|
Diffensirovka. O’smalardagi moddalar almashinuv jarayonlari
|
bet | 5/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 260,93 Kb. | | #230054 |
Bog'liq Rivojlanishning genetik nazorati.Hujayra sikli va o\'sma (rak)ning molekulyar genetikasi O’sma oldi jarayonlari - ular fakultativ va obligativ ko’rinishlarga bo’linadi. Fakultativ jarayonlarga (ayrim adabayotlarda u o’sma oldi fon o’zgarishlar deb yuritilgan) – giper-displastik jarayonlar (distrofiyalar, atrofiya, skleroz, giperplaziya, metaplaziya va displaziyalar), ba’zi bir disembrioplaziyalar kiritilib, ular ayrim xolatlarda malignizasiyalanishi kuzatiladi. Displaziya – «o’sishni buzilishi»- asosan epiteliyda kuzatiladi. Hujayralarni bir xilligi yo’qoladi, joylashuvi buziladi. Hujayra polimorf ko’rinish ola boradi, u 3 darajada ko’riladi, 3-darajada atipik mitozlar, bazal membranadan ostki qatlamlarga ularni tarqashi kuzatiladi.
Obligativ o’sma oldi jarayonlarida ko’proq nasliy moillik bo’lib, xar doim malignizasiyalanishi bilan yakunlanadi (ularga yo’g’on ichak polipozi, pigmentli kserodermiya, sut bezining kistoz mastopatiyasi, neyrofibromatoz (Reklinghauzen kasalligi), bachadon bo’yni eroziyasi, ko’z to’r pardasi neyroblastomasi va b.) kiradi
O’smalardagi hujayralarni ko’payishi proliferativ yallig’lanish, regenerasiya, giperplaziya, jaroxatlarni bitishi, uyushuvi, inkapsulyasiya va boshqa holatlardagi hujayralarning ko’payishidan o’z mohiyati bilan farq qiladi. Ularda biriktiruvchi to’qima va parenximatoz a’zo hujayralarini ko’payishi moslashtiruvchi va himoya qiluvchi reaksiya hisoblanadi, o’smalarda esa u bularga xech bir aloqasi yo’q hisoblanadi [1.2.5.10.12].
O’smalarni o’sishiga ta’sir etuvchi omillar:
O’smalarni vaskulyarizasiyasi (o’sma hujayrasi tomirlardan 1-2mm uzoqlikda joylashsa yashay olmaydi). O’sma hujayralari angiogenetik omil (angiogenin) ishlab chiqarib, kapillyarlarni o’sishi va endoteliylarni ko’payishini stimulyasiya qiladi.
Gormonlar ta’siri (o’sma hujayralar gormonlar ta’siriga o’ta sezuvchan bo’lib, ular ta’sirida o’sma hujayralarini o’sishini tezlashishi (sut bezi, tuhumdonlar, prostata bezini raklarida) yoki sekinlashishi mumkin.
Organizmni o’smaga qarshi himoya mexanizmlarini xolati:
– o’smalarga qarshi organizmni tabiiy nospesifik rezistentlik mexanizmlari – tabiiy killerlar (NK-hujayralar), limfokin-faollashtirilgan killerlar (LAK-hujayralar) va makrofag hujayralari - bu hujayralar o’sma hujayralarini aniqlaydi, ularni yo’q qiladi (emiradi, sitoliz, fagositoz). Bu mexanizm o’sma hujayralar miqdori organizmda 103 dan oshmagan taqdirda samarali bo’ladi.
- orttirilgan (maxsus) o’smaga qarshi reaksiyalar - o’sma hujayralari hosil qilgan antigenlarga nisbatan hujayra va gumoral immunitet (T va V -limfositlar) tomonidan ishlab chiqariladigan antitana ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Bu mexanizm o’sma hujayralar miqdori organizmda 103 -106 dan oshmagan taqdirda samarali bo’ladi, 106-dan oshganda immunologik depressiya kuzatilib, bu mexanizm izdan chiqadi [1.10.13].
Jadval -2.
|
| |