og’zidan ko’p miqdorda qon kelganini ko’rgan farzandda qondan
qo’rqish fobiyasi (gematofobiya) paydo bo’lgan bo’lishi mumkin.
Bugungi
kunga kelib, fobiyalarning 350dan ortiq turi mavjud bo’lib,
ularni umumiy ravishda 3 katta guruhga ajratish mumkin:
1. Maxsus fobiyalar. Ular aniq bir predmet yoki hodisa bilan
chegaralangan bo'ladi. Hayvonlar va hasharotlarning ma'lum bir turidan,
balandlikdan, qorong'ulikdan, momaqaldiroqdan, samalyotda parvoz
qilishdan, qondan qo'rqish kabi fobiyalar kiradi.
2. Sotsiofobiya. Bunda odam kishilar bilan
muloqotni talab qiluvchi
vaziyatlardan qo'rqadi. Ya’ni shaxs fobiyasi jamiyat bilan bog’liq
bo’ladi. Omma oldida nutq so'zlash, telefonda notanish odam bilan
suhbatlashish, bazmlarda qatnashish, xorijiy tildagi so’zlarni xato
talaffuz qilishdan qo’rqish kabilar vahima uyg'otishi mumkin. Sotsial
fobiyaning asosida kamsitilishdan qo'rqish va uyatli vaziyat sodir
bo'lishidan qochish qo’rqish yotadi.
Sotsiofobiya shaxslararo
munosabatlar o'rnatish, ishlash va o'qish jarayonida kuchli to'siq
bo'lishi mumkin. shuning uchun ham sotsiofobiyasi mavjud odam
psixologga murojaat etib, o’zidagi qo’rquvni yengib o’tishi foydadan
holi bo’lmaydi.
3. Agarofobiya. Bunda odamlar uyidan chiqishdan qo’rqadilar. Ya’ni
o’z uyidan boshqa hamma joyda o’zini xavfsiz his qila olmaydilar.
Ushbu fobiyaga chalinganlar ommaviy joylar, transportlarda bo'lish,
yolg'iz sayohat kabilardan vahimaga tushadilar.
Odam fobiyani boshidan kechirayotgan chog’ida uning organizmida
fiziologik o’zgarishlar ham kuzatiladi. Ularga
quyidagilarni kiritish
mumkin:
-Yurakning tez urishi (taxikardiya);
- Bosh aylanishi;
- Tremor (qaltirash);
- Terlab ketish;
- Qorin yo boshda og'irlik his qilish;
- Og'iz va tomoqning qurib ketishi;
- Bosh og'rig'i.
Shunday vaziyatlar bo’ladiki, inson fobiyasi uning normal hayot
kechirishiga halaqit berishi mumkin. Shunday vaziyatlarda patsient
psixokonsultatsiyaga ehtiyoj sezadi. Psixokonsultatsiyada fobiyali
mijozlar bilan ishlashda "Tizimli desenzibilizatsiya"
metodi keng
qo’llanadi. Masalan, kimningdir biror hayvonga nisbatan fobiyasi bor.
Avval unga o’sha hayvonning suratlari va videolarini ko'rishga
o'rgatiladi. Keyin uzoqdan turib tomosha qilish malakasi shakllantiriladi.
Asta-sekinlik bilan shu hayvonga yaqinlashish va undan qo'rqmaslik
malakasi hosil qilinadi. Boshqa turdagi fobiyalarda ham aynan shu
uslubdan foydalaniladi. Masalan, omma oldida gapirishdan qo’rqadigan
odamga, avval oyna oldida keyin yaqin insonlari qarshisida ma’ruza
qilish malakasi shakllantiriladi. Sekin-astalik bilan tinglanadigan
auditoriya kengaytirib boriladi. Shu tariqa bosqichma-bosqich ravishda
sotsiofobiyadan xalos etiladi.