• Kurs ishining maqsadi va vazifalari
  • I bob. Qadimgi Koreya 1.1.Qadimgi davr
  • Mavzuning o‘rganilganlik darajasi




    Download 56.84 Kb.
    bet2/6
    Sana16.12.2023
    Hajmi56.84 Kb.
    #120360
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Boltayev Pirali kurs ishi
    Шаблон резюме Бойкобилов Сухроб(1), 310.R.Durdona.TIS, Taqdimot (1), task 1, 9-sinf Ona tili va adabiyot imtihon javoblari 2023 @ustoz, ERUS-special issue-6-2023, 2931-Article Text-5968-1-10-20220425, 1 amaliy, 7- халкора журналларга макола кабул килиш talablar (1), 11-mavzu. Bulutli hisoblash turlari, PowerPoint dasturi-2020 №4, AX-XAVFSIZLIGI.1-MI, Firma tashkil etilishini va faoliyatini huqu~, Lecture 2
    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. – T.: “O‘zbekiston”, 2009.; Semenov V.R. O‘rta asrlar tarixi. – M., 1972. ; Istoriya stran Azii i Afriki v sredniye veka. 1-2 ch. – M.: Vыsshaya shkola, 1988.; Istoriya stran Azii i Afriki v sredniye veka. – M., 1988.; O‘rta asrlar tarixi fanidan o‘quv uslubiy majmua.– T., 2011.; Koreya madaniyati, 23-jild, 2-son.; Sari Edelshteynning oshpazlik, mehmondo'stlik va ovqatlanish bo'yicha mutaxassislari uchun oziq-ovqat, oshxona va madaniy salohiyat; Koreyaning qisqacha tarixi: Neolit ​​davridan XIX asrgacha Maykl J. Set . va boshqa monografiyalardan foydalanildi. Bu manbalarda o’rta asrlardagi Koreya haqidagi ma’lumotlar yozilganligini bilishimiz mumkin.

    Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishimni ko’zlangan maqsad Oʻrta asrlarda Koreya davlati,uning ijtimoiy iqtisodiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni o’rganish va bu ma’lumotlarni talabalarga yetkazish.
    Kurs ishining tuzilishi.Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Asosiy qismda 2 ta bob va 4 ta reja orqali mavzu yoritib berilgan.
    I bob. Qadimgi Koreya
    1.1.Qadimgi davr
    Tosh asri. Zamonaviy Koreya hududida ilk inson ajdodlarining paydo bo'lishi quyi paleolit - taxminan 500 ming yil avvalgi davrga to'g'ri keladi1. Quyi paleolit davriga xos eng qadimgi manzilgoh Pxenyan shahridan janubi-sharqdagi Komunmoru g'ori bo'lib, bu yerdan arxeik tosh qurollar va hayvon suyaklari topilgan. G'or sohiblari qadimgi odamlar yoki arxantroplar - Homo Erectus turi bo'lgan bo'Isa kerak. Shimoliy Koreyadagi Sinn tog'idan Homo Neanderthalensis, ya'ni o'rta paleolit odami yoki paleoantropi (quyi jag' tish va o'm rov suyagi) topilgan. O’rta paleolitga Chommal g'ori (Janubiy Koreya) ham tegishli bo'lib, bu g'or ham olimlar fikricha, neandertal odamlar makoni bo'lgan. G'ordan gominidning bilak suyagidan tayyorlangan mehnat qurollari, suyak qurollar, toshga aylangan hayvonlar va chig'anoqlar topilgan. Arxeologlar tomonidan topib o'rganilgan ba'zi suyaklarda insonlar va hayvonlar tasviri aks ettirilgan. Balki, g'or sohiblari zamonaviy odam ajdodlari bo'lsa kerak. Zam onaviy odam Homo Sapiens (neoantrop yoki kromanon) tipidagi odam lam ing Koreya hududida paydo boMish da vri taxminan yuqori paleolit davri, ya'ni 40000 - 30000 yil avvalgi davrga to'g'ri kelsa kerak. 20 ming yil avvalgi sana bilan baholangan Sokchanni I (Janubiy Koreya) manzilgohidan insonlarga tegishli soch qoldiqlari topilgan bo'lib, olimlarning ta'kidlashlaricha, bu topilma mongoloid irqiga tegishli ekan. Shuningdek, mazkur manzilgohdan o'choq, bo'yoq qoldiqlari, toshdan yasalgan it, ayiq va toshbaqalar topilgan. Tosh qurollar va hayvonlar suyaklari topilgan paleolit manzilgohlari ko'pincha suv havzalari yaqinida joylashgan. Koreyada mezolit (o'rta tosh asri) davriga oid bir qator manzilgohlar aniqlangan bo'lib, ulardan mayda tosh qurollar-mikrolitlar topilgan. Turli taxminlarga ko'ra, Neolit davri Koreyada eramizgacha bo’lgan 8-5 ming yillikda boshlangan. Aynan bu davrda toshga ishlov berish texnologiyasi yuqori daraja rivojlangan va ayniqsa, xanjar hamda o'roqlar ishlab chiqarish takomillashgan. Neolit davriga oid manzilgohlar yarim orol bo'ylab, ayniqsa, daryo va okean qirg'oqlarida uchraydi. Ularda tosh qurollar bilan bir qatorda baliq ovlash uchun zarur bo’lgan uzun nayza, suyakdan yasalgan qarmoqlar ham topilgani quyi paleolit davrida aholining asosiy taomi daryo va dengiz hayvonlari bo’lganligidan dalolat beradi.Keyinchalik, so'nggi neolit davrida tog' yonbag'irlarida va tepaliklarda yashagan jamoalar xo'jalik mashg'ulotlariga an’anaviy ovchilik va baliqchilik bilan birga dehqonchilik hamda chorvachilik kirib kelgan. Neolit manzilgohlari sohiblari dehqonchilik mahsulotlaridan - tariq, loviya va boshqa o'simliklarni yetishtirganlar. Yerni haydash asosan qo’lda bajarilgan bo’lib, ilk neolit davrida hayvonlar xonakilashtirilmagan. Yer, asosan, tosh omoch va hayvon shoxidan qilingan kurak yordamida haydalgan; hosil tosh va suyakdan yasalgan o'roqlar yordamida o'rilgan; yetishtirilgan don va yovvoyi boshoqli o'simliklar tosh yorg'ichlar yordamida yanchilgan.Oshxona anjomlari sifatida dastlab naqshsiz silliq xum, dekcha, yog'och kosalar paydo bo’lgan. So'nggi neolit davrida taroqsimon naqshli va bo'yalgan kulolchilik buyumlari tarqala boshlagan. Suyak mahsulotlari, uchli yoy, bigiz, garpun (katta baliqlarni ovlashda ishlatiladigan uzun nayza), igna, yer qaziydigan kurak yasash texnologiyasi rivojlangan. Kiyim tikish va baliq ovlash uchun to'r to’qishda suyak ignadan tashqari, urchuq va to'quvchilik dastgohidan ham foydalanilgan. Neolit davri turar joylari dumaloq yoki to'rtburchak shaklidagi yopiq tomli yerto’lalardan iborat bo’lgan. Aynan mana shunday turar joylardan birida 5 ta o'choq topilgan bo’lib, bu yerda yashagan odamlar urug'chilik tuzumida hayot kechirishgan. Qishloqlar esa bir necha o'n va hatto, yuz yertoTadan iborat bo’lgan. Ijtimoiy qatlam larning paydo bo’lishi bilan bog’liq keyingi davrlarda qabila sardorlarining dafn marosimlari oddiy fuqoralarnikidan farq qilgan. So'nggi neolit davrida o’zbekistonliklar uchun ma’lum va mashhur bo’lgan koreyslarning uy poli ostidan m axsus tuynuklar orqali isitish tizimi - ortdol paydo bo’lgan. Bu isitish tizimi dastlab Shimoliy Koreyadagi Nampxadon yodgorligidan topilgan2. Uy poli ichki qismida kichik toshlardan tayyorlangan m axsus yo']akiar orqali yuborilgan issiq havo yordamida isitilgan.
    Bronza va ilk temir asri. Bronza asrning Koreyaga kirib kelishi borasida olimlar tomonidan turli sanalar bildirilgan. Ularning fikricha, mil. avv. II—I ming yilliklardan tortib to mil. avv. V II-V I asrlargacha bo’lgan davr bronza asri hisoblanadi. Bundan tashqari, Koreyaning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, aynan bronza davri mintaqada uzoq davom etmagan va mil. avv. III—II asrlar chegarasida yakunlangan. Temir buyum lar esa mil.avv.VII asr yoki mil avv. IV asr - bronza asri (bu yerda ham turli xil sanalar ko'rsatiladi)da paydo bo'lgan va bronza buyum larbilan bir vaqtda ishlatilib, yangi davrda nisbatan keng tarqalgan. Bronzadan yasalgan buyumlar orasida qilichlar, pichoqlar, nayza uchi, bolta va oyboltalar, ot-arava buyumlari, idish-tovoqlar, zeb-ziynat buyumlari, oyna va tangalar ko'proq uchraydi. Bu davrda toshdan mehnat qurollari yasash davom etgan bo'lib, so'nggi bronza va ilk temir davrida zargarlik buyumlari - qimmatbaho zeb-ziynatlar, yarim qimmatbaho toshlar va munchoqlar yasalgan. Bronza davrida odamlar dastlab baland tepaliklardagi manzilgohlarda yashaganlar3. Keyinchalik, ular o'z yashash joylarini mudofaa devorlari bilan o'raganlar. Natijada dehqonchilik qilish uchun qulay m anzilgohlar paydo bo'lgan. Yerto'lalar kengaytirilib yarim yerto'lalarga aylantirilgan va ondol isitish tizimi ancha ommalashgan. Har bir manzilgoh o'ntadan yuztagacha bo'lgan yarim yerto'lalardan iborat bo'Igan. Binolar katta hajmda qurilganligi uchun ularda jamoa bo'lib yashashgan deyish mumkin. Bu davrda dehqonchilikda dukkakli o'sim liklardan - tariq, arpa, bug'doy va no’xat ekilgan. Odamlar orasida ijtimoiy tabaqalanish (aslzoda, oddiy odamlar va qullar) mavjud bo'lgan Urug'-qabilalar orasida hokimiyatni urug' va qabila sardorlari boshqarganlar. Faqatgina hukm ron tabaqa vakillarigina bronzadan yasalgan buyumlardan foydalanganlar. Aholining asosiy qismi esa tosh, suyak va yog'ochdan yasalgan buyumlarni ishlatishgan. Shuningdek, ijtimoiy tabaqalanish dafn marosimida ham o'z ifodasini topgan. Bu mayitni chuqur o‘ra qiiib dafn etishdan farqli tarzda tosh qutili (toshlar bilan qoplangan plita) qabrga ko'mishda, keyinroq dolmenlar hashamatli, o'n tonnalarcha keladigan ko'mish inshootlariga dafn qilishda kuzatilgan. Odatda, dolmenlar qabilaning aslzodalari (hukmdor va boshliqlari)ga atab qurilgan. Bunday inshootlar, asosan, tog' jinslaridan, ya'ni, katta tosh bo'laklari va plitalaridan qurilgan bo'lib, ular stol (xontaxta) yoki qo'ziqorin ko'rinishida yasalgan. Marhum bilan birga qurol-yarog'lar (pichoq, qilich, boltalar), taqinchoqlar va bronzadan yasalgan oyna ko'm ilgan. Bunday katta inshootni barpo etish ko‘pchilikning mehnatini talab qilgan. Keyinchalik dolmenlar o'ziga xos etnom adaniy an’anaga aylangan va nafaqat aslzodalar, balki oddiy xalq uchun ham qurilgan bo'lib, Koreyadan 30 mingga yaqin dolmenlar topilgan4. Temir paydo bo'lishi bilan birga bronzadan yasalgan mehnat qurollari ham ishlatilgan. Temirdan qurol-yarog'lar, aravalar,qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik asboblari yasalgan. Bronza va so'ngra temirdan foydalanish (ayniqsa, omoch dehqonchiligi) mehnat unumdorligining oshishi, o'z navbatida, ortiqcha mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va xususiy mulkning paydo boMishiga olib kelgan. Qolaversa, maxsus kasblar (ziroatchi dehqonlar, kulollar, temirchilar, kon qazuvchilar) paydo bo'lgan. Tovar ayirboshlash munosabatlari paydo bo'Iganidan bu davrga xos tangalar ham dalolatberadi.Bronza va temirdan yasalgan qurol-yarog'lar bilan qurollangan jam oalar metall va boshqa buyumlardan foydalanishni bilmaydigan boshqa jamoalarni o'zlariga bo'ysundirishi natijasida ancha katta uyushma, o'z navbatida, quldorlik jamiyati vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Bu uyushmalar davlatchilikning ilk ko’rinishi va keyinchalik koreys davlatchiligi vujudga kelishiga asos bo'lgan.

    Download 56.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 56.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi

    Download 56.84 Kb.