5-MAVZU. KONSULTATIV TA’SIR ETISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
Konsultativ ta’sir texnologiyalari N. Obozov hamda R.
Kochyunans nigohida
2.
Konsultativ ta’sir etish texnlogiyasida verbal hamda noverbal
signallarning roli
3.
Konsultatsiya jarayoniga salbiy hamda ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi
omillar
Tayanch tushunchalar:
Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi,
psixologik tafovut,
verbal signal, noverbal signal, plastiklik,
sezgirlik,
mijoz ustanovkasi.
1
. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi deganda, psixolog
konsultant mijoz bilan psixologik maslahat jarayonida ko’zlangan
maqsadga erishish uchun foydalanadigan
usul hamda vositalar
tushuniladi. Xususan, psixolog N. Obozov ushbu masalaga quyidagicha
yondashadi. U psixolog konsultant faoliyati samaradorligi uchun
e’tiborga olishi lozim bo’lgan jihatlarni sanaydi:
Insonning individual tafovutlariga baho bermasdan aloqa o’rnatish
bo’lib, u quyidagi ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi:
1.
Konsultatsiyaga murojaat qilgan shaxsning emotsional
holatiga nisbatan aniq yondasha olish (ko’p savol bermaslik);
2.
Plastiklikka ega bo’lish bunda
mijozni noqulay holatga
soluvchi mavzulardan tez olib chiqib keta olish tushuniladi;
3.
Psixolog konsultantning emotsional vamin hamda sabr-
toqatli bo’lishi;
4.
Xulq-atvorning umummadaniy qoidalariga amal qilishi
(chiroyli gapirish, jargonlardan foydalanmaslik);
5.
Xulq-atvor doirasida belgilangan vazifalarni boshidan oxiriga
qadar uzviyligini ta’minlay olish;
6.
Nizoli vaziyatlarda inson xulq-atvori bilan bog’liq bo’lmagan
imkoniyatlar haqidagi bilimlarga ega bo’lish.
N. Obozov singari R. Kochyunans ham quyidagi ta’sir texnologiyasi
sifatida psixolog konsultatsiya jarayonida
insonlar bilan munosabatda
chuqur qiziqishni namoyon etishi lozim deb hisoblaydi va ular ichiga
quyidagilarni kiritadi:
- mijoz xulq-atvori hamda ustanovkasiga nisbatan sezgirlik;
- emotsional barqarorlik va obyektivlik;
- shaxsiy tajribaga nisbatan ochiqlik;
- o’z o’zini anglashning rivojlanganligi.
N.V. Somokina psixolog konsultant faoliyatida uchrashi mumkin
tipik xatolarga quyidagilarni kiritadi.
1. Konsultatsiya jarayonida psixolog konsultant o’zini
ko’rsatishga intilishi;
2. Haddan ortiq tabiiylik yoki sun’iylikka yo’l qo’ymasligi;
3. Psixologning foydali maslahatlar berishga intilishi;
4. psixologik konsultatsiya psixologning
monologiga aylanib
qolmasligi;
5. psixolog shaxsiy qiyinchiliklarini mijozga ko’chirishi;
6. psixolog tomonidan patsientni baholanishi;
7. psixolog mijozning muammolarini o’z shaxsiy qiyinchilikari
sifatida kechirishi;
8. juda uzoq davom etgan konsultatsiya
9. psixolog mijoz tomonidan manipulyatsiya
obyektiga aylanib
qolishi.
2
. Psixolog konsultant o’z faoliyatining samaradorligini oshirish
uchun patsient xabar yetkazuvchi verbal hamda noverbal signallarni ham
nazardan chetda qoldirmasligi darkor. Quyidagi jadvalda noverbal
singnallarning umumiy ko’rinishlarini taqdim etamiz.