1.
Tahliliy-interpretativ orientatsiya
Patsientning psixologik muammosini tahlil qilishi tarkibini to’g’ri
analiz qila olishi lozim. patsientga muammosi mohiyatini ko’rishga
yordam berishi kerak.
2.
Ratsional-konstruklashgan
orientatsiya.
Psixolog
patsientga
muammosiga ratsional yondasha oladigan darajaga olib chiqishdan
iborat. Bu orqali patsient muammosini mustaqil yecha olishiga
erishish lozim.
3.
Protsessual orientatsiya. Bunda psixolog asosiy e’tiborni patsientning
emotsional holatini sezilarli darajada yaxshilashga qaratadi.
4.
Empatiyaviy orientatsiya. Ushbu psixologik konsultatsiyada psixolog
bilan patsientning emotsional holati juda muhimdir. xususan, Karl
Rojers, Rollo Mey kabi psixologlar konsultatsiyaning ushbu
jarayoniga e’tibor qaratadilar.
5.
Paradoksal orientatsiya. Ushbu konsultatsiyada psixolog o’z xulq-
atvori bilan patsientdagi streotip hamda kutilmalarni olib tashlashi
lozim.
6.
Rekonstruktiv
orientatsiya.
Ushbu
konsultatsiyada
psixolog
patsientning dunyoni subyektiv idrok etish tasvirini yangi tajribalar
asosida tiniqroq, realroq ko’rishga erishishi lozim.
Psixokonsultatsiya hamda psixoterapiyaning o’ziga xos
xususiyatlari bayoni
Psixologik maslahat psixologik korreksiya va psixoterapiya bilan
chambarchas bogʼliq boʼlib, koʼp hollarda
amaliyotchi psixologlar
tomonidan bir-biri bilan chalkashtirib ham yuboriladi. Faoliyatning
ushbu sohalarni bir-biridan ajratish va ularga aniq, mukammal tavsif
berishning oʼzi alohida tadqiqot mavzusi boʼlishi mumkin.
Shuning
uchun ularga qisqacha taʼrif berib oʼtishni zarur deb topdik.
Psixologik maslahat asosan shaxslararo munosabatlar bilan bogʼliq
turli koʼrinishdagi psixologik muammolarga ega insonlar
qiyinchiligini bartaraf etishga yoʼnaltirilgan faoliyat boʼlib, bunda
taʼsir koʼrsatishning asosiy usuli sifatida maʼlum shaklda tashkil
etilgan suhbat tanlanadi.
Suhbat
psixokorreksiya ishlarida ham, psixoterapiyada ham faol
qoʼllanishi mumkin. Biroq, psixologik maslahat eng avvalo mijozning
boshqalar bilan boʼladigan shaxslararo munosabatla-rini tubdan qayta
tashkil etishiga yoʼnaltirilgan boʼlsa, psixokorrektsion yoki
psixoterapevtik taʼsir koʼpincha shaxsning hayotiy qiyinchiliklar va
nizolar asosida vujudga keladigan
chuqur shaxsiy muammolarini
bartaraf qilishga qaratilgan boʼladi.
Аyni paytda “psixokorreksiya” va “psixoterapiya” atamalarini
aniqlashtirishga nisbatan yana bir nuqtai nazar ham mavjud. Unga
koʼra ushbu tushunchalarni ifodalovchi faoliyat bilan shugʼullanishda
faoliyatning oʼziga xos xususiyatlari emas, balki maxsus tibbiy
maʼlumotga egalik hisobga olinishi zarur.
Bu sohadagi yetakchi
ayrim mutaxassislarning fikricha, bunday yondashuv unchalik
maqsadga muvofiq emas, chunki
psixoterapiya nomedikamentoz,
yaʼni dori vositalarini qoʼllamagan holda taʼsir oʼtkazishni nazarda
tutadi . Shu bilan birga “psixoterapiya” (psychoterapy) atamasi
xalqaro termin boʼlib, koʼpchilik mamlakat-larda professional
psixologlar tomonidan olib boriladigan
ishlar usullariga nisbatan
qoʼllanadi.
Biroq,
“psixokorreksiya”
atamasiga
bizning
mamlakatimizda psixologik faoliyatning muayyan yoʼnalishi sifatida
qarash, munosabatda boʼlish shakllanib qolgani sababli, jahon
psixologik amaliyotida qoʼllanayotgan “psixoterapiya” soʼzini ham
birgalikda istifoda etishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.