|
Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatning eng muxim xarakterli jihati shundan iboratki, bunda kishilar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar muvozanatinnng ta’minlangan bo‘lishligi
|
bet | 18/18 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 226,68 Kb. | | #263606 |
Bog'liq Gumanitar krizislar sharoitida ijtimoiy ish-fayllar.orgGlossariy
Altruizm - insonning boshqa shaxslar to'grisida g'amxorlik qilishiga asoslangan hayotiy tamoyillari bolib, u o'z manfaatlaridan boshqalarning manfaatlarini ustun qo'yganda sodir bo'ladi.
Anomiya -eski ijtimoiy me'yorlar amalda bolishdan toxtab, yangilari axloq regulyatori sifatida hali tasdiqlanmagan paytdagi jamiyat holati (E.Dyurkgeym); jamiyatning madaniy maqsadlari ortasidagi kelishuv va ularga erishishning ijtimoiy qabul qilingan vositalari (R.Merton).
Ta’sir qilish (ijtimoiy ish nazariyasida) - muammolarni hal qilish maqsadida amalga oshiriladigan turli ijtimoiy soha tizimlaridagi mutaxassis va mijozning ikki tomonlama ozaro’munosabat jarayoni.
Fuqarolik jamiyati- siyosiy hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi jamoat institutlari va munosabatlari tizimi, xususiy va guruhiy manfaatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan davlat siyosatini ishlab chiqishga xos munosabatlar tizimi.
«Xatar guruhlari» - ijtimoiy umumiylik, barqarorlik mavjud bo’lmagan holat, kimda katta imkoniyatlar bo’lsa hayotiy murakkab vaziyatlarda o'sha jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy degradatsiyaga yetakchilik qiladi.
Insonparvarlik - dunyoqarash tamoyili,insonni shaxs sifatida o’z qadrini bilishi, o’z huquqlarini erkin namoyon qilishi va o’z qobiliyatlarini rivojlantirishdagi goyalar va tasavvurlar yigindisi..
Deviatsiya - insonga yoki vaziyatga munosabatga ega bolgan, umumiy me'yorlar va qalriyatlarga mos kelmaydigan axloq.
Diskurs - shaxsiy erkinlikning tanqidiy refleksiya elementi (Yu.Xabermas).
Hayotiy holatlar - inson uchun ahamiyatli bolgan va uning ehtiyojlari, qadri va tushunchalari bilan bogliq, uning xulqi hamda dunyoqarashiga ta'sir qiluvchi hayotning ma'lum davridagi hodisalar yig' indisi.
Hayotiy dunyo ( fenomenologiyada) - inson sub'ektining o’z dunyosi, turli odatiy qoida va me'yorlar asosida harakat qiluvchi ijtimoiy amaliyot.
Sog‘lom turmush tarzi - jamiyatda inson hayot faoliyati tizimini ongli tashkil etish boyicha tadbirlar majmuasi.
Invariant (tizim nazariyasida) - barcha ichki va tashqi o'zgarishlarda o'z tizimining tengligini ta'minlaydigan tuzilmaning barqaror qismi.
Interaksiya - boshqa shaxslar va ozini ozgartiruvchi ramzlar, goyalar va muhim ahamiyatli narsalarni o’zgarishi, hamkorlar bilan o’zaromunosabatlarga moljallangan dinamik izchillik. (Ch.Kuli, D.Mid).
Intervensiya ijtimoiy ish nazariyasida) - kasbiy faoliyat doirasidagi o’zgarishlar va ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish bilan bogliq ijtimoiy muammolarni hal qilish jarayonida mutaxassislarning aralashuvi.
Ijtimoiy ish mutaxassislari - ijtimoiy ish organlari va tashkilotlarida lavozim vazifalarini bajaruvchi, mos huquq. Vakolat va javobgarlikka ega insonlar.
Ijtimoiy ish mijozi - ijtimoiy ishga turli ijtimoiy muammolarni hal qilish boyicha yordam sorab murojaat qilgan va bu yordamni oladigan individ yoki ijtimoiy guruh.
Muomala layoqati - insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarni samarali o’rnatish va rivojlantirishga imkon beruvchi shaxsiy va kasbiy sifatlar majmuasi..
Amaliy faoliyat uslubi - maqsadga erishishning qisqa yoli, ijtimoiy faoliyatni ozgartirish usuli.
Nazariy faoliyat uslubi - bilishning ma'lum yolini tashkil qilish shakli yoki ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish usuli.
Motiv - uning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq u yoki bu faoliyatga insonning ichki qo'zg'alishi.
Me’yorlar - maqsadga erishish uchun foydalaniladigan harakat usuli, vositalari, ijtimoiy qoidalar. (P.Shtompka).
Ijtimoiy xizmat ob’ekti - ijtimoiy muammoni hal qilish, ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmatning bevosita ko'magiga muhtoj shaxs, ijtimoiy guruh yoki boshqa jamoa.
Paradigma - atrofga munosabatda bir qator ilmiy jamiyatlarning tadqiqot o'rni.
Doimiylik ( fenomenologiyada) -insonni hayotga tayanchga ega bo'lishi uchun zarur ahamiyatli narsalar yig' indisi .
Ijtimoiy ishning huquqiy maydoni - ijtimoiy ish sub'ekti va ob'ekti o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik vositalar tizimi.
Samarali munosabat - ijtimoiy muammolarni hal qilishga yonaltirilgan hamkorlik munosabatlarini belgilash va kuchlarni birlashtirish yoli bilan uning ishtirokchilariga imkon beruvchi ijtimoiy aloqa shakli.
Ijtimoiy ish makoni - inson va uning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatining ozgaruvchi maydon, shaxs faoliyatini optimallashtirishning jismoniy va ijtimoiy omillari yigindisi.
Professionalizm - kasbiy faoliyatda samaradorlikka erishish imkonini beruvchi bilim, konikma va malakaning barqaror darajasi.
Kasbiy faoliyat - xizmat majburiyatlarining doimiy doirasi, inson ta'lim jarayonida olgan bilim, ko’nikma va malakaning yig indisi asosida bajarish.
Kasbiy layoqat - kasbiy faoliyatga nazariy va amaliy tayyorlik, kasbiy tayyorlanish va ozini rivojlantirish jarayonida egallangan va chuqurlashtirilgan bilim, malaka va konikmaga asoslanadi.
Mutaxassisning kasbiy shakllanishi -shaxs amaliy, ta'lim va tadqiqot faoliyatining maqsadli va uzluksiz jarayoni, insonda bilim, malaka va shaxsiy sifatlar, kasbga malakaviy talablar shakllanishiga moljallangan bo’ladi.
Ijtimoiy ish resurslari -ijtimoiy muammolarni hal qilish va mijozlar ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy manbalari va imkoniyatlari.
Refleksiya - ozini anglash faoliyati, o’z shaxsiy holatini aks jettiruvchi ruhiy xususiyat
Xatar - muvaffaqiyat va omadsizlik ehtimoli mavjud bo’lganda muqarrar tanlash holatida noaniqlikni bartaraf etish bilan bogliq inson faoliyati.
Ijtimoiylashuv - jamiyat madaniyatini o’zlashtirish va qabul qilish jarayonida butun hayoti davomida insonni rivojlanishi va o’zini namoyon qilishi.
Ijtimoiy faoliyat - boshqa shaxs yoki tabiat bilan o'zaro’munosabatlarni amalga oshiruvchi shaxsiy yoki ijtimoiy jamiyatdagi maqsadli ozgarish va yangilanishlar.
Ijtimoiy hayot - ijtimoiy sohaning dinamik jihati, uning sub'ektlarini yaratish va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish sohasi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish - hayotning yaxshi sharoitlarini ta'minlash, ehtiyojlarni qondirish, shaxs va ijtimoiy guruhlarning hayot ta'minoti va faoliyat yuritishini saqlab turish bo’yicha davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari yigindisi, shuningdek fuqarolar hayotiga xavf tug diruvchi vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar yig' indisi.
Ijtimoiy infratuzilma - insonning ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratuvchi ijtimoiy faoliyatning tarmoqlari va shakllari yig' indisi.
Ijtimoiy aloqa - jamiyatdagi axborot almashishining ikki tomonlama jarayoni va jamiyatdagi harakat usuli.
Ijtimoiy ko‘mak - ayotiy qiyin holatlarda vaqtinchalik ko'rsatiluvchi mehnatga layoqatli, aholining faol guruhlarini ijtimoiy himoyalash shakli.
Ijtimoiy siyosat - barcha ijtimoiy guruhlar hayot darajasini oshirish maqsadida uni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash va ijtimoiy sohani rivojlanishini boshqarish bo'yicha davlat va jamiyatning faoliyati.
Ijtimoiy yordam - o'z hayotiy qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf etish imkoniyatiga ega bo'lmagan kam daromadga ega, mehnatga layoqatsiz aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash shakli.
Ijtimoiy muammo - mazkur faoliyat va uning natijalari o'rtasidagi nomuvofiqlik uchun sub'ekt faoliyati uchun ahamiyatli bolgan qarama- qarshilik.
Ijtimoiy xizmat - insonparvar faoliyat shakli bolib, o’z ichiga uning sub'ektlari o’rtasidagi munosabatlarni, inson faoliyatining ijtimoiy ozgarishlari uchun ijobiy bolgan maqsad va natijalarni oladi.
Ijtimoiy sinergiya - birgalikdagi faoliyat natijasida insonlarning ozlarini tashkil etish makoni, bunda ozini tartibga solish va ozini rivojlantirish namoyon boladi.
Ijtimoiy adolatlilik - ijtimoiy sohadagi tenglik va notenglikni aniqlovchi baholovchi tushuncha.
Ijtimoiy soha - ijtimoiy o'zaro’ munosabatlar makoni, bunda insonlarning hayotiy ta'minoti va ishlab chiqarishi amalga oshadi hamda ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlar qondiriladi.
Ijtimoiy eksklyuziya - jamiyatda qonun bilan kafolatlnagan ijtimoiy huquqlardan individ va ijtimoiy guruhlarning begonalashuv holati.
Ijtimoiy davlat - yuqori darajada rivojlangan davlat turi bolib, inson faoliyatining ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini boshqarish, unda ijtimoiy adolat va birdamlikni belgilash bo’yicha faoliyat vositasida barcha fuqarolarning yuqori darajad ijtimoiy himoyalanganligi bilan xosdir.
Ijtimoiy harakat - umumiy ahamiyatga ega shaxsning axloqi, maqsadlari, insoniy harakatlari.
Ijtimoiy o‘zgarish - u yoki bu ijtimoiy tizim holati o’rtasidagi tafovutlar (P.Shtompka).
Ijtimoiy tengsizlik - ijtimoiy ahamiyatli boyliklardan fuqarolarning bir xilda foydalana olmasligi, ularning ehtiyojlari, ahamiyati va ularni amalga oshirish shakllari turli xilligida namoyon boladi.
Ijtimoiy ta'minot - birinchi navbatda mehnatga layoqatsiz fuqarolarning pul daromadlarini saqlab turishga qaratilgan ijtimoiy xatarlar oqibatlaridan aholini saqlash tizimi.
Ijtimoiy ta’lim - ijtimoiy sohaning rivojlanish qonuniyatlarini anglashga yonaltirilgan oqitish tizimi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish - hayotiy qiyin vaziyatlarda bo’lgan fuqarolarga ijtimoiy yordam korsatish shakli, ijtimoiy-iqtisodiy komak.
Ijtimoiy-maishiy. Ruhiy-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy- sog’lomlashtirish, axborot va boshqa ijtimoiy ishni ko’rsatishda namoyon boladi.
Ijtimoiy hamkorlik - umumiy ijtimoiy muammolarni kelishib hal qilish uchun ijtiomiy guruh va individlarning samarali ozaro’ munosabatini tashkil qilish.
Ijtimoiy sug‘urtalash - yoshi, kasalligi, ishlab chiqarishdagi jarohatlari sababli, vaqtinchalik yoki doimiy ish joyining yoqotilishi bilan bog’liq moddiy yo' qotishlarni qoplashga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Ijtimoiy o‘zaro’ta’sir - ozaro’asoslangan harakatlarning dinamik izchilligi.
Ijtimoiy munosabat - jamiyatda ma'lum o’ringa ega bo’lgan sub'ektlarning ozaro’ijtimoiy munosabatining me'yoriy namunasi.
Ijtimoiy jarayon - ma'lum maqsadlarga erishishga va bu vazifalarni hal qilishga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat va o’zaro’ ta'sirning izchiz seriyasi.
Ijtimoiy ish sub'ekti - ijtimoiy yordamga va ijtimoiy xizmat tizimi ko’magiga muhtoj shaxslarning ijtimoiy muammolarini hal qiluvchi shaxs, ijtimoiy jamiyat, boshqa guruh.
Ijtimoiy ish nazariyasi - insonparvar ijtimoiy faoliyat-ijtimoiy xizmat rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, ularni yaxshilash togrisidagi fan.
Ikkiga ajralish nuqtasi ( sinergetikada) - tizim rivojlanishning burilish vaqti, uning evolyusiyasidagi yollarni ajralish nuqtasi.
Qiyin hayotiy vaziyat - insonning uning atrofi va me'yoriy hayot faoliyatini ijtimoiy aloqasini ob'ektiv buzuvchi holat, ijtimoiy ish komagi va yordamiga ehtiyoj sezuvchi murakkab vaziyat.
Fluktuatsiya ( sinergetikada) -lahzalik miqdorning uning o’rtacha miqdoridan favqulodda chetlanishi.
Ahamiyatlilik - predmetning harakat maqsadi bolgan ijtimoiy qoidalar (P.Shtompka).
Ijtimoiy ish samaradorligi - aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy ish va ularning elementi tizimining xususiyati.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatning eng muxim xarakterli jihati shundan iboratki, bunda kishilar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar muvozanatinnng ta’minlangan bo‘lishligi
|