Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti




Download 56.84 Kb.
bet3/6
Sana16.12.2023
Hajmi56.84 Kb.
#120360
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boltayev Pirali kurs ishi
Шаблон резюме Бойкобилов Сухроб(1), 310.R.Durdona.TIS, Taqdimot (1), task 1, 9-sinf Ona tili va adabiyot imtihon javoblari 2023 @ustoz, ERUS-special issue-6-2023, 2931-Article Text-5968-1-10-20220425, 1 amaliy, 7- халкора журналларга макола кабул килиш talablar (1), 11-mavzu. Bulutli hisoblash turlari, PowerPoint dasturi-2020 №4, AX-XAVFSIZLIGI.1-MI, Firma tashkil etilishini va faoliyatini huqu~, Lecture 2
1.2. Uch podsholik davri
Eramizgacha bo’lgan I asrda Koreya yarim oroli va Manchjuriya hududida uchta kuchli davlat: Silla (mel. avv 668 - melodiy 57 yy.), Koguryo (mel. avv. 668 - m elodiy 37 yy.) va Pekche (mel. avv. 660 - melodiy 18 yy.) bo'lgan. Shuningdek, bu davrda yarim orolning janubida Kaya davlati, shimolda, yarimorol tashqarisida Boxay davlati hukmronlik qilgan. Shunga qaram ay koreys tarixchilari bu davrni "uch podsholik davri" deb nomlashadi. Qolaversa, Silla, Koguryo va Pekche davlatlari bir tarixiy davrda bo'lgan va bu qariyb VII asrni tashkil qilgan. Yuqoridagi uch podsholikning m a’naviy hayotida buddaviylik va konfutsiylik dinlari muhim rol o'ynagan bo'lib, bu dinlar koreys m adaniyati va dunyoqarashi asosini tashkil etgan. Shubhasiz, mazkur davlatlarning uzoq m uddat hukmronlik qilishiga yarim oroldagi siyosiy muhit va tarixiy o'ziga xoslik bilan birga m adaniyatning umum lashuvi ham ta'sir qilgan. Mazkur koreys davlatlarining tarix sahifalarida paydo bo'lish sanasi borasidagi m a'lum otlar ilk marotaba 1145-yilda yozilgan "Sam - guk sagi" ("Uch podsholikning tarixiy yozuvlari")da yoki birinchi koreys yilnomasi Kim Busikda uchraydi. Biroq, zamonaviy koreys tarixchilarining ta'kidlashlaricha, mazkur sana tarixiy haqiqatdan biroz yiroq bo'lib, afsonaviy hisoblanadi. Umuman olganda, yuqoridagi davlatlam ing tashkil topishi uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo'lib, ushbu davlatlarning tashkil topish sanasi aynan aniq bir sanani emas, balki uzoq tarixiy davmi qamrab oladi.
Koguryo. Garchi, "Sam guk sagi"da uch podsholik orasida eng birinchi davlat tarzida Silla paydo bo'lganIigi haqida yozilgan bo'lsa-da, bir qator olimlar mazkur davlatlar orasida birinchi bo'lib Koguryo paydo bo'lgan, deb hisoblaydilar. Chunki bu davlat rasman davlat tarzida shakllanishiga qadar ham ilk davlatchilik asoslariga ega bo'lgan "Sam guk sagi"dagi afsonaga ko'ra, Koguryoning asoschisi Jumong (Tonmyon) - osmon odami Xe Mosu (osmon podshosining o'g'li) o'g'li va daryo hukmron Xabekin qizining farzandi bo'lgan. U bolalik davridan qobiliyatli bo'lgan. Ayniqsa, u kamon otishda mohir mergan bo'lgan. Jumong Shimoliy Puye Van ining o'g'illari bilan birga voyaga yetgan. Ular Jumongga hasad qilib, uni o'ldirmoqchi bo'lgan. Biroq, bu yomon xabarni onasidan eshitgan Jumong uch o'rtog'i bilan janubga qochib ketgan. U bu yerda yangi davlatga asos solgan va bu davlatni Koguryo deb nomlagan. Jumong o'zining urug' nomi Xeni Koga almashtirgan. Mazkur rivoyat ayrim syujetlari bilan Puye davlatining asoschisi - afsonaviy qahramon Tonmyon haqidagi qadimgi rivoyatga o'xshab ketadi. Shu bois, yuqoridagi fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, bu rivoyatlarda Koguryoliklam ing puyelardan ajralishi manzarasi aks etgan. Dastlab, Koguryoning poytaxti Kunneson qal'asida bo’lgan bo’lib, V asrda Pxenyanga ko chirilgan. Koguryoliklar koreys davlatchiligining dastlabki guruhiga kiruvchi yemek urug'iga mansub bo’lib, ulardan (bu) - yonno (yoki sono), chollo, sunno, kVan no va keru nomli 5 ta urug' birlashmasidan tashkil topgan guryo (keyinchalik ko-guryo) qabilasi ajralib chiqqan. Bu davrda dastlab yonno qabilasi yetakchilik qilgan, lekin biroz vaqt o'tib hokimiyatga keru guruhi kelgan. Keyinchalik 5 uyushma Koguryo davlatining 5 ta ma’m uriy-hududiy viloyatlariga asos bo’lgan. Olim lar Koguryoliklarning urug'chilikdan hududiy (davlatchilik)ga o'tish davrini eramizgacha bo’lgan I asrdan to eramizning IV asrigacha bo’lgan davr bilan bog’lashadi. Koreys yilnomalarida yozilishicha, Koguryoliklar jangovar xalq bo’lib, I asrda piryu, xenin, kalsa, sharqiy va harbiy okcho, yanmek, kema, kuda, chona, chuna kabi qabilar (qabila/urug' uyushmalari)ni birlashtirgan. Ayniqsa, Koguryo hududi buyuk Van Txedjo (53-146 yy.) va tarixda Yerlarni kengaytiruvchi nomi bilan mashhur bo’lgan Van KVan etxo (391-413 yy.) davrida Koguryo davlati sezilarli tarzda kengaygan. Jumladan, Van KVan etxo davrida mamlakat hududiga Manjuriyaning deyarli barcha yerlari va yarim orolning katta qismi kirgan. Yillar o‘tishi bilan Koguryo Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylangan5. Bu davlat nafaqat koreys davlatlari (Puye, Pekche, Kaya, Silla), balki Syuantu, Lyaodun va Lolan kabi Xitoyning Xan viloyatlari, Vey, dastlabki va keyingi Yan, Suy va Tan imperiyalari bilan jang qilgan. 598yilda Koguryo askarlari Xitoyning Lyaodun viloyatiga hujum qilgan. Suy imperatori Vendi esa Koguryoga 300 ming kishilikqo'shinini yuborgan. Biroq, to'fon tufayli dengiz qo'shinlarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, askarlar orasida epidemiya tarqalishi, doimiy yog'ingarchilik bois Suy armiyasi 80-90 foiz qo'shinidan ajralgan. 612-yilda Suy imperatori Yandi 1 mln. 130 ming kishilik qo'shin to'plagan. Yilnomalardagi ma'lumotlarga ko'ra, yordamchi qo'shinlar bilan Suy armiyasining soni 3 mln. atrofida bo'lgan. Ular Manjuriyadagi Koguryo qal'asini qamal qilishda jonbozlik ko'rsatishmagan. Yandi buyrug'iga ko'ra, Xitoy lashkarboshilari l o’zlari mustaqil qaror chiqara olmaganlar. Ular o'z qo'shinining har bir harakati borasida doimiy ma'lumot berib turganlar. Shu bois ham Koguryo qal'alari zabt etilmagan. Yandi Manjuriya qal'alarini bosib olish uchun ortiqcha kuch sarflamay, 200 ming kishilik dengiz armiyasi va 305 ming kishilik quruqlik askarlarini Pxenyanga qarshi yo'naltirgan. Xitoy floti qamalga tushib chekinishga majbur bo’lgan6. Quruqlik qo'shin!ari janglar natijasida qattiq charchagan va son jihatdan kamaygan holda Pxenyanga hujum qilgan. Natijada suy lashkarboshilari chekinishgan. Lekin Salsu daryosidan o'tishdagi kechuvda Xitoy jangchilariga Koguryolilar hujumi tufayli ular katta talafot ko'rib, 305 ming kishilik armiyadan 2700 kishigina tirik qaytgan. 613 va 614-yillarda Yandi ikki marta Koguryo ustiga yurish qilgan, lekin bu gal ham xitoyliklar koreyslar yerlarini bosib ololmagan. Koguryoga qilingan natijasiz va sharmandali urushlar hamda Xitoyning o'zidagi hukmdor sulolaga qarshi bo’lgan qo'zg'olonlar natijasida Suy sulolasi inqirozga uchrab, Tan sulolasi hokimiyatga kelgan. Ma’lum muddat ikki davlat oYtasida o'zaro do'stona munosabat bo’lgan. Biroq, Koguryodagi davlat to'ntarishi natijasida hokimiyatga kelgan Yon Gesomun (amalda hukm dor bo’lgan boTsada, hokimiyatga Van o'tqazilgan) Tan sulolasiga qarshi siyosat olib borgan. Sillaga qarshi Pekche bilan harbiy ittifoqning tuzilishi, Sillaning Tan sulolasidan yordam so'rab murojaati Koguryo va Tan sulolasi orasida urushga sabab bo’lgan.
Pekche. Dastlab Pekche Koreya yarim oroli janubidagi maxan yoki boshqacha aytganda chinxan-maxan jamoasi (ilk davlatchilik shakli) tarkibiga kirgan. Xitoy va koreys yilnomalarida Pekchening kelib chiqishi borasida to'rt xil qarash mavjud. Jumladan, "Sam guk sagi"da Pekchening tashkil topishiga oid ikki xil fikr bildirilgan. Birinchisiga ko'ra, Pekche Koguryoning asoschisi Jumongning o'g'li Onjo tomonidan tashkil qilingan.Rivoyatga ko'ra,Jumongning birinchi nikohidan tug'ilgan katta o'g'li va vorisi Yuri Shimoliy Puyeda, ikkinchi xotinidan tug'ilgan Piryu va Onjo ismli o'g'illari Koguryoda yashagan. Yuri Koguryoga kelgan vaqtda Piryu va Onjo janubga jo'nab ketgan. Aynan bu yerda Ondjo yangi davlatga asos solgan. Ikkinchi taxminga ko'ra, Piryu va Onjo Jumongning o'gay o'g'illari bo’lishgan. Ba'zi olimlar fikricha, Piryu va Onjo tarixiy shaxslar emas, balki Pekche aholisi shakllanishiga asos bo’lgan koreysjam oasini gavdalantiruvchi obrazlardir. Piryu Koguryo bosib olgan piryu urug'i, Onjo esa okcho qabilasining nomidan kelib chiqqan. Aynan bu qarashga asoslanib, koreys tarixchilari Pekchening paydobo'lish davrini eramizgacha bo'lgan I asr deb hisoblaydilar. Yapon tarixiy hujjatlariga ko'ra, Pekchening asoschisi Tonmyondir. "Chjou shu" ("Chjou tarixi") nomli Xitoy yilnomasiga ko'ra, Pekche davlatiga Kutxe degan kishi asos solgan. Bu o'rinda, gap Puye Van i - Vi Kutxe to'g'risida ketayotgan bo'lsa kerak. Pekcheda Kutxe nomli ibodatxona bo'lib, u yerda Pekche davlatining asoschisiga bag'ishlab qurbonlik qilinar ekan. Yilnomada yozilishicha, Pekchening paydo bo'lish tarixi eramizgacha bo'lgan III asrga to'g'ri keladi. Hukmdor sulola vakillari Puye nasabiga ega boMishi bilan birga, Xe, Sa, Yon, Xyon, Chin, Kol, Pek va Mok nomli 8 ta zodagonlar urug'idan ham bo’lgan. Tashkil topgandan to eramizning 60-yillarigacha Pekche dastlab moxe urug’i, 60-yillardan to III asm ing oxirigacha Silla davlati bilan to'qnashuvda bo’lgan. III—IV asrlarda Pekchening asosiy raqibi Koguryo bo’lgan Ular orasidagi dastlabki jang 369 yilda bo’lib, unda Pekche Koguryoning 20 minglik qo'shinini tor-m or etib, ko'plarini asirga olgan. 371 va 377 yillarda Pekche Koguryo poytaxti Pxenyanni qamal qilgan bo’lsa-da, uni butkul bosib ola bilmagan. Natijada, 392 va 395 yillarda Pekche Koguryodan bir necha janglarda magMub bo’lgan. Biroq, Koguryo bilan jang qilish barobarida Pekche tashqi janglarni ham amalga oshirgan IV asm ing ikkinchi yarmida Pekche nafaqat Koreya yarim oroli hududini, balki Lyaosi, Shandun kabi Xitoy viloyatlarini va Kyusyu nomli yapon orolini bosib olib, yarim oroldagi eng katta, kuchli davlatga aylangan 475-yildagi navbatdagi hujum dan so'ng Koguryoliklar Pekche ning poytaxti Xansonni bosib oldi va hukm dor Van Kero o’ldirildi. Pekchening asosiy yeri bo’lgan Xangan daryosi bo'ylaridagi yerlar Koguryoga o'tib ketishi bois, poytaxt Kimgan daryosi qirg'og‘idagi Unjin shahriga ko'chirilgan. O'zaro urushlardagi magMubiyat dav latning ichki ahvoli yom onlashuviga sabab boMdi. Qiyin ahvolga tushib qolgan dehqonlar Koguryo va Sillaga qochib o'tishdi. Qolaversa, hokimiyat va toj uchun bo’lgan kurashlar natijasida bir necha Van lar o’ldiriladi (477 va 501 yillar). Koguryoga qarshi kurash yo'lida Pekche Xitoyning janubiy suloiaiari va Silla bilan ittifoq tuzgan. 493-yili ikki davlat podsholari o'rtasida bitim tuziladi hamda kelgusi yil Pekche Sillaning Koguryoga qarshi kurashishi uchun harbiy qo'shin yuboradi. Pekche hukmdori Van Son {523-554 yy.) bilan bog'liq avvalgi qudratini tiklash va islohotlar o'tkazish m aqsadida yangi hukmdor mamlakat poytaxtini Sabi shahriga ko'chiradi. Markazlashgan boshqaruvni amalga oshirish maqsadida 22 okrug rahbarlarini Van urug'idan tayinlaydi7. Shuningdek, 5 viloyatga qo'shin kiritib, m a'm uriy islohotlar o‘tkazadi. ...... Bu davrda Koguryo bilan to'qnashuv davom etadi. 551-yilda Pekche Silla bilan birga Koguryoni Xangan daryosi bo'ylaridagi avval bosib olgan hududlaridan siqib chiqargan. Biroq, 55-yili Silla yangi yerlarni bosib oladi. 554-yili Van Son Sillaga qarshi yuborgan qo'shini jangda m ag'lub bo'ladi hamda Van o'zini o'ldiradi. Pekche Sillaga qarshi Koguryoning Tan imperiyasiga qarshi bo‘Igan hukmdori Yon Gesomun davrida Koguryo bilan birlashadi. Koguryo va Silla bilan urush holatida bo'lgan Pekche boshqa mamlakatlar bilan ko'p tomonlama diplomatik munosabatlar o'rnatib, ularning zarur vaqtda yordam berishi haqida va'dasini olishga harakat qiladi. Pekche davlati Xitoyning janubiy sulolalari, Szin va Sun imperiyalari, Janubiy Si bilan do'stona aloqa o'm atadi va VI-VII asrlarda Suy hamda Tan imperiyalariga bir necha marta elchilarini yuboradi. VII asrda Pekche Yaponiya bilan do'stona aloqa o'matadi. VII asrda Koguryo yordam ida Pekche Sillaga hujum qiladi. 642-yil u Sillaning 40 ta qal'alarini, 655-yilda esa Koguryo Pekchening harbiy ko'm agida 33 ta Silla qal'alarini bosib oladi. O’z navbatida, Silla Xitoyning Tan imperiyasiga yordam so'rab murojaat qiladi. Koguryo hukmdori Yon Gesomun oTimi tufayli Koguryo davlati qulashidan avval Tan imperiyasi va Silla birm uncha kuchsiz bo’lgan Pekche bilan hisob-kitob qiladi. 660 yilda Pekchening xar tomonidan Tan imperiyasining 135 minglik qo'shini va 50 minglik sillaliklar bostirib kiradi. Tez orada m amlakat poytaxti qamal qilinadi va Pekche Van i qochib ketadi. Lekin, maTum m uddat o'tgandan keyin u asirga tushadi. Shundan so'ng, Pekche davlat tarzida barham topadi va uning avvalgi yerlarida beshta Xitoy harbiy okruglari tashkil qihnadi.
Silla .Silla davlati Koguryo va Pekchega nisbatan keyinroq, chinxan qabilalari - yansan, koxo, chinji, kari va koyalarning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Dastlab qabilalar ittifoqi Saro ("San -go chji" nomli manbaga ko'ra) deb atalgan Undan tashqari, Xitoy manbalarida Sillo, Sara, koreys m anbalarida esa Sonabol, Soyabol va Sorabol kabi nom lar bilan atalgan. "Sam guk sagi" m adumotlariga ko'ra, bu olti qabila Qadim gi Choson bilan bevosita bog'liq: "D astlab Chosondan ko'chib kelganlar tog' va daralam ing o'rta qismiga joylashganlar va bu yerda oltita qishloqcha barpo etganlar. Ular Chinxan qabilasining oltita jam oasi (bu) edi". Afsonaga ko'ra, Koxo qishIog'i oqsoqoli bolani quvontirgan qovoqqa o'xshagan tuxum ni tashlab nola qilayotgan va keyin ko'zdan g'oyib bo'lgan otni ko'rgan. Bu bola juda aqlli bo'lgan!igi bois, uni hukm dor qilib tayinlashgan va unga Pak ("p ak " chinxan tilida "qovoq" degani) deb ism berishgan. U Sillaning birinchi hukmdori Pak Xyokkose va Paklar sulolaning dastlabki vakili bo'lgan. Olti qabila (32 yil, "Sam guk sagi" m anbasiga ko'ra) qayta nomlanib, yangi - Li, Chxoe, Son, Chon, Pe va Sol kabi nasablarga ega bodishgan. Koguryo va Pekchedan farqli ravishda, bu yerda bitta Van sulolasiga mansub bo'lganlar hukm ronlik qilmasdan, balki Pak sulolasidan tashqari Sok va Kim urug'idan bo'lganlar hukmdor sifatida mamlakatni boshqargan. Pak sulolasi hukmronligi davrida Silla (tnil. avv. 57 - mil 184-yy.). Dastlab Silla katta mavqega ega bo'lm agan II asm ing ikkinchi yarmidan boshlab m aorif rivoj topishi bilan, bu yerga vaqt-vaqti bilan Lolan viloyatidan xitoyliklarning, shuningdek, yaponlar va moxe qabilalarining hujumlari bo'lib turgan. Ammo qaram a-qarshilik ularning qo'shnilari Kaya bilan bo'lgan. O’zaro urushlarda goh Sillaning, goh Kayaning qo'Ii baland kelgan. II asr boshlarida sillaliklar 3 marta Kaya yerlariga bostirib kirganlar. I asrning ikkinchi yarmida Silla Pekche tom onidan amalga oshirilgan hujumlarning asosiy obyekti bo'lgan. Keyinroq m am lakatlar vaqtinchalik yarash sulhini imzolashgan. Hatto, Silla va Pekchening birlashgan qo‘shinIari moxe qabilasiga qarshi kurash olib borgan. Ammo 165-yildan boshlab m am lakatlar o'rtasidagi m unosabatlar yana buzilib, 167 va 170-yilda o'zaro urush olib borganlar.
Silla Sok sulolasi hukmronligi davrida (184 - 356 yy.). Silla qo'shni - somun, pxosanpxal, kamun, kolbol qabilalariga (qabilalar ittifoqlari) qarshi urushni davom ettirgan. Ba'zi qabilalaming o zlari, jumladan, isogo qabilalari Silla poytaxh Kimson (297 y.) hududiga bostirib kirganlar. Shuningdek, III asrda yaponlar bilan ham urushlar davom etgan (Ve davlati) va keyinchalik esa ikki mamlakat o'rtasidagi qo'shnichilik munosabatlari nikoh asosiga qurilgan davrlar ham bo'lgan. Ammo, IV asm ing 40-yilIarida o’zaro munosabatlarga yana putur yetgan va hattoki urush harakatlarigacha yetib borgan. Sok sulolasi hukm ronligi davrida ham TPekche bilan qaram aqarshiliklar davom etgan (188, 189, 190 yillar ). Ammo, 286-yili Pekche taklifiga ko'ra, tinchlik shartnomasi imzolangan. 245-yilda esa Silla birinchi marta Koguryoga bostirib kiradi. Si/la Kim sulolasi boshqaruvi davrida. Mazkur sulolaning hokimiyatga kelishi bilan turli sulolalar boshqaruvi Hzimi o'rniga merosiy monarxiya qaror topadi. Sillaning kuch-qudrati borgan sari oshib boradi. Kayaliklar Sillaning ustunligini tan olib ularga qarshi harakatlami to'xtatishadi.
Pekche bilan muntazam elchilik aloqalari olib borilgan. 381-yilda Xitoyga elchi yuborilgan. Yaponiya bilan aloqalar esa keskin xarakter kasb etgan. 364-yildan to 500-yilga qadar yaponlar Silla yerlariga bir necha marta bostirib kirganlar. Mazkur harbiy harakatlarning ko'pchiligida yaponlar mag’lubiyatga uchraganlari bois keyinchalik harakatlami to'xtatishgan. Koreya yarimorolida Sillaning asosiy raqibi Koguryo bo'lib, o'zaro munosabatlar III asrning oxiri va V asrning so'ngida bir bosqichdan (qutb) ikkinchi bosqichga (qutb) ko'tarildi. Ular, dastlab Kaya va yaponlarga qarshi ittifoq tuzishgan, keyin esa Koguryo Sillaga bosHrib kirgan. Silla, o'z navbatida, Koguryoga qarshi kurashda Pekchening yordamiga suyangan. Koguryo esa moxe qabilalari bilan birga Sillaga qarshi kurashgan.

Download 56.84 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 56.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Download 56.84 Kb.