4.Tavsiya bosqichi
Mazkur bosqichda psixolog, psixoterapevt avvalgi bosqichlardagi
patsient va uning muammosi haqidagi ma’lumotni to’plash asosida u
bilan hamkorlikda muammoning yechimiga taalluqli amaliy tavsiya
ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarni qo’llash yuzasidan
barcha detallar qadam baqadam aniqlanadi, tushuntiriladi. Bu bosqichda
o’rtacha 40 daqiqadan bir soatgacha vaqt sarflanadi.
5.Nazorat bosqichi.
Ushbu bosqichda klientga taqdim etilgan tavsiyalar va amaliy
ko’rsatmalarga qanday amal qilayotganligi nazorat qilinadi. Psixolog/
psixoterapevt va patsient natijalarning tahlil qilib, kelgusi uchrashuv
haqida (agar keying seansga ehtiyoj bo’lsa) kelishib olinadi.
Bu bosqich
uchun o’rtacha 20-30 minut sarflanishi mumkin.
Konsultatsiya bosqichining mazmuniy jihatlari
Konsultant-psixolog uchun konsultatsiya jarayoni majoziy ma’noda
uning kasbiy mahoratini namoyish qiladigan sahna deyish mumkin.
Konsulatsiya oldiga qo’yilgan maqsadga erishsh uchun uning mazmuniy
jihatlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Psixolog patsient bilan tanishib olgandan so’ng psixolog ixtiyorida
mavjud vaqt haqida ma’lumot berishi lozim bo’ladi.
Bunda psixolog quyidagilarga alohida ahamiyat qaratishi darkor:
•
Verbal hamda noverbal rag’batlantirish; ya’ni psixolog mijozni
tinglayotganini “qulog’im sizda”, “sizni eshityapman”, “ho’sh, keyin
nima bo’ldi” kabi jumlalar bilan unga empatiya hissi bildirayotganini
ko’rsatib turishi kerak. Psixolog nutqida ishlatayotgan so’;zlar, savollar
tabiiy chiqiqshi,
natijada, patsient o’zini qiynayotgan psixologik
muammoni to’laligicha unga ayta olishi muhimdir. Shu bilan birga
psixolog konsultatsiya jarayonida faqat verbal muloqot bilan cheklanib
qolmasdan noverbal signallardan ham samarali foydalanishi muhimdir.
Buni psixolog patsientga boshi orqali gaplarini tasdiqlash yoki ko’zlarini
patsient ko’zlariga qaratib uni tinglayotgani ifodasini ko’rsatish
orqali
amalga oshiradi.
•
konsultatsiyani ochiq savollar bilan boshlash; bunda psixolog
konsultatsiya jarayonini boshlashga kirishar ekan, avvalo, patsientga
ochiq savollar bilan murojaat qilishi lozim bo’ladi.
patsient bilan
tanishganidan so’ng, eng avvalo, ushbu konsultatsiyadan mijoz nima
kutayotganligini so’rash zarur. buni bilish konsultatsiya samaradorligiga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari mijoz bilan psixologning bir-
birlarini yana ham yaxshiroq tushunishlariga ko’mak beradi.
•
Psixolog noaniqliklar yoki psixologik
muammo kelib chiqishidagi
tafsilotlarda noaniqliklar yuzaga kelib, konsultatsiya samaradorligiga
salbiy ta’sir ko’rsatmasligi uchun ochiq savollar orqali masalani
oydinlashtirib olishi foydadan holi emas. Shunaqa vaziyatlar bo;’ladiki,
patsient biror vaziyatga qanday munosabat bildirganini ya’ni o’z
emotsiyalarini, o’z ruhiy holatini psixologga yetkazib bera olmaydi.
Masalan, erining xiyonatidan xabar topgan
patsientdan ayni damda
qanday hislar o’tayotganini psixolog “Siz bundan xabar topganingizdan
so’ng ichingizdan qanday hislar o’tdi?” kabi savollarni berish orqali
patsientda nafrat hissi kuchlimi yoki bu voqea natijasida o’ziga
beradigan bahosi tushib ketganmi kabi savollarga aniqlik kiritish
mumkin.
Psixolog qabuliga kelayotgan patsientlarning ham turli tiplari
bo’ladi. ba’zi patsientlar psixolog konsultatsiyasiga kelayotgan bo’sa-da,
unga ichidan qiynayotgan hislarni ochiq oydin aytavermaydi.
Shunday
“Yopiq” patsientlar bilan ishlashda ham ochiq savollarning roli
bo’lakchadir.
Bunda
faoliyatni
tinglash,
takrorlash
va
oydinlashtirishdan foydalanish yaxshi samara beradi.
•
Patsientning arzini qayd etib borish va umumlashtirish;
Ma’lumki, psixolog huzuriga kelgan patsient o’zi yoki atrofdagi
odamlar sabab turli ruhiyatida turli ichki noroziliklar kelib chiqqan inson
sanaladi. Psixolog esa bu noroziliklarni bilishi hamda ularni bartaraf
etishi lozim. Shuning uchun ham patsient
shikoyatlarini qayd etib,
oxirida ularni umumlashtira olish psixolog faoliyatining muhim
mazmuniy jihatlaridan biridir.
•
Nazorat va faollik darajasini rejalashtirish.
Konsultatsiyani samarali yakunlanishida psixologning nazorati ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ba’zan patsientlar psixologik
muammolarini ayta turib boshqa mavzularga og’ib ketishi,
yoki oraga
kerakmas gaplarni qo’shib konsulatsiya jarayonini cho’zib yuborish
mumkin. Shunday noqulay holatlarni oldini olish uchun ham psixolog
nazorat qilib turishi lozim bo’ladi.