• Hisoboti Amaliyot rahbari: Abdug’aniyeva Diyora 16-maktab amaliyotchi psixolog rahbari: Usmonova Shohista 16-maktab direktori: Turdiyev J.B
  • 1.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
  • 2.Bajargan ishlar.
  • 3 .Xulosa va takliflar
  • Hisoboti Amaliyot rahbari: Abdug’aniyeva Diyora 16-maktab amaliyotchi psixolog rahbari: Usmonova Shohista




    Download 5.2 Mb.
    Sana26.02.2024
    Hajmi5.2 Mb.
    #162858
    Bog'liq
    Amaliyot hisoboti 2024
    chizma, UzRailways-Ticket-76825222432320, Nitrolash 4, Qovuljonov Javlon Ijodiy talim-4, Azamov Akmal, Документ Microsoft Word, Ishchi dastur, ATEB Mustaqil ta\'lim-2 XAMRAYEV F, Антиқа топишмоқ, 212-карор ЯШИЛ ЧИРОҚ, 41-son Zulfiyaxonim bayonnomasi, xisobot, bulling Soʻrovnoma — копия, --converted-compressed.ru.uz, KentselveKrsalRekreasyonAlanlarnaYnelikKullancTercihlerininBelirlenmesi.tr.uz

    Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
    Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi
    22-12 guruh talabasi Nazarova Shoira Ubaydulla qizi
    2023-2024-yildagi o’quv yilida
    Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
    16- umumiy o’rta ta’lim maktabida
    “4+2” tartibi bo’yicha malakaviy amaliyoti
    Hisoboti

    Amaliyot rahbari: Abdug’aniyeva Diyora
    16-maktab amaliyotchi psixolog rahbari: Usmonova Shohista
    16-maktab direktori: Turdiyev J.B
    Amaliyot hisoboti
    (11.09.23-22.12.23)
    AMALIYOT O’TAGAN TALABA: Nazarova Shoira Ubaydulla qizi
    Mas'ul amaliyotchi psixolog : Usmonova Shohista
    Hisobotning mazmuni:
    1.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
    2.Bajarilgan ishlar.
    3.Xulosa va takliflar.
    1.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
    Men Olmazor tumanida joylashgan 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida 11-sentyabrdan haftada 2 kun “4+2” tartibi bo’yicha malakaviy amaliyotga chiqdim.Bu ta’lim muassasasida menga amaliyotchi psixolog Usmonova Shohista opani rahbarim etib tayinlashdi, va men u yerda faoliyat olib borayotgan amaliyotchi va kasbga yo’naltiruvchi psixologlar ish faoliyatini o’rgandim.
    2.Bajargan ishlar.
    Bu ta’lim muassasasida 1106 nafar o’quvchi ta’lim olishadi va ularga 2nafar psixolog faoliyat olib boradi. Amaliyotim davomida men ularning yuritadigan ish hujjatlati bilan tanishdim. Sentyabr oyida ular asosan Temperamentni aniqlash bo’yicha testlarni o’tqazdik va natijalariga qarab sinfdagi o’quvchilarni 4xil temperament turiga ajratib oldik. Bolalardan olingan natijalar har bir o’quvchining ijtimoiy pasportiga qayd etdim va temperamentiga mos hususiyatlarni ham belgilab oldik. Bundan tashqari 1sinfdan 4-sinflarda meva rasmi orqali temperament sinovini oldik ular mevalarni qaysi ranglarga bo’yashlariga qarab belgiladik.
    Bundan tashqari “ Bizning sinfimiz”, “ Xavotirlanish darajasini aniqlash”, “ Oila”, “Avtoportret”, “ Agar siz hafa bo’lsangiz” kabi qator metodikalarni o’tkazdik va amaliyotchi psihologimiz Shohista opa bilan birgalikda tahlillarini amalga oshirdik.
    “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasini o’tqazish natijalarini tahlil qilganimizda juda ko’plab o’quvchilarda maktab va shaxslararo munosabatdagi foiz ko’rsatkichlari yuqori ekanligini aniqladik va shunga mos treninglar o’tqazish haqida maslahat qildik.
    “Oila” rasmini chizdirish jarayonida o’quvchilarda kuzatish mumkin bo’lgan holatlardan aynan kimni chizishni bilmaganligi, rasmda yuzdagi detallarni chizish mumkin emas deya bosh tortganligini, yokida oilasini o’rniga boshqa biror Hayvon yokida gullarni chizib berishdi. Va bu chizilgan rasmlarda deyarli barcha bolalarda ichki agressiya borligini tahlil qilsa bo’ladi. Bazi o’quvchilar chizgan rasmlarida turli hil emojlarni ifodalash orqali o’zlarini ichki ruhiyatlarini ochib berishgan.
    Bir qator olingan testlar va sinf rahbarlaridan so’rov intervyu orqali savol –javob qilinib, o’quvchilarni 001-006 kodlash bo’yicha butun maktab o’quvchilarni tegishli kodlarga qarab papkalarga joyladik.
    Bu kodlashga :
    001-bo’yicha 6ta o’quvchi (Autodestruktiv xulq-atvorli o’quvchilar) hisobga olindi.
    002 -kodlash bo’yicha 26 ta ( Destruktiv xulq-atvorli o’quvchilar)
    003 -kodlash bo’yicha 18 ta (Emotsional sohasida muommosi bor o’quvchilar)
    004- 62 ta ( Shaxsiy sifatda muommosi mavjud o’quvchilar)
    005- 22 ta ( Shaxslararo muloqotda muommosi bor o’quvchilar)
    006- kodlash judayam ko’plab o’quvchilarimiz ijtimoiy- psixologik muommosi mavjud emas deya belgilab oldik.
    Amaliyot davomida faqatgina testlar va metodiklar emas balki 8-sinfda “ Qaynoq mikrafon” treningini o’tqazdik va unda 17ta o’quvchi ishtirok etdi. Bu trening orqali o’quvchilar o’zlari birga o’qiydigan sinfdoshlaridan so’ray olmagan savollariga javoblar olishdi va bu o’ziga hos sinfdoshlarini bilib anglab olishlari uchun turtki bo’ldi.



    Bu o’quvchimiz bilan alohida korreksion ishlar olib borish kerakligini ko’rishimiz mumkin.



    Bu rasmni tahlil qiladigan bo’lsak ahil oila, buvi va doda oilada ustuni, ada bilan amaki o’zaro ahilligini ko’rishimiz mumkin, lekin oilada hamma tarqoq chizilgan .









    3 .Xulosa va takliflar
    Malakaviy amaliyot davomida maktab psixologining ishining o’ziga yarasha murakkab tomonlari borligini guvohi bo’ldim. Har bir o’quvchi bilan ishlashni o’zi foyda bermasligini uning oila a’zolari ham bu jarayonda asosiy o’rin egallashlari haqida tushunchalar berish lozimligini guvohi bo’ldim. Bolalarning maktabda bo’ladigan turli hil voqea- hodisalarining asosiy negizi yoshlikdan ularga singdirib kelingan cheklovlar sababli bo’lishi mumkinligini o’rgandim.Maktablarda o’tqazilayotgan bazi test va metodiklar hozirgi zamonga mos kelmasligi va ularni o’quvchilar ko’r- ko’rona yechib berishlari natijasida o’quvchilarning haqiqiy muommolarini aniq aniqlab olishga qiyinchilik tug’dirmoqda.Mana shu holatlarni hisobga olgan holda bu metod va metodikalarni qayta ishlab chiqish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
    Download 5.2 Mb.




    Download 5.2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoboti Amaliyot rahbari: Abdug’aniyeva Diyora 16-maktab amaliyotchi psixolog rahbari: Usmonova Shohista

    Download 5.2 Mb.