|
Web-страница с dhtml
|
bet | 4/4 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 119,5 Kb. | | #131 |
URL-sxemali JavaScript. URL sxemasi (Uniform Resource Locator)- bu Web-texhologiyalarning asosiy elementlaridan biri. Web dagi har bir informatsion resurs uzining o’ziga hos URLiga ega bo’ladi. URL A konteynerining HREF atributida, IMG konteynerining SRC atributida, FORM konteynerining ACTION atributida va h.larda ko’rsatiladi. Barcha URL lar resursga ruhsatning protokoliga bog’liq bo’lgan ruhsat sxemalariga bo’linadi, masalan, FTP-arxiviga kirish uchun ftp sxemasi, Gopher-arxiviga kirish uchun gopher sxemasi, elektron maktublarni jo’natish uchun smtp sxemasi qo’llaniladi. Sxemaning tipi URLning birinchi komponentasiga ko’ra aniqlanadi: http://directory/page.html
Bu holatda URL http bilan boshlanayapti- mana shu kirish sxemasini aniqlashdir (sxema http).
Gipermatnli sistemalar uchun dasturlash tillarining asosiy vazifasi gipermatnli o’tishlarni dasturlashdir. Bu shuni bildiradiki, u yoki bu gipermatnli o’tishlarni tanlashda gipermatnli o’tishni amalga oshiruvchi dastur chaqiriladi. Web-texnologiyalarida standart dastur sifatida sahifani yuklash dasturi hisoblanadi. HTTP protokoli bo’yicha standart o’tishni JavaScript da dasturlangan o’tishdan farq qilish uchun yaratuvchilar yangi URL sxemasi – JavaScript ni kiritishdi:
...
Bu holatda "JavaScript_код" matni birinchi holatda gipermatnli o’tishni tanlanganda chaqiriladigan va ikkinchi holatda rasmni yuklashda chaqiriladigan JavaScript da yaratilgan dasturiy-qayta ishlovchilarni bildiradi.
Masalan, Внимание!!! gipermatnli o’tishga keltirilgan holda ogohlantiruvchi oynani chiqarish mumkin:
Внимание!!!
Formadagi submit tipidagi tugmachani bosish orqali shu formadagi matnli maydonni to’ldirish mumkin:
URLda murakkab dasturlar va funktsiya chaqirilishlarini joylashtirish mumkin. Faqatgina shuni yodda tutish kerakki, JavaScript sxemasi hamma brauzerlarda ham ishlamaydi, faqatgina Netscape Navigator va Internet Explorer larning to;rtinchi versiyalaridan boshlab ishlaydi.
Shunday qilib gipermatnli o’tishlarni dasturlashda interpretator boshqaruvni foydalanuvchi sichqoncha tugmasini gipermatnli o’tishga “bosgandan” keyingina oladi.
Hodisalarni qayta ishlovchilar. Hodisalarni qayta ishlovchi dasturlar (handler) shu hodisa bog’liq bo’lgan konteynerlarning atributlarida ko’rsatiladi. Masalan, tugmachani bosishda onClick hodisasi ro’y beradi:
O’rniga qo'yish. O’rniga qo'yish (entity) Web-sahifalarda anchagina kam uchraydi. Shunga qaramay u brauzer tomonidan HTML-sahifani hosil qilish uchun ishlatiladigan kerakli darajadi kuchli instrument hisoblanadi. O’rniga qo'yishlar HTML-konteynerlarning atributlari qiymatlari sifatida ishlatiladi. Masalan, foydalanuvchining shahsiy sahifasini aniqlovchi forma maydonining boshlang’ich qiymati sifatida joriy sahifaning URLi ko’rsatiladi:
Тело документа ... |
| |