|
Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan , oliy o’quv yurti
|
bet | 6/11 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 60,61 Kb. | | #137440 |
Bog'liq Delphi dasturlash tilida protseduralar bilan ishlash-fayllar.orgTalabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan , oliy o’quv yurti o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi : metod qanday tanlanadi , qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak , o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin ? Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish , ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat ,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim. maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va talabalar o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib , o’zaro almashinib turadi .Tabiiyki , bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro chog’shtiriladi. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir . Pirovard natijasida talabalar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi . Ketma-ket saralangan mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi. Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan , keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i keltiriladi . Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir . Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi . Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi .
|
| |