Tayanch tushunchalar:
altruizm, korreksion ta’sir
mexanizmlari,
katarsis, qaytarma aloqa, empatiya.
Korreksion ishning maqsadlarining qo‘yilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri
psixik rivojlanishning nazariy modeli bilan bog‘lik.
Korreksion maqsadlar qo’yish sohasida uchta asosiy yo‘nalish
belgilangan:
1. Rivojlanishning ijtimoiy holatini faollashtirish, yaxshilash.
2. Bolaning faoliyat turlarini rivojlantirish.
3. Yosh-psixologik yangilanishning shakllanishi.
Korreksion ishning texnikasi va usullarini tanlanishi uning
maqsadlari bilan aniqlanadi.
Maqsadlarni aniqlashda kuyidagi qoidalarni hisob olish kerak:
1.Korreksiya maqsadlari negativ shaklda emas, pozitiv shaklda
tuzilish kerak. maqsadlar aniqlanishi “emas” so‘zi bilan tuzilmasligi
lozim, taʼqiqlovchi xarakterga ega bo‘lishi
mijozni rivojlanishini
imkoniyatlarini tashabbuslarini chegaralovchi bo‘lishi
mumkin
emas.
Korreksiyaning maqsadlarini aniqlashning
negativ shakli
tuzatish
kerak bo‘lgan xulq-atvor xususiyatlarning taʼrifidan iborat.
Pozitiv shakli
mijozda shakllanishi kerak bo‘lgan xususiyatlarni o‘z
ichiga oladi.
2. Korreksiya maqsadlari real tuzilishi kerak. Agar maqsadlar real
holatdan uzok tuzilgan bo‘lsa, unda psixokorreksion dastur foydadan
ko‘ra shaxsga katta zarar keltirishi mumkin.
3. Umumiy maqsadlar qo‘yilganda shaxs voyaga yetishining
yaqin
va o‘zoq rivojlanishini hisobga olish kerak. Nafaqat shaxsni korreksiya
tugagan vaqtidagi ko‘rsatkichlari, balki keyingi vaqtda bo‘ladigan
rivojlanish bosqichlaridagi o‘zgarishlarini ham qamrab olish kerak.
4. Esda tutish kerakki Korreksion ishning samarasi ancha o‘zoq vaqt
davomida namoyon bo‘ladi: Korreksion ish jarayonida uning tugashida;
va, nihoyat, taxminan yarim yil o‘tgandan keyin Korreksion ishning
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi xaqida gapirish mumkin.
Korreksion ishning texnikasi va usullarini tanlanishi uning maqsadlari
bilan aniqlanadi.