tahlil etiladi. Shaxsga yo’nalgan konsultatsiyada psixoanaliz yo’nalishi
asoosida maslahat beriladi.
3. Yechimga yo’naltirilgan konsultatsiya. Ushbu psixologik
konsultatsiyada asosiy urg’u mijozning shaxsiy resusrlarini faollashtirish
asosida muammoga yechim topishga qaratiladi. Yechimga yo’naltirilgan
konsultatsiyada patsientga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
- avval ham shu kabi muammolarga duch kelganmidingiz?
- agar duch kelgan bo’lsangiz, siz ularni qanday yengib o’tgandingiz?
- nima deb o’ylaysiz, hech bo’lmaganda, muammoni vaqtincha bartaraf
etishda sizga nima yordam beradi?
- muammoni hal qilishda sizga nima yoki kim yordam bera olgan
bo’lardi?
- so’nggi vaqtlarda muammoyingiz nisbatan kamaydan damlar bo’ldimi?
Bu holat nima sababdan bo’ldi deb o’ylaysiz?
- bu muammolar qachon tugaydi deb o’ylaysiz?
- tasavvur qiling: muammolaringiz hal bo’lganda siz bilan ko’rishib
qolsak va sizdan qiyinchiliklarni qanday yengib o’tganingizni so’rasam,
qanday javob bergan bo’lardingiz?
Yuqoridagi savollar orqali psixolog patsient o’z muammosiga
boshqa tarafdan qaray olish va uni yechish usullarini mustaqil ishlab
chiqishiga erishadi. Bundan tashqari patsientga muammoga yechim
sifatida qabul qilishga o’rgatiladi.