|
Diffensirovka. O’smalardagi moddalar almashinuv jarayonlari
|
bet | 9/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 260,93 Kb. | | #230054 |
Bog'liq Rivojlanishning genetik nazorati.Hujayra sikli va o\'sma (rak)ning molekulyar genetikasiOnkofetal antigenlar
ά-fetoprotein
|
Gepatosellyullyar rak, moyakni seminodan tashqari germinativ o’smalari
|
Karsinoembrional antigen
|
Yo’g’on ichak, me’da osti bezi, o’pkalar va me’dani karsinomalari, yurak o’smalari
|
Izofermentlar
|
Prostatik nordon fosfotaza
|
Prostata bezi raki
|
Neyron-spesifik enolaza
|
O’pkalarni mayda hujayrali raki, neyroblastoma
|
Maxsus oqsillar
|
Immunoglobulinlar
|
Ko’plab mielomalar, gammapatiyalar
|
Prostata - spestifik antigen va prostata - spesifik membrana antigeni
|
Prostata bezi raki
|
Musinlar va boshqa glikoproteinlar
|
SA-125
|
Tuxumdonlar raki
|
SA-19-9
|
Yo’g’on ichak, me’da osti bezi raklari
|
SA-15-3
|
Sut bezlari raki
|
Yangi molekulyar markerlar
|
Zardob va najasdagi mutant r53, ARS, RAS
|
Yo’g’on ichak raki
|
Zardob va najasdagi mutant r53 va RAS
|
Me’da osti bezi raki
|
Zardob va balg’amdagi mutant r53 va RAS
|
O’pkalar raki
|
Siydikdagi mutant r53
|
Siydik pufagi raki
|
O’sma o’sishi jarayonlarini o’rganish usullari:
Indukstiya usuli – turli hil kanserogenlarni organizmga kiritilib o’sma jarayoni yuzaga keltiriladi.
Transplantastiya usuli – bu usulda antiseptika qoidalariga amal qilgan xolda bir turdagi organizmlarga hayotga qobil o’sma to’qimasi ko’chirib o’tkaziladi.
Eksplantastiya usuli – o’sma to’qimasi organizmdan tashqarida o’stiriladi.
Oʻsmalar, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli
hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning
zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻsmalarga sababchi omillar
toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi.
Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan)
O'smalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan
siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli Oʻsmalar tez rivojlanib, boshqa
toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi.
Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga
tushgan oʻsma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi. Natijada
Oʻsmalarning ikkilamchi tugunlari — metastazlar hosil boʻladi, yaʼni Oʻsmalar
tarqalib ketadi. Oʻsmalar butunlay olib tashlanmasa, qaytadan oʻsib chiqadi
(retsidiv beradi). Xavfsiz Oʻsmalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo
boʻlgan joyiga koʻra hayot uchun xavfli boʻlishi (mas, miyada yoki nafas va hazm
yoʻllarida boʻlsa, ularni siqib, ezib qoʻyishi), shuningdek, uning bir qismi kesib
tashlansa, qayta oʻsishi mumkin. Oʻsmalarning metastaz berishbermasligi va
metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bogʻliq.
Oʻsmalar oʻsishi toʻqimada cheksiz boʻlinuvchi oʻzgargan hujayralarning kichik
guruhi vujudga kelishidan boshlanadi. Ular sekin-asta rivojlanadi. Bunda bir necha
bosqich farq qilinadi: 1) oʻsma hujayralarining notekis koʻpayishi (giperplaziya);
2) oʻchoqli proliferatsiya, yaʼni toʻqimaning oʻsishi, 3) xavfsiz Oʻsmalar hosil
boʻlishi; 4) nihoyat, uning xavfli tus olishi (malignizatsiya). Bevosita xavfli
Oʻsmalardan avval paydo boʻlgan va xavfli Oʻsmalarga aylanadigan Oʻsmalar rak
oldi, toʻqimada ancha erta sodir boʻlgan oʻzgarishlar oʻsma oldi jarayoni
hisoblanadi. Oʻsmalarning bosqichmabosqich rivojlanishi va keyin xavfli tus olishi
— uning oʻziga xos avj olishi shu tariqa oʻtadi. Oʻsmalardan qon ketishi
kamqonlikka, Oʻsmalarning chirishi va moddalar almashinuvi buzilishidan hosil
boʻlgan mahsulotlar organizmning zaharlanishiga sabab boʻladi.
Oʻsmalar parenxima va stromadan tarkib topadi. Parenxima Oʻsmalarning asosiy
massasi boʻlib, uning oʻsishi va tabiatini belgilaydi; stroma Oʻsmalar atrofidagi
biriktiruvchi toʻqimadan hosil boʻladi. Har bir oʻsmaning nomi oʻzi paydo boʻlgan
toʻqima nomidan (oxiriga "oma" — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha
qoʻshiladi) olingan, mas, togʻaydan vujudga kelgan Oʻsmalar xondroma, yogʻ
toʻqimasi oʻsmasi lipoma, muskul toʻqimasi oʻsmasi mioma, biriktiruvchi
toʻqimada yuzaga kelgan xavfli va sarkoma, epiteliy toʻqimasidan paydo boʻlgan
xavfli Oʻsmalar karsinoma (rak), meʼda osti bezi boʻlakchalaridan hosil boʻlgan
Oʻsmalar insuloma deyiladi va h.k. Leykozlar ham Oʻsmalarga kiradi. Rak bilan
ogʻrish turli mamlakat va mintaqalarda turlicha, mas, teri raki shim.ga nisbatan
janubida koʻproq uchraydi.
Oʻsmalarning paydo boʻlishi va rivojlanishida organizmning tugʻma yoki hayotda
orttirilgan umumiy reaksiyasi katta ahamiyatga ega. Irsiy omillar asosan,
Oʻsmalarga moyillikni, yaʼni organizmning oʻsma paydo qiladigan taʼsirotlarga nisbatan koʻrsatadigan u yoki bu reaksiyasini belgilab beradi. Oʻsmalar taʼsirini
bartaraf etishda esa organizmning himoya, immunobiologik kuchlari, shuningdek,
uning ovqatlanish va boshqalar hayot tarziga bogʻliq umumiy holati katta ahamiyat
kasb etadi.
Umuman Oʻsmalar organizmga turli fizik, kimyoviy va biol. omillar taʼsir
koʻrsatishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ham hozir
Oʻsmalarning kelib chiqishi koʻp omilli (polietiologik) jarayon deb qaraladi.
Oʻsmalar, odatda 40 yoshdan keyin paydo boʻladi. Ammo yoshlar va hatto,
bolalarda ham uchratish mumkin.
Oʻsnalarning oldini olish ularning kelib chiqishiga (gigiyenik profilaktika) va
rivojlanishiga qarshi (rakning klinik profilaktikasi) tadbirlardan iborat. Gigiyenik
profilaktika organizmga kanserogen taʼsir koʻrsatadigan omillarni yoʻqotish yoki
ularning miqdorini kamaytirishdan; klinik profilaktika esa oʻsma oldi kasalliklarini
oʻz vaqtida aniqlab, davolashdan iborat. Aholi oʻrtasida muntazam (sistemali)
ommaviy profilaktik tekshiruvlar oʻtkazish va ayrim aholi guruhlarini
dispanserizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Kasallikning boshlangʻich belgilari
paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat qilish kasallikni barvaqt aniqlashda
nihoyatda muhim.
Oʻsmalar diagnostikasi bemorni klinik instrumental tekshirish (soʻrash, kuzatish,
maxsus tekshirish usullarini qoʻllash va har xil tahlillar oʻtkazish)ga asoslangan.
Ichki aʼzolar (meʼda, oʻpka, tuxumdon, yoʻgʻon ichak, meʼda osti bezi va
boshqalar)dagi Oʻsmalarni barvakt aniqlash (diagnoz qoʻyish) ancha mushkul
boʻlib, bunda rentgenologik, radioizotop, endoskopik, morfologik, immunologik,
kompyuter tomografiya, biopsiya olish va boshqalar maxsus tekshirish usullaridan
foydalaniladi.
Tibbiyot amaliyotida radioizotoplar yordamida tekshirish usullari keng
qoʻllanilmoqda. Ayrim radioaktiv moddalar, mas, fosfor, yod, stronsiy, oltin va
boshqalarni oʻsma hujayralari sogʻlom hujayralarga nisbatan ancha koʻp yutadi, bu
esa radioizotoplarning tarqalishiga qarab Oʻsmalar va metastazlarni barvaqt
aniqlash imkonini beradi.
Oʻsmalar tuzilishining morfologik xususiyatlarini aniqlash davolashning aniq
usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Xavfli Oʻsmalar kompleks usulda davolanadi. Oʻsmalar paydo boʻlgan aʼzoga,
uning rivojlanish bosqichi, tuzilishiga, bemorning yoshi va boshqalarga qarab
gamma va rentgen nurlari, doridarmonlar bilan davo qilinadi; lekin xirurgik usul
keng qoʻllaniladi.
Koʻpincha xirurgik usul nur va doridarmonlar qoʻllab davolash bilan birga olib
boriladi (qarang Nur bilan davolash, Kimyoterapiya). Xavfli Oʻsmalarni nur bilan
davolash onkologiyaning rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biridir.
Soʻnggi yillarda organizmning himoya kuchlarini oshirishga qaratilgan
immunoterapiya usulida davolash jadal olib borilmoqda (qarang. Onkologiya).Xavfli o‘smalarning klinik belgilari
Xavfli o‘sma rivojlanishi uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, klinik simptomlar s
hunga yarasha namoyon bo‘ladi. Klinik simptomlarning rak kasalligida paydo bo‘li
shi ko‘p jihatdan xavfli o‘smaning qaysi bir a’zoda paydo bo‘lishiga, uning gistolo
gik strukturasiga, kasallik bosqichiga, metastaza borligiga va klinik shakliga bog‘li
qdir. Xavfli o‘sma klinik simptomlarining paydo bo‘lishi, ko‘p jihatdan o‘sma jara
yonining rivojlanishiga bog‘liq.
L. Shabad (1979 y.) xavfli o‘smalar organizmda rivojlanishida quyidagi bosqichlar
dan o‘tadi:
1. Kasallik rivojlanadigan a’zodagi hujayralarda diffuz giperplaziya,
yallig‘lanish yoki regenerativ o‘zgargan to‘qimalar davri;
2. Diffuz giperplaziya o‘rnida o‘choqli proliferatlar rivojlanadi;
3. O‘choqli proliferatlar qo‘shilib, xavfsiz o‘sma shaklini qabul qiladi;
4. Xavfsiz o‘smalar keyinchalik qulay sharoitda xavfli turga aylanadi. Mana
shu davrda xavfli o‘smalarning dastlabki simptomlari paydo bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun kasallikni ushbu bosqichda aniqlash maqsadga
muvofiqdir.
Xavfli o‘sma kasalliklarining asosiy klinik simptomlari:
mahalliy (tugunli o‘smaning aniqlanishi, o‘choqli o‘zgarishlar, o‘smadan qon
ketishi, yaralanishi, undan turli ajralmalarning hosil bo‘lishi, og‘riq, boshqa a’zolar
faoliyatining buzilishi va boshqalar;
umumiy (tana harorati ko‘tarilishi, varaja, terlash, uyqusizlik, kaxeksiya, havo
yetishmasligi, qorinda og‘riq, qorin va ko‘krak bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilishi va
boshqalar);
o‘smaning metastatik zararlanish simptomlari (patologik sinish, og‘riq sindromi,
havo yetishmasligi, qorin va ko‘krak bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilishi, ichki a’zo
faoliyatining buzilishi, nevrologik buzilish va boshqalar).
O‘sma kasaliklarini erta bosqichlarda aniqlash uchun umumiy amaliyot shifokorlar
ining onkologik ehtiyotkorligini va aholi tibbiy savodxonligini oshirish kerak.
Onkologik ehtiyotkorlik
Onkologik ehtiyotkorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Shifokor kasallikning erta bosqichdagi simptomlarini bilishi;
2. O‘smaoldi kasalliklari haqidagi axborotga ega bo‘lishi va uni davolashi;3. Onkologiya xizmatining holatini bilish va bemorni kerakli mutaxassisga
yuborish;
4. Bemorni sinchkovlik va zamonaviy usullar bilan tekshirish, malakali
mutaxassisga yuborish;
5. Bemorga onkologik kasallikning tashxisini qo‘yishda malakali
mutaxassislarni jalb qilish va davolash taktikasini hal qilish.
Onkologik kasalliklar ichida dastlabki bosqich quyidagi a’zolarda ko‘proq aniqlana
di: teri saratoni va melanomasida, sut bezi, og‘iz bo‘shlig‘i, bachadon bo‘yni va to‘
g‘ri ichak, prostata bezi saratonida. O‘pka, jigar va me’da saratonlarida zamonaviy
tekshirish usullarini keng miqyosda qo‘llab erta bosqichda aniqlash mumkin (ultrat
ovush usuli, multispiral kompyuter tomografiyasi, videogastrofibroskopiya).
Xavfli o‘sma kasalliklarida skrining tekshiruvi foydalari
Aholi orasida skrining tekshiruvining o‘tkazilishi xavfli o‘smalarni hali simptomlar
i paydo bo‘lmasdan yoki dastlabki simptomlar namoyon bo‘lganda aniqlash imkon
iyatini yaratadi.
Hozirda keng miqyosda quyidagi kasalliklarda skrining tekshiruvi qo‘llanilmoqda:
1. Mammografiya va o‘sma markerlarini aniqlash (SA-15-3) – sut bezi
saratonida (50 yoshdan oshgan ayollarda bir yilda bir marta).
2. Najasda qonni aniqlash (gemokult), sigmoskopiya, kolonoskopiya to‘g‘ri va
yo‘g‘on ichak saratonida (bir yilda bir marta).
3. Pap-test va kolposkopiya bachadon bo‘yni saratonida (har 6 oyda).
4. Ultratovush tekshirish usuli va o‘sma markerini aniqlash (RSA) prostata
bezi saratonida (har 6 oyda).
5. Multispiral kompyuter tomografiya o‘pka saratonida (1 yilda bir marta).
Ushbu tekshirishlarni aholi orasida xavf omiliga ega bo‘lgan insonlarda o‘tkazish y
uqori darajada o‘sma kasalliklarini barvaqt aniqlash imkonini yaratadi. Bundan tas
hqari, xavfli o‘smalarning klinik simptomlari namoyon bo‘lmaganda, morfologik ji
hatdan surunkali kasalliklar yoki xavfsiz o‘smaning xavfli o‘smaga o‘tish bosqichi
ni morfologik o‘zgarishlar darajasida aniqlash kelajakda bemorni to‘liq davolash i
mkonini beradi. Bemor bilan shifokor orasidagi suhbatda kasallikning rivojlanish b
osqichiga (anamnez), klinik simptomlari rivojlanishiga va bemorning umumiy ahv
oliga e’tibor qaratish kerak.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tashqi a’zolarda joylashgan o‘smalarda (teri, sut bezi,
og‘iz bo‘shlig‘i, yumshoq to‘qima) va vizual jihatdan ko‘rish imkoniyati bor a’zola
rdan (bachadon bo‘yni, qin, prostata bezi, to‘g‘ri ichak, burun-halqum) xavfli o‘smalarini aniqlashda dastlabki simptomlar quyidagilardan iboratdir: paypaslanadigan hosila, chegaralari noaniq, atrof to‘qimada infiltrativ o‘zgarish borligi bilan ifodalanadi.
O‘smaning rivojlanishi unda yara hosil bo‘lishi, qonashi, hidli ajralmalar hosil bo‘l
ishi bilan kechadi. Ushbu jarayonni o‘z vaqtida aniqlash va baholashda instrumenta
l yoki kompyuter tomografiya tekshiruvini o‘tkazish shart emas. Shuni ta’kidlash l
ozimki, aksariyat hollarda bu o‘zgarishlarni bemorning o‘zi aniqlaydi. Lekin bemo
rning kasallikdan cho‘chib, tashxisi salbiy chiqishidan qo‘rqishi, bir necha oy mob
aynida vrachga emas, aksincha tabibga murojaat qilishi o‘smaning rivojlanib ketish
iga, dastlabki bosqichdan keyingi bosqichga o‘tishini tezlashtiradi (I bosqichdan III
-IV bosqichgacha). Shuning uchun har bir inson organizmida yuqoridagi simptomlar paydo bo‘lishi bilan darhol umumiy amaliyot shifokori, keyin esa onkolog ko‘rigi va maslahatiga borishi kerak. Agar bemor o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilsa va davolovchi-vrach klinik simptomlarni to‘g‘ri talqin qilsa, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarning 70 foiziga dastlabki (I-II bosqichda) rivojlanish davrida to‘g‘ri tashxis qo‘yish mumkin va ular to‘g‘ri davolansa, 90 foiziga 5 yillik ko‘rsatkichga erishish mumkin.
Ichki a’zolarda joylashgan xavfli o‘smalarda klinik simptomlar ko‘pincha o‘tib ket
gan bosqichda namoyon bo‘ladi. Bemorda o‘z-o‘zidan ozib ketish, og‘riq paydo bo
‘lishi, ishtaha bo‘g‘ilishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, ich ketishi yoki qotishi, icha
kdan patologik ajralmalarning ketishi (qon, shilimshiq, hidli ajralma, ichning qora
kelishi, axlatda yoki siydikda qon paydo bo‘lishi, qayt qilganda qon bo‘lishi, yo‘tal
ganda balg‘am bilan qon ketishi, qorin yoki ko‘krak qafasida suyuqlik yig‘ilishi, o
yoq yoki qo‘lning o‘sma rivojlanishi natijasida sinishi) dardning o‘tib ketgan bosqi
chlarida aniqlanadigan simptomlaridir. Aksariyat holatda ichki a’zolar xavfli o‘sma
sida klinik simptomlar dastlabki bosqichda yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik bemorlar (80 foizgacha) onkologiya muassasalariga kasallikning o‘tib k
etgan bosqichlarida xuddi shunday simptomlar bilan murojaat qiladi. Kasallikni ert
a bosqichda aniqlash uchun xavf omillari bor bemorlarga ko‘proq e’tibor qaratish k
erak, ularni dispanser hisobiga olib, tez-tez davolash, morfologik tekshiruvlarini o‘
tkazib turish kerak (surunkali kasalliklarda, xavfsiz o‘smalarda, irsiyatga moyil bo‘
lgan yallig‘lanish jarayoni ko‘p xuruj beradigan aholi guruhlarida). Aholi orasida x
avf guruhi ichida klinik simptomlar rivojlanishiga va namoyon bo‘lishiga e’tibor q
aratish kerak. Albatta, ushbu guruhga mansub aholi orasida zamonaviy tibbiy asbo
b-anjomlar bilan tekshirishni yo‘lga qo‘yish kerak (magnit-rezonans tomograf, multispiral kompyuter tomografiya, dopler ultratovush tekshiruvi, endoskopik tekshiruvlar, radioizotop tekshiruvi, pozitron-emission tomografiya).
Aholi orasida xavf guruhi ichida klinik simptomlar rivojlanishiga va namoyon bo‘l
ishiga e’tibor qaratish kerak. Albatta, ushbu guruhga mansub aholi orasida zamona
viy tibbiy asbob-anjomlar bilan tekshirishni yo‘lga qo‘yish kerak (magnit-rezonans
tomograf, multispiral kompyuter tomografiya, dopler ultratovush tekshiruvi, endos
kopik tekshiruvlar, radioizotop tekshiruvi, pozitron-emission tomografiya).
Shuni aytish mumkinki, xavfli o‘sma kasalliklarini barvaqt aniqlash imkoniyati ma
vjud. Birinchi navbatda, kasallikning klinik simptomlarini to‘g‘ri talqin qilish, ahol
i orasida xavf guruhiga mansub bo‘lgan insonlarni to‘liq tekshirish va dispanser his
obiga olish, o‘z vaqtida o‘smaoldi kasalliklarini aniqlash, ularning nazoratini olib b
orish va davolash, zamonaviy tibbiy usullarni keng miqyosda qo‘llash (molekulyar
-biologik, molekulyar-genetik, endoskopik, ultratovush, kompyuter tomografiya)
maqsadga muvofiqdir. Bu asosiy vazifa umumiy amaliyot shifokoriga yuklatiladi, s
ababi, bemor birinchi marotaba umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qiladi.Oʻsmalar, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻsmalarga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi.
Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) O'smalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli Oʻsmalar tez rivojlanib, boshqa toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan oʻsma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi. Natijada Oʻsmalarning ikkilamchi tugunlari — metastazlar hosil boʻladi, yaʼni Oʻsmalar tarqalib ketadi. Oʻsmalar butunlay olib tashlanmasa, qaytadan oʻsib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz Oʻsmalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo boʻlgan joyiga koʻra hayot uchun xavfli boʻlishi (mas, miyada yoki nafas va hazm yoʻllarida boʻlsa, ularni siqib, ezib qoʻyishi), shuningdek, uning bir qismi kesib tashlansa, qayta oʻsishi mumkin. Oʻsmalarning metastaz berishbermasligi va metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bogʻliq.
Oʻsmalar oʻsishi toʻqimada cheksiz boʻlinuvchi oʻzgargan hujayralarning kichik guruhi vujudga kelishidan boshlanadi. Ular sekin-asta rivojlanadi. Bunda bir necha bosqich farq qilinadi: 1) oʻsma hujayralarining notekis koʻpayishi (giperplaziya); 2) oʻchoqli proliferatsiya, yaʼni toʻqimaning oʻsishi, 3) xavfsiz Oʻsmalar hosil boʻlishi; 4) nihoyat, uning xavfli tus olishi (malignizatsiya). Bevosita xavfli Oʻsmalardan avval paydo boʻlgan va xavfli Oʻsmalarga aylanadigan Oʻsmalar rak oldi, toʻqimada ancha erta sodir boʻlgan oʻzgarishlar oʻsma oldi jarayoni hisoblanadi. Oʻsmalarning bosqichmabosqich rivojlanishi va keyin xavfli tus olishi — uning oʻziga xos avj olishi shu tariqa oʻtadi. Oʻsmalardan qon ketishi kamqonlikka, Oʻsmalarning chirishi va moddalar almashinuvi buzilishidan hosil boʻlgan mahsulotlar organizmning zaharlanishiga sabab boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Atabekova A.I, Ustinova YE I. Sitologiya rasteniy. M. kolos, 1987
2. Boykobilov T. B., Ikromov T. X. Toshkent «O’qituvchi» nashriyoti. J1980.
3. Boykobilov T. Sitologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Andijon, 1986.
4. Eshnazarov K. Sitologiya. Toshkent–2001.
5. Grin N., Staut U., Teylar D. Biologiya. M.Mir, T1, 1990.
6. Kursanov V.A., Kamarnitskiy N.A., Meyer K.I., Razdorskiy V.F.,
Uranov A.A.,–Botanika. «O‘qituvchi» nashriyoti 1977.
7. Mustafayev S.M., Ahmedov U.A. Botanika. T.: «Fan» nashriyoti 2006.
8. Mustafayev S.M, Botanika. Toshkent. «O‘zbekiston» 2002.
9. Qodirov E. Gistologiya. Toshkent «O‘qituvchi», 1994.
|
| |