Davriy sistemaning xi-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja




Download 396,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.02.2024
Hajmi396,84 Kb.
#151439
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Ma\'ruza

Tabiatda uchrashi. Rux tabiatda, asosan vyursit-ZnS, smitsonit- ZnSO
3

kalamin-Zn [Si
2
O
7
(OH)
2
] • H
2
O, sinkit -ZnO, kadmiy grikonit-CdS, otavit-CdCO
3

simob esa tugma holda va kinovar HgS, livingotonit-HgS . 2Rb
2
S
3
va koloradoit 
minerallari holida uchraydi. 
Olinishi. Rux rudasi flotatsiya usuli bilan boyitilib, konsentrat hosil qilinadi. Hosil 
bo’lgan rux konsentratini yondirib rux oksid olinadi: 
2ZnS + 3O

→ 2ZnO + 2SO

+Q 
Rux oksidini uglerod bilan qaytarib rux hosil qilinadi:
ZnO + S → SO + Zn 
Gidrometallurgiya usuli bilan rux metallini olish uchun quydirilgan rux rudasi sulfat 
kislotada eritiladi. Natijada hosil bo’lgan ZnSO
4
eritmasi elektroliz qilinib, rux ajratib 
olinadi. 
Kadmiy texnikada rux bilan birga olinadi. Tarkibida kadmiy bo’lgan ruda sulfat 
kislotada eritiladi. Hosil bo’lgan CdSO
4
rux bilan qaytarilib yoki uni elektroliz qilib kadmiy 
ajratib olinadi. Simob texnikada piolmetallurgiya usulda HgS dan olinadi. Buning uchun 


simob rudasi kislorod yordamida kuydiriladi. Hosil bo’lgan HgS termik beqaror bo’lgani 
uchun, u erkin simobga parchalanib ketadi: 
HgS + O
2


0
t
Hg + SO
2
Bug’ holda hosil bo’lgan simob maxsus idishga yig’ilib, keyin xaydash yo’li bilan 
tozalanadi. Simobni olishda ba’zan HgS ga temir yoki kalsiy ta’sir ettirish 
reaksiyasidan foydalanish mumkin: 
Xossalari. Rux oqish kumushrang metall, odatdagi sharoitda mo’rt, havo va suv 
ta’siriga chidamli. Qizdirilganda rux suvni parchalaydi. Eritmada vodorod ionlari ortishi 
bilan ruxning sirtidagi oksid parda emiriladi, natijada uning kimyoviy reaksiyaga 
kirishishi aktivlashadi. Xatto ammoniy xlorid tuzining gidrolizi natijasida hosil bo’lgan 
vodorod ionlari ruxning erish jarayonini tezlatadi: 
Zn + 2NH
2
CI + 2H
2
O ——N
2
+ ZnCI
2
+ 2NH
4
OH 
Rux amfoter metall bo’lgani uchun kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
Zn + 2HCI → ZnCI
2
+ H
2
Zn + 2HCI + 2H
2
O → [Zn(H
2
O)
4
]CI

+ H
2
Zn + 2NaOH + 2H
2
O → Na
2
[Zn(OH)
4
]
+ H
2
Rux nitrat va konsentrlangan sulfat kislotalar bilan juda faol reaksiyaga kirishadi. Rux juda 
suyultirilgan nitrat kislotani ammoniy ionigacha qaytaradi: 
4Zn +10HNO
3
→ 4Zn(NO
3
)
2
+ NH
4
NO
3
+3H
2

4Zn + KNO
3
+ 7KOH + 6H
2
O → 4K
2
[Zn(OH)
4
] + NH
3
Kadmiy oq rangli, yaltiroq, yumshoq metall. Kadmiy havoda oksidlanganda uning sirti oksid 
parda bilan qoplanadi. Kadmiy yuqori temperaturada juda faol metall, kislotalarda yaxshi eriydi, 
ishqorlarda erimaydi. Chunki H
2
+2OH ↔ 2H
2
O sistemaning standart oksidlanish potensiali Cd 
+ 2OH
-
↔ Cd(OH)
2
sistemaning standart oksidlanish potensialidan katta. SHunga asoslanib 
vodorod kadmiyga nisbatan kuchli qaytaruvchidir. Shuning uchun kadmiy ishqoriy muhitda H
+
ionini erkin vodorodgacha qaytara olmaydi. Yuqori temperaturada kadmiy aktiv metall, 
galogenlar bilan birikib galogenidlar hosil qiladi. Simob odatdagi temperaturada suyuq 
yaltiroq metall, qattiq holatda 

- Hg va 

-Hg modifikatsiyaga ega. Simob bug’i nihryatda 
zaharli. Simob rux va kadmiydan birmuncha farq qiladi. U ruxga qaraganda sekin 


oksidlanadi. Lekin oltingugurt va galogenlar bilan odatdagi sharoitda birikadi. Simob 
kaynoq sulfat kislotada, "zar suvi"da va nitrat kislotada eriydi: 
Hg + 4HNO
3
→ Hg(NO
3
)
2
+2NO
2
+2H
2

Simob ortiqcha miqdorda olinsa suyultirilgan nitrat kislota bilan ta’siri natijasida 
Hg(NO
3
)
2
hosil bo’ladi. 
6 Hg + 8HNO
3
→3Hg(NO
3
)
2
+ 2NO
2
+ 2H
2

Simob ko’p metallarni o’zida eritadi. Bunday eritmalar amalgamalar deb ataladi. 
Amalgamalar odatdagi temperaturada suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa 
qotishmalardan farq qiladi. Amalgamalarni fizik-kimyoviy tekshirish natijasida 
ularning ba’zilari intermetall birikmalar ekanligi, ba’zilari qattiq eritma, ba’zilari 
suyuq eritma ekanligi aniqlangan. 
B i r i k m a l a r i. Rux oksid - ZnO, oq rangli kukun, ZnSO
3
, Zn(NO
3
)
2
, Zn(OH)
2
larni 
termik parchalab yoki ZnS ni kuydirib hosil qilinadi. Rux oksid nixoyatda termik 
barqaror amfoter modda, kislota va ishqorlarda yaxshi eriydi. Rux oksid kosmetikada, 
buyoq tayyorlashda, tibbiyotda rezina, shisha, keramika sanoatida, elektronikada 
yarimo’tkazgichlarni tayyorlashda ishlatiladi. 

Download 396,84 Kb.
1   2   3   4   5




Download 396,84 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davriy sistemaning xi-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja

Download 396,84 Kb.
Pdf ko'rish