• 3.2. “Tahririyat”ning majburiyatlari
  • Davriy nashrlarga obuna qabul qilish va yetkazib berish to‘g‘risida 1/ -sonlishartnom a navoiy sh. 2023 yil 28 noyabr




    Download 24,26 Kb.
    bet3/6
    Sana12.12.2023
    Hajmi24,26 Kb.
    #116971
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Вилоят газеталари етказиб бериш шартномаси000

    3. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
    3.1. “Vositachi”ning majburiyatlari:
    3.1.1. “Vositachi”, “Tahririyat” nomidan O‘zbekiston Respublikasida chop etiladigan, obuna katalogiga kiritilgan davriy nashrlarga (bundan buyon tovar) obuna buyurtmalarini qabul qiladi.
    3.1.2.”Vositachi” 2024 yil uchun obuna katalogi (bundan buyon katalog) ishlab chiqadi va ushbu shartnomada ko‘rsatilgan davriy nashrlarni obuna katalogiga kiritadi.
    3.1.3. “O‘zbekiston pochtasi” AJga qarashli barcha aloqa bo‘limlari va obuna qabul qilish punktlarini Kataloglar, kerakli ish qog‘ozlari bilan ta’minlaydi va obunani rasmiylashtirish (qabul qilish) shartlari va muddatlarini belgilaydi.
    3.1.4.“Vositachi” “Tahririyat” (Nashriyot)ga har oyning 28-sanasiga qadar kelgusi oy uchun davriy nashrlar bosmadan chiqarilishi to‘g‘risidagi buyurtmani taqdim etadi.
    3.1.5. Obuna katalogida “Tahririyat”ning nashrlar to‘g‘risida taqdim qilgan ma’lumotlari asosida reklama (axborot, targ‘ibot va tashviqot) ishlarini olib boradi, reklama haqidagi ma’lumotlarga “Tahririyat” javob beradi.
    3.1.6. Reklama (axborot, targ‘ibot va tashviqot) ishlarini olib borganlik uchun “Tahririyat”, “Vositachi”ga alohida shartnoma asosida oldindan 100 % to‘lovni amalga oshiradi.
    3.1.7. “Vositachi” “Tahririyat” tomonidan yetkazib berilgan tovarlarni yuk xatiga asosan qabul qilib oladi va nuqsonli, son va sifati talabga javob bermaydigan tovarlar to‘g‘risida qabul qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida dalolatnoma rasmiylashtirib “Tahririyat”ga ma’lum qiladi.
    “Tahririyat” tomonidan dalolatnoma asosida qabul qilib olingan nuqsonli, son va sifati talabga javob bermaydigan tovarlar “Vositachi”ga 48 soat mobaynida nuqsonsiz, son va sifati talabga javob beradigan tovarga almashtirilib beriladi.
    3.1.8. Har oy yakuni bo‘yicha qabul qilingan obuna buyurtmalari to‘g‘risida hisobotni “Vositachi”, “Tahririyat”ga 5 ish kunida taqdim etib boradi.
    3.2. “Tahririyat”ning majburiyatlari:
    3.2.1. Ushbu shartnomaning jadvalda ko‘rsatilgan nashr(lar)ning yil davomida chiqish davriyligi yoki vaqti o‘zgargan taqdirda, bu xaqida kamida 10 (o‘n) kun oldin “Vositachi”ga yozma ravishda xabardor qiladi.
    3.2.2. Tasdiqlangan jadval va yuk xatiga asosan davriy nashrlarni to‘liq yetkazib berish davri davomida uzluksiz bosmadan chiqishini ta’minlaydi.
    3.2.3. “Vositachi” bilan birgalikda obuna mavsumi boshlangunga qadar va obuna davri davomida obuna shartlari, muddatlari to‘g‘risida keng miqyosda reklama-axborot va targ‘ibot ishlarini olib boradi.
    3.2.4. Yetkazib berilgan tovarlar uchun “Vositachi” xizmatlarini (xizmat haqini) o‘z vaqtida to‘laydi.
    3.2.5. “Vositachi”ga bayram oldi va bayram kunlari nashrlarning bosmadan chiqish jadvalini 48 soatdan kechiktirmay yozma ravishda xabar qiladi.
    3.2.6.Nashr(lar)ning faoliyati (yopilishi, vaqtincha to‘xtatilishi), nashrning formati, davriyligi, sahifalar soni o‘zgarishi (qo‘shma sonlar), bosish jadvalini buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nashr chiqishidan 5 (besh) kun oldin “Vositachi”ni yozma ravishda xabardor qiladi.
    3.2.7.Nashr(lar) vaqtincha yoki to‘liq bosmadan chiqmagan holatlarda, chop etilmagan nashr pulini “Tahririyat” “Vositachi”ga nashr(lar) vaqtincha yoki to‘liq bosmadan chiqmay qo‘ygandan boshlab 10 (o‘n) kun ichida qaytarib berishi shart.
    3.2.8. Obuna bahosiga o‘zgartirishlar alohida holatlarda kiritilishi mumkin va obuna bo‘yicha narxlar o‘zgarishi obuna boshlanguncha 45 (qirq besh) kun oldin “Vositachi”ni yozma ravishda xabardor qiladi. “Vositachi”ga taqdim qilingan davriy nashrning obuna narxiga, narx taqdim qilingan kundan boshlab kamida 6 (olti) oy muddatdan so‘ng “Tahririyat” qayta o‘zgartirish kiritishi mumkin.
    Davriy nashrni kelgusi yil obuna katalogiga kiritish uchun belgilanadigan narxlar joriy yilning 15 (o‘n beshinchi) iyun kunigacha “Vositachi”ga taqdim qilinishi lozim.
    Narxlar o‘zgarishi katalogga joriy obuna yilining 1 (birinchi) iyul kunidan kiritiladi. Belgilangan vaqtdan kechiktirib berilgan o‘zgarishlar qabul qilinmaydi.
    3.2.9. Nashr(lar) belgilangan chiqish sonidan ko‘proq chiqqanda, sahifalar soni ko‘paytirilganda, nashrlar alohida ajratilgan holda chop etilganda “Tahririyat” (nashriyot) “Vositachi”ga ekspeditsiyalash, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining filiallari va ularning aloqa bo‘limlariga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha harajatlarni to‘laydi.

    Download 24,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davriy nashrlarga obuna qabul qilish va yetkazib berish to‘g‘risida 1/ -sonlishartnom a navoiy sh. 2023 yil 28 noyabr

    Download 24,26 Kb.