|
Davriy nashrlarga obuna qabul qilish va yetkazib berish to‘g‘risida 1/ -sonlishartnom a navoiy sh. 2023 yil 28 noyabr
|
bet | 5/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 24,26 Kb. | | #116971 |
Bog'liq Вилоят газеталари етказиб бериш шартномаси0005. MAHFIYLIK
5.1. Taraflar bitimni bajarish chog‘ida muayyan axborotning maxfiy xususiyatini boshqa tomonga majburiy xabardor qilgan holda bir tomonlama aniqlashga haqli.
5.2. Taraflar boshqa tarafning oldindan yozma roziligisiz boshqa tarafning kelishuviga binoan olingan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, uchinchi shaxslarga o‘tkazishi yoki o‘z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin emas.
5.3. Agar maxfiy deb tasniflangan vaqtda u allaqachon uchinchi shaxslar yoki ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan yoki ochiqlangan taqdirda tomonlar javobgar bo‘lmaydi.
5.4. Ushbu bo‘limda belgilangan shartlar shartnoma muddati davomida ham, kelishuv bekor qilingan kundan boshlab 3 (uch) yil mobaynida ham tomonlar uchun har qanday sababga ko‘ra majburiydir.
5.5. “Tahririyat”, “Vositachi” ga davriy nashr (tovar) uchun joriy yil obunachilari ro‘yxati to‘g‘risida ma’lumot berishni so‘rab yozma murojaat qilgan taqdirda, “Vositachi” o‘z ichki komissiyasi yoki rahbarning qaroriga asosan davriy nashr (tovar) uchun joriy obunachilar ro‘yxatini berishi mumkin.
6. FORS-MAJOR
6.1. Taraflar o‘z ixtiyorlarida bo‘lmagan fors-major holati, ya’ni zilzila, suv toshqini, yong‘in, tabiiy ofatlar, epidemiya, harbiy harakatlar, hukumatning ayrim faoliyat turini ta’qiqlovchi qarorlari sababli shartnomaviy majburiyat-larini bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydilar. Bunda, o‘ziga nisbatan fors-major holati yuzaga kelgan tomon ikkinchi tomonni 24 (yigirma to‘rt) soat ichida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Shartnomani bajarish muddati, tomonlar kelishuviga ko‘ra fors-major holati muddatiga uzaytirilishi yoki shartnoma bekor qilinishi mumkin.
7. SHARTNOMANI AMAL QILISh MUDDATI VA
BEKOR QILISh TARTIBI
7.1. Shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi va 2024 yil 31 dekabrgacha, boshqa hollarda joriy obuna yilining oxirgi soni taqdim etilguniga qadar amal qiladi.
7.2. Shartnomaga taraflarning kelishuviga binoan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, bu to‘g‘risida boshqa taraf bir oy oldin yozma ogohlantiriladi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
7.3. Shartnoma qanday tartibda tuzilgan bo‘lsa, shunday tartibda bekor qilinadi. Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (qonunda belgilangan hollar hamda nashr faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno).
7.4. Shartnoma muddatining tugashi taraflarning mazkur shartnoma yuzasidan o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
7.5.Shartnomada tartibga solinmagan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 29.08.1998 yildagi 670-1-son Qonuni bilan tartibga solinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Davriy nashrlarga obuna qabul qilish va yetkazib berish to‘g‘risida 1/ -sonlishartnom a navoiy sh. 2023 yil 28 noyabr
|