|
Diffensirovka. O’smalardagi moddalar almashinuv jarayonlari
|
bet | 7/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 260,93 Kb. | | #230054 |
Bog'liq Rivojlanishning genetik nazorati.Hujayra sikli va o\'sma (rak)ning molekulyar genetikasiO’sma oldi jarayonlariga – pernisioz anemiyadagi surunkali atrofik gastrit, surunkali yarali kolit, og’iz bo’shlig’i, qin va olatdagi leykoplakiyalar va b. kiradi.
Kanserogenezni molekulyar asosi – genomni noletal shikastlanishi kanserogenezni kalitidir. Bunday genetik shikastlanish (yoki mutasiyalar) – atrof muhit ta’sirida (masalan kimyoviy birikmalar, radiasiya yoki viruslar ta’sirida), ichki muhitdagi o’zgarishlar ta’sirida yoki xomilada (nasliy o’zak hujayralar orqali) spontan yoki indusirlangan xolda kelib chiqadi.
O’smalar o’sishiga olib boruvchi hujayralar genomi shikastlanishida nishon bo’ladi:
1) protoonkogenlarni o’sishini stimullovchi genlar,
2) genlarni o’sishini ingibisiyalovchi supressorlar,
3) hujayralarni rejalashtirilgan o’limini boshqaruvchi genlar (apoptozni),
4) DNKni tiklanishini yuzaga chiqaruvchi genlar [1.2.5.9.11].
O’smalar rivojlanishidagi immun sistemani reaksiyasi
O’sma hujayralarini antigenlariga hujayra va gumoral immun javob tuzilmalari: T-limfosit – killerlar va antitanachalar javob qaytarib, organizmni himoyalaydi. Ammo ba’zan ular o’sma hujayralarini progressiyasiga ta’sir qilishi mumkin (kuchaytiruvchi effekt – enhancement - fenomeni). Limfositlar va makrofaglar o’sma hujayralari bilan kontaktda ularga sitolitik va sitotoksik ta’sir ko’rsatadi. Makrofag va neytrofillar sitostatik ta’sir ko’rsatadi. Natijada DNK sintez iva mitotik faollik pasayadi (transplantasion immunitetga o’xshash immun himoya). Morfologik o’sma va normal to’qima chegarasida immunkomponent hujayralar to’planadi (T- va V-limfositlar, plazmatik hujayralar, makrofaglar), bunda o’smalarni o’sishi va metastazlanishi sekinlashadi. Regironar limfa tugunlarida antigen stimulyasiya – follikulalarda ko’payib maydonini ortishi, sinuslar bo’ylab retikulyar va gistiositar hujayralarni giperplaziyasi kuzatiladi.
U o’sma o’sish jarayonida immun tizimda o’ziga xos buzilishlar ularni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi:
1.sirkulyasiya qilayotgan o’smaga qarshi antitanachalar o’smalarni o’sishini tezlashtiruvchi ta’siri (kuchaytiruvchi effekt tipida),
2. O’sma antigenlapri tomonidan limfositlardagi reseptorlarni blokadasi
3.Immunologik tolerantlikni rivojlanishi, o’smalarni immunodepressiv ta’siri.
Ayrisimon bez olib tashlanganda, aksidental involyusiyasida, shikastlarida o’smalarni uchrashi va rivojlanishi statistik ortadi. Ayrisimon bez normal faoliyat ko’rsatayotganda statistik o’smalarni uchrashi kamroq bo’ladi. U o’sma hujayralarini eliminasiyasini ta’minlab, immunologik kuzatuvni boshqaradi.
|
| |