat”, “Vositachi”ga jarima to‘laydi.
    4.5. “Tahririyat” nashrlarning o‘z vaqtida chop etilishi va adadi “Vositachi” bergan buyurtmalarga mos kelishini o‘z zimmasiga oladi.
    4.6. Davriy nashrlarni yetkazib berilgani uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, “Vositachi” nashrlarni yetkazib berish bilan bog‘liq to‘lovlarni obunadan kelib tushgan to‘lovlardan bosib qolish yo‘li bilan o‘zaro hisob-kitob ishlarini amalga oshiriladi.
    4.7. “Tahririyat” tomonidan davriy nashrlar chiqish grafigida ko‘rsatilgan muddatda
    6 (olti) oy davomida chop etilib taqdim etilmagan taqdirda, “Vositachi” tomonidan nashrlar buyurtmasi bekor qilinadi (anulyatsiya) hamda qabul qilingan obuna pullari obunachilarga belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
    4.8. Ushbu shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarayotganda tomonlar, ularning filiallari, xodimlari hamda vositachilarida to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita korrupsiya alomatlari kuzatilishi, tijoriy korrupsiya, mansab mavqeidan foydalanish, shuningdek huquqni buzuvchi harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladilar.
    4.9. Agar tomonlar o‘rtasida ushbu shartnomaning 4.8. bandida “Korrupsiyaga qarshi kurash” nazarda tutilgan har qanday majburiyatlarning buzilishi sodir bo'lgan yoki sodir bo'lishi mumkin deb hisoblash uchun asos bo'lsa, tomon bu haqda boshqa tomonni yozma ravishda va Shartnomada ko'rsatilgan elektron pochta manzili orqali darhol xabardor qilishga majburdir.
    4.10. Taraflar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi, va’da bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul to‘lamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora, ya’ni “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali” filiali xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yoki mumkinligi uchun moddiy qiymatliklarni yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolat beradi.

    Download 24,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davriy nashrlarga obuna qabul qilish va yetkazib berish to‘g‘risida 1/ -sonlishartnom a navoiy sh. 2023 yil 28 noyabr

    Download 24,26 Kb.