Ertak tеrapiyasi
.
Pedagog- psixolog ishida keng foydalaniladigan
konsultativ – terapevtik faoliyatlarning yana bir turi ertak terapiyasi
hisoblanadi. Ertak terapiyaning asosiy xususiyati metaforik va o`zgacha
bayon etish uslubiga, tilga ega ekanligidir. Ertakda bayon etiladigan
hodisaning haqiqati to`g`ridan-to`g`ri va tinglovchilar uchun tanish
bo`lgan shaklda emas, balki o`zgacha namoyon bo`ladi. Ertak sehri shu
bilan belgilanadiki, u bir vaqtning o`zida ham ongga (u holda ertak
yorqin xarakterdagi qahramonlariga ega bo`lgan muayyan syujet asosida
ifodalanadi), ham shaxsning chuqur, yetarli darajada anglanilmagan
qurilmalariga (qo`rquv, kechinma, kompleks, ehtiros) qaratilgan bo`ladi.
Kattalar ko`pincha qo`rquv va moyilliklarini oshkor etishga qiynaladilar,
ko`p bolalar esa o`z harakatlari, kechinmalari uchun aybdorlik va
uyalish hissini sezadilar. Ertakda qat'iy axloq qoidalari va aniq o`gitlar
berilmaydi. Bu esa kattalarning bolalar bilan o`zaro munosabatidagi
xatosi hisoblanadi. Ertakda kattalar va bolalar munosabati uchun
umumiy bo`lgan til tug`iladi. Ertak bolalar uchun shunday himoya
muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o`zi va olam haqidagi biror-bir
yangilikni o`z ichki dunyosining aralashuvidan qo`rqmagan holda bilib
olish imkoniga ega bo`ladi.
Ertakni eshitar ekan bola o`zini qahramonlar bilan solishtiradi (u
o`ziga o`xshash qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan qahramonlarni
tanlab oladi). U o`z qo`rquv va kechinmalari orasida o`zini yolg`iz his
etmaydi. Hamda eng asosiysi, ertak qahramonlari qiyinchiliklarni
yengayotganini ko`rib, bolada muammolarni hal etish tajribasi va o`z
kuchiga ishonch paydo bo`ladi.
Ertakning muhim belgisi bo`lib o`zgarish mexanizmi hisoblanadi,
kichkina, kuchsiz, axmoq yoki omadsiz qahramon, ertak so`ngida
kuchli, aqlli, botir va omadli g`olibga aylanadi. Bu o`zgarishlar bolaga
yaxshilanishga bo`lgan umidni yuzaga keltiradi. U doim “Isqirt
o`rdakcha” qachondir albatta go`zal oqqushga aylanishini biladi.
Ertak bilan ishlashning 3 ta asosiy yo`nalishi mavjud.
I. Turli adabiy manbalardagi tanish bo`lgan xalq og`zaki ijodidan
olingan, sehrli, afsonaviy ertaklardan foydalanish. Terapevtik ta'sir
jarayoni ertakning bola bilan birga o`qilishi va tahlil qilinishi bilan
belgilanadi.
Bunda
asosiy
e'tibor
qahramonlar
kechinmalari
qiyinchiliklarni yengishi va muvaffaqiyatga erishishga qaratiladi. Bu
holda terapevtik samara psixologning bola kechinmalarini qay darajada
tushunib yetganligi va tanlangan ertakning bola muammolariga qay
darajada mos kelishi bilan belgilanadi.
II. Terapevt tomonidan har bir konkret vaziyat uchun ertak yoki
terapevtik metaforaning yaratilishi. Bu yo`nalish psixologdan ertak
to`qish jarayoniga to`liq kirishishni talab etadi. Terapevtik maqsadlarda
ertakning yaratilish va qo`llanilish jarayoni quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1. Bolani qiynayotgan muammoni o`ylab chiqing. Uning his-
tuyg`u va kechinmalari “to`lqiniga moslashing”. Mazkur vaziyat bola
nuqtai nazarida qanday qabul qilinishini tushunishga harakat qiling.
2. Hikoyaning asosiy g`oyasini shakllantiring. Bola ongiga qanday
fikrlarni yetkazib bermoqchisiz? Hikoya orqali qanday yechimlarni
taklif etmoqchisiz? Bu yechimlar juda murakkab bo`lmasligi lozim. Bu
yechimlar yangi amaliy va ijtimoiy malakalarni egallashni nazarda tutish
lozim. (do`stlar va oila a'zolarini qo`llash haqiqatni so`zlash, vaqt
hamma narsaga davo ekanligi haqida).
3. Hikoyani bolaning qo`rquv, xavotiri va nizolariga o`xshash
jihatlarga ega bo`lgan qahramonni tanishtirishdan boshlang. Bu bolaga
o`zini hikoya qahramoniga qiyoslash imkonini beradi va uni o`sha
holatga jalb etib, hikoya ishtirokchisiga aylantiradi. Masalan, hikoya
shunday boshlanishi mumkin: “bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir joyda
senga o`xshagan qizcha (bola) yashar ekan...”.
4. Hikoya qahramonining bolaga o`xshash bo`lgan kuchli va ijobiy
sifatlarini eslatib o`ting. Bolalar o`z muammosiga bog`lanib qolishsa,
ular faqat yomon narsalarni o`ylab, o`zlarining kuchli tomonlari va
sifatlarini unutib qo`yadilar.
5. Shunday syujet chizig`ini ishlab chiqish kerakki, u o`z ichiga
quyidagi asosiy elementlarni kiritishi lozim:
Bola muammosiga mutanosib metaforik nizo;
Bola imkoniyatlari va qobiliyatlarini ifodalovchi timsollar,
ular bosh qahramonning do`stlari va yordamchilari obrazida bo`lishi
kerak, qo`rquv va ishonchsizliklari dushmanlar va turli xil to`siqlar
obrazida bo`lishi kerak.
Metaforik inqiroz, uning natijasida bosh qahramon barcha
to`siqlarni yengib g`olib bo`lishi kerak.
Qo`lga kiritilgan g`alaba natijasida qahramon o`zidagi yangi
sifatlarini anglashi;
G`alaba tantanasi, unda qahramon harakatiga yarasha
taqdirlanadi.
6. Hikoyada sirli, kutilmagan va kulguli elementlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
7. Oddiylikka intiling. Siz tomondan qo`llanilayotgan til va lug`at
bola tili darajasiga moslashtirilishi, hikoya hajmi (davomiyligi) esa bola
diqqatining turg`unlik darajasiga mos bo`lishi lozim.
8. Bolaning hikoyaga to`liq berilgan hamda uning uchun zerikarli
vaqtga e'tibor bering. Uning yuz ifodasiga qarab, tinglayotgan
hikoyasiga bo`lgan munosabatni aniqlash mumkin.
9. Agar bola hikoya parchalarini ta'riflab, uning mazmuni bo`yicha
savollar bersa, buni e'tibordan chetda qoldirmang. Bular bolaning ichki
dunyosiga,fikrlar ummoniga nazar tashlash imkonini beradi.
10. Agar bola siz taklif etgan yechimga kelib, u esa hech qanday
natija bermasa, hechqisi yo`q. U nima qilganini, nima o`xshamaganligi
hamda bu aslida qanday bo`lishi kerakligini o`ylab ko`ring. Shundan
so`ng bolaga, harakati samara bermagan qahramon haqida so`zlab
bering, qahramonning irodasini e'tirof etib, uning yana harakat
qilganligini va oxir oqibat u o`z qiyin holatidan chiqib ketish yo`lini
topganini aytib bering.
11. Siz hikoyachi sifatida ham, sizning hikoyangiz ham mukammal
bo`lmasligi mumkin. Nutqingizdagi kamchiliklardan uyalmang, hikoya
davomida
o`z
xato
yoki
kamchiligingizni
yozib
qolsangiz,
shoshilmasdan uni taxminan quyidagicha to`g`rilab keting: “O, sal qolsa
esimdan chiqib qolay dedi, u bir o`zi emas, dugonasi bilan ketayotgan
edi” va h.k.
III. Bolani ertakni yaratish va ijro etishga yo`naltirish. Ba'zida
bola turli bahonalar bilan hikoya to`qishdan bosh tortadi (men
bilmayman, qilolmayman, yaxshi bajara olmayman, buni hech qachon
qilmaganman). Bu holatda boladan taniqli ertakni so`zlab berishni
so`rash mumkin (M: Bo`g`irsoq, Zolushka, Qizil qalpoqcha va h.k.)
So`ng uning syujeti, voqea joyi, vaqti, qahramonlar xarakterini
o`zgartirib, boshqa shaxs nomidan so`zlab berishni so`rash kerak. Bola
ertakni to`qish yoki ijro etish vaqtida u faqatgina ertak voqealarini
boshidan kechiribgina qolmay, balki his-tuyg`ularni ham namoyon etadi.
O`smirlar bilan ishlashda ertak terapiyasidan foydalanishda ularga
faqatgina ertaklargina emas, balki fantastik voqealar, stenariylar,
reklama roliklari, multfilmlar, komplekslar va h.k.larni o`ylab topishni
taklif etish mumkin.
|