9-MAVZU. PSIXOLOGIK KONSULTASIYANING MAXSUS
MUAMMOLARI
Reja:
1.
Yig’loqi hamda isterik mijoz bilan konsultatsiya o’tkazish
texnikalari
2.
Kompulsiv hamda yo’qotishni boshidan kechirgan mijozlar bilan
konsultatsiya
3.
Fobiyasi mavjud mijozlarga psixologik yordam ko’rsatish usullari
Tayanch tushunchalar:
isterik shaxs, kompulsiv mijoz, fobiya,
yig’loqi mijoz, tizimli desensibilizatsiya, sotsiofobiya, ruhiy zo’riqish.
Psixologik maslahat murakkab jarayon bo’lib, psixologdan o’ziga
yarashat tajriba, malaka hamda ko’nikmalar talab etadi. Psixolog amaliy
faoliyati jarayonida turli tipdagi mijozlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi.
Psixologik maslahatni samarali tashkil etishda
psixolog mijoz tiplari
hamda ularning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini
bilgan holda ish
olib borishi ayni muddaodir. Quyida turli
tipdagi mijozlar hamda
ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.