II bob. O’rta asrlarda Koreya




Download 56.84 Kb.
bet4/6
Sana16.12.2023
Hajmi56.84 Kb.
#120360
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boltayev Pirali kurs ishi
Шаблон резюме Бойкобилов Сухроб(1), 310.R.Durdona.TIS, Taqdimot (1), task 1, 9-sinf Ona tili va adabiyot imtihon javoblari 2023 @ustoz, ERUS-special issue-6-2023, 2931-Article Text-5968-1-10-20220425, 1 amaliy, 7- халкора журналларга макола кабул килиш talablar (1), 11-mavzu. Bulutli hisoblash turlari, PowerPoint dasturi-2020 №4, AX-XAVFSIZLIGI.1-MI, Firma tashkil etilishini va faoliyatini huqu~, Lecture 2
II bob. O’rta asrlarda Koreya
2.1. Ilk o’rta asrlarda Koreya
Ilk Koreys davlatlarining vujudga kelishi. Ilk o‘rta asrlada Koreys davlatlarining vujudga kelishi, uning ijtimoi iqtisodi moxiyati masalasi tarixda xanuzgacha baxsli. Koreyada quldorlik davri bo’lganmi? degan savolga uzil-kesil javob yo’q bazi koreys tarixchilari ilk feodal davlatlarini quldorlik davlatlari deb isoblaganlar.
Manbalarda yarim orolda yashagan turli qabilalar haqida malumotlar mavjud.Shimolda Koguryo,Emek,Ochko qabilalari,Xangan daryosidan janubrokda xan qabilasi yashagan. U 3 ta shoxchaga bulingan: Maxan (xan), chinxan, pyonxan. Axoli chorvachilik, baliqchilik, ovchilik bilan mashgul bo’lgan. Lekin asosiy mashgulotlari dexkonchilik. Asosan "besh-non" deb atalgan ekinlar ekilgan. Kiyim buz va shoyidan. Sinfiy munosabatlar shimolda Amnokan daryosi xavzasida yashovchi Koguryo qabilasida avvalroq boshlangan8. Dastlab-xarbiy demokratiya. Okcho va yemek qabilalari Koguryoga buysundirilgan. Don, material, balik, kanizaklar bilan ulpon tulangan. Janubda sinflar tashkil topish jarayoni kechroq boshlangan bulsa kerak. Xan qabilasi 78 urug’ga bo’lingan. U Xitoy manbaalrida tilga olingan (lekin urug’lar "davlat" deb nomlangan). Koguryolarda harbiy doxiy Van (korol) unvonini olgan. Aristokratiya xarbiy-chinovniklarga aylangan. Chinovniklar aparati 12 ryazryadga bo‘lingan. Koreya yilnomalarida xususiy mulkni himoya qilish maqsadida qonunlar yaratilganligi haqida yozilgan: O’g’ri o’g’rilagan molni 12 baravari darajasida to‘langan, birov hayvoniga zarar yetkazgan kishi hatto kulga aylantirilgan.
Koguryo davlati qachon paydo bo’lganligi xususida tarixchilarda yagona fikr yo’q, lekin u IV-asr oxiri V-asr boshlarida yarimorol shimoli hamda qo’shni Lyaodun yarimoroli territoriyasini egallagan kuchli davlat bo’lgan. Yarim orol janubida davlat paydo bulish jarayoni pekche, saro, kaya, qabilalri tomonidan zaifrok kushinlarni buysindirish orqali yuz bergan. Bo’ysundirilgan yerlar aristokratiyasi tabiiy ravishda bosqinchi zodagonlar bilan qo’shilib ketgan. Pekche jamoasi III-IV chi asrlarda kushma jamoa va qabilalrni bo’ysundirgan. Koreya janubiy g’arbida Xangan va Kimgan dayorlari havzalarida ancha kuchli Pekche davlati paydo bo’lgan. V-VI asrlarda yarim orolning janubiy sharkiy kismida Silla davlati paydo bo’lgan. Uning yadrosining saros (sobol) qabilasi tashkil etgan. Yangi davlatda maʼmuriy bo’rlinishning teritorial prinsipiga asoslangan. Turli darajadagi maxsus chinovniklar aparati vujudga kelgan. Silla davlati eng janubidagi Kaya qabilalar ittifoqi va uzok Usam orolining o’ziga qo’shib olgan. Shunday qilib, VI asrga kelib Koreya yarim oroli xukmronlik uchun o’zaro kurashayo Koguryo Pekche va Silla davlatlari bor edi. Bu davlatlardagi sotsial iqtisodi munosabatlar harakteri masalasi koreys tarixshunosligida uzoq vaqt diskussiya va bahslarga sabab bo’lib keldi. Baʼzi tarixchilar bu quldorlik davlatlari edi, deb hisoblasalarda, ular feodal harakteriga ega bo’lgan. Dexkon jamoalari davlat fuqarolari sifatida soliq to’lardilar turli majburiyatlari o’tardilar (saroy yo’l qalʼalar qurilishi). Yerning oliy egasi-davlat. Feodallar xam davlatning yer olganlar. Koguryo va Silla davlatlarida ilk feodalizm uchun harakterili sistemasi keng tarqalgan. Qullar ishlab chiqarishda katta rol o`ynamagan bo`lsalar kerak. Bu davrda ular huquqiy ahvoli o’zgargan. Masalan: VI chi asr boshida Silla davlatida Van o’lganda 10 ta qulni o’ldirib ko’mish odati taʼqiqlangan.
558-yili lashkarboshi Sadaxam Kay qabilasi bo’ysundirilgan keyin mukofotga olgan 200 asirni qul qilmay erkin dexkonlarga aylantirgan va uni aholi maʼqullagan. Xitoydan davlat boshqaruvi tizimi bilan birga mafkura ham o’zlashtirib olingan. Koreys davlati xukmdorlariga konfutsiylik ko’proq yoqardi. Davlat xizmati uchun chinovniklar maxsus konfutsiylik maktablarida tayyorlangan.
Feodal tuzum shaklanuvida muhim rol o’ynagan buddizm xam Xitoydan kirib kelgan. Koguryoda dastlabki budda roxiblari 372-yili paydo bo’lganlar. Pxenyan Yaqinida 2ta budda monastri qurilgan. 384-yili Pekje Vanni iltimosiga binoan Jan xitoydan roxiblar kelishgan. Ularga katta yerlar in’om etilgan. Silla davlatiga Koguryodan kirib kelgan buddizm 6 chi asr 1chi yarmida keng tarkaldi. Sillada xam maʼmuriy bo’linish Xitoydagi kabi edi. viloyat okrug uyezd. Boshliklari poytaxtdan tayinlanardi Davlat poytaxti Kimson yirik shaxarga aylangan.
Koguryo bir necha marta Xitoy xujumiga duchor duchor bo’lgan 245 yili Xitoyda 3 podsholik davrida Shim, Vey kushinlari Koguryo poytaxtini egallaganlar xukmdor uziga toʼbe Okcho qabilasi yeriga kochib ketgan. Ularning yordamida xonlar mamlakatdan quvilgan IV asrda Koguryoga Shim. Xitoyda Yan davlatini tuzgan sanbilar xujum kilgan. 342-yili poytaxt egallangan, 342-yili poytaxt egallagan Van Kogukvon ko’chgan. Syanbilar xukmdri Muyun Xvan Van oilasini asirga olgan, hatto qarshilikni sindirish maqsadida otasi xokimi xam qabrdan olib ketgan. Muyun Xvan xazinani talagan, poytaxt Xvandoni buzgan, 50 ming asarni olib qaytgan. Shundan so’ng Kochugvon o’zini vassal deb tan olgan. Keyinroq o’zini tiklagan Koguryo Syanbiylardan xolos bo’lgan. VI asr oxiri-V asr boshlarida Van Kvan chetxo davrida Koguryo teretoriyasi kengaygan (lyaodundan yarim oroldagi xitoy mulklari). Pxenyan poytaxtga aylantirilgan. Pekche davlati territoriyasi hisobiga kengaygan. Korey davlatlari va Xitoy o’rtasida madaniy va iqtisodiy munosabatlar ham rivojlangan shimoliy sulolalarga qarshi kurashayotgan Koreys davlatlari ko’prok Jan sulola bilan aloqa kilganlar. Diniy va siyosiy g’oyalar ham janubdan olingan (buddizm konfutsiylik boshkaruv sistemasi) Koreyada Xitoy adabiyoti va yozuvi tarqalgan Xitoy igrofligida Koreys tilida yozilgan. Koreys davlatlarining Yaponlar bilan munosabatlari turlicha bo’lgan. Dastlab Yaponlar bilanNaktonkan daryosi havzasidagi kayask davlatlari (yoki pyun-xan qabilalari) savdo munosabatlarini o’rnatganlar. Ular Yaponlarga Temir, oltin, kumush, don materiallari sotganlar ular yerlarida yapon qarorgohlari vujudga kelgan, yaponlar u yerdan turib, talonchilik qilganlar,kayasklar bo’lsa ulardan Silla davlatiga qarshi foydalanmoqchi bo’lganlar. Silla va Koguryo davlatlari yaionlarni kuvub chikarib, Kayasilar yerini qo’shib olganlar (VI asr 2-yarmi). Kurash davomida Silla hukmdorlari yaponlar bilan sulx tuzib ularga garov tariqasida o’z odamlari va sovg’alar yuborganlar (talonchilikning oldini olish maqsadida). Pekche hukmdorlari kushnilariga qarshi kurashda Yapon otryadlaridan foydalanganlar. V asrda Koguryo yarim orolining shimoliy qismini egallab Pekcheni qisa boshlagach, u VI asrdan kuchaygan Silla bilan yaqinlashgan. 551-yili Pekche va Silla Koguryoni Xingan daryosi havzasidan siqib chiqarganlar. Qaytarilgan yerni Pekchedan Silla olib qo’ygan, ittifoq buzilgan. Shundan so’ng Pekche Koguryo va Yaponiya bilan ittifok tuzgan. Bunga javoban Siasa-Xitoy ittifoqi vujudga kelgan.
VI asr oxirida (598-yil) Suy sulolasi asoschisi Yan Szyan Koguryoga qarshi katta armiya va flot jo’natgan. 612-yili ham Suy imperatori Yan Guan katta armiya jo’natgan. Koguryo lashkarboshisi Ilchi Mundok Xitoy armiyasini majaqlangan. 613 va 614 yillardagi xujumlar xam galaba keltirmagan. Shundan sung Koguryo Pekche bilan ittifokda yangi Tan sulolasi ittifokchisi (Koreya ishlariga aralashayotgan) Sillagan karshi urush boshlaganlar. 645-yili Tan kushinlari Koguryoga kirib kelgan Lyaodundagi Anshi kalʼasi va Pxenyan atrofidagi koreyslar golib chikkan. 660-yil Pekchega Sillaning 50 ming kishilik, Tanlarning 130 ming kishilik armiyasi hujum qilgan. Poytaxt Sabi qulagan. Saroy va Van taslim bo’lgan. Pekche territoriyasi Tan viloyatiga aylangan (5 okrugga bo’lingan) 663-yili Xitoylarga qarshi qo’zg’olon bostirilgan. Shundan so’ng asosiy zarba Koguryoga berilgan.(Tan-Silla). Koguryo og’ir ahvolda edi. Davlatning amaldagi hukmdori (1 ministr Maknidji) Yon Kyusomun o‘limidan so’ng feodallar o’zaro kurashi yanada kuchaygan. Uch xafa bo’lgan ugillardan biri Tanlar tomoniga kochib o’tgan. 668 -yili Koguryo poytaxtini Pxenyan egallagan. Territoriya Tanlar qo‘liga o’tgan.
Mamlakatning Silla boshchiligida birlashgandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Chet elliklar xukmronligi tez orada xalk qo’zg’olonlarini keltirib chiqardi. Tanlar Koguryo va Pekcheda mustahkam o’rnasha olmadilar. Bu yerdagi qo’zg’olonar silla davlati tomonidan kullandi. Bu narsa o’z navbatida Tan Silla nizosiga olib keldi. 670-676 yili janglardan so’ng Tedangan daryosidan janubidagi Koreya yarimorol barcha territoriyasi Silla tarkibiga kirdi. Tanlar uni tan olishga majbur bo’lganlar. Silla boshchiligida mamlakatning birlashuvi Koreyada feodal munosabatlar qaror topishida. muhim bosqichdir. O’zaro urushlarning to’xtashi qo’shnilar bilan tinch munosabatlar o’rnatilishi mamlakat ishlab chiqarish kuchlari rivojiga ijobiy taʼsir qildi. 68-yil Silla Van Munmu o’z vasiyatnomasida shunday yozgan: "Oddiy xalqqa tinchlik berdim, soldat nayzalari dehqonchilik quroliga aylantirdim,soliq va majburiyatlarni qisqartirdim,yengillashtirdim, mamlakatda tartib o’rnatdim, tog’ kabi g’alla zaxiralari yaratdim". Bu yerda o’zining maqtash elementlari bilan birga real faktlar tilga olingan. Davlat tomonidan irrigatsiya tizimi qurilgan. Oqibatda hosildorlik ortgan ,xazina boyigan. Feodal munosabatlar rivoji yerga davlat mulkchiligi asosida yuz bergan. Yer fondining asosiy qismi dehqonlar qo’lidagi kichik chek yerlar edi (baʼzan uni soldat dalalari deb ataladi).
722-yil rasmiy ravishda barcha yer davlatniki deb eʼlon qilindi. Chek yer sistemasi dehqonni yerga bog’lab qo’ydi, u markazlashgan davlat dehqoni edi.Bu sistema mavjud davrda dehqon yerining feodallar tomonidan tortib olish imkoniyati yo’qotildi, keyinroq davlat tarkibida feodal chinovniklar yer egaligi kuchaytirilgan (benefitsiy imuneti) boquv okruglari paydo bo’ldi. Asosiy yer Silla Zodagonlar va budda ruhoniylari qo’liga o’tdi. Bir necha marta taʼqiqlanishiga qaramay bu jarayon tezlashib markaziy hokimiyatni zaiflashtirdi. Xizmat uchun berilgan yerlar amalda xususiy mulkka aylantirilgan .
VIII- asrda davlat mulkchiligi kuchli edi .Asr o’rtalarida territoriya maʼmuriy jihatdan 9-ta viloyatga bo’lingan (3-silla.3-Koguryo. 3-ta Pekche terriyatoriyasi) U o’z navbatida okrug va uyezdlarga bo’lingan va 5 naimetschestva ( kichik poytaxt). Chinovniklar tayyorlash maqsadida oliy davlat maktabi tashkil etilgan. Davlat imtixonidan o’tgan kishi mansabga o’tirar edi. Davlat poytaxtida 170 ming hovli mavjud bo’lgan.Boylarning cherepitsali uylari tomi xam oltin bilan bezatilgan.Xunarmandchilikning davlat shakli kuchaygan Silla xugarmandlari maxsulotlari eksport kilingan .(Xitoy Yaponiya).

Download 56.84 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 56.84 Kb.