|
Uglevod almashinuvini o’ziga xosligi
|
bet | 3/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 260,93 Kb. | | #230054 |
Bog'liq Rivojlanishning genetik nazorati.Hujayra sikli va o\'sma (rak)ning molekulyar genetikasiUglevod almashinuvini o’ziga xosligi:
Qonda «glyukoza tuzog’i»
Intensiv glikoliz
Sut kislotasini to’planishi – asidoz
Anaerob glikolizni kuchayishi – Varburg effekti
Paster effektini pasayishi
Uglevodlarni piruvatlargacha emirilishi, kislorod mavjudligi sharoitida laktatga aylanishi
Glyukozani pentozofosfat yo’l bilan peroksidlanishini faollashuvi
Oqsillar almashinuvini o’ziga xosligi
O’sma hujayralari “qondagi azot birikmalari uchun “tuzoq”. Qondagi azot saqlovchi birikmalarni intensiv ushlaydi (aminokislotalarni, azot birikmalarini) va ularni o’zlarini oqsillarini sinteziga ishlatadi.
Oqsillarni sintezi emirilishidan ustun bo’ladi. DNK, RNK sintezi keskin ortgan bo’ladi.
Onkooqsillar intensiv sintezlanadi.
Embrional oqsillar sintezlanadi (ά-fetoprotein)
DNK sintezi supressri – oqsil – gistionlarni sintezi va saqlanishi kamayadi
Izofermentlarni soddalashuvi.
O’sma hujayralarida izofermentlar soni kamayadi.
Hujayra bo’linishiga ta’sir etuvchi st-AMF miqdori kamayadi.
Hujayralar proliferasiyasini kuchaytiruvchi st-GMF miqdori ortadi.
Yog’lar almashinuvini o’ziga xosligi:
O’sma hujayralari qondan quyi zichlikdagi lipoproteidlarni va oksidantlarni (ά-tokoferol) ushlab qoladi.
Yog’ kislotalar hosil bo’lishi sustlashadi. Membranani fosfolipidlarini o’zgargan sintezi ortadi[1,2,11,13].
Mos bo‘lmagan gormonlar ishlab chiqarilishi
Ko‘pgina o‘smalar odatda ular kelib chiqqan to‘qimalari tomonidan ishlab chiqarilmaydigan gormonlar ishlab chiqaradi. Ular orasida, odatda bronxlar mayda hujayrali karsinomasi tomonidan ajratib chiqariladigan, antidiuretik gormon (ADG) va adrenokortikotropin (AKTG) garmoni kiradi. Ko‘pchilik o‘smalar, shuningdek yassi hujayrali rak ham, paratiryeoid gormon bilan bog‘liq peptidni ishlab chiqaradi, bu paratgormonga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi va gumoral giperkalsemiyaga olib keladi. Keng tarqalgan o‘sma turlarining tipik oqibatlari jadval-1 umumlashtirilgan.
|
| |