Korreksion taʼsir qilishda kasbiy tayyorgarlikning asosiy
komponentlari
.
1. Nazariy komponent – Korreksion ishlarning nazariy asosini
bilish.
2. Amaliy komponent – aniq korrektiv metod va metodikalarni
bilish.
3. Shaxsiy tayyorgarlik – psixologning shaxs muammolarini
psixologik ishlarda bilishi kerak. Bu metodlar bilan qanday ishlashni
bilishi kerak.
Korreksion ishni alohida olib boruvchi psixolog, tayanch
fundamental tayyorgarlikka ega bo‘lib, Korreksion taʼsir eta olish
metodlarini bilishi kerak.
Nazariy komponent asosida quyidagilar nazarda tutiladi:
psixologik taraqqiyot ontogenezi, psixologik taraqqiyot bilimlarini bilim
va taraqqiyot orasidagi o‘xshashlik va farqlari, asosiy nazariyalar
haqidagi bilimlari, shaxsning tip va modeli, guruhlarning ijtimoiy-
psixologik farqlanish bilimlari, zaruriy bilimlar.
Professional tayyorgarlikda 3 ta asosiy yondashuv bo‘lishi
mumkin:
1) Bir nazariyaga tayanib ishlash, bir xil yondashuv;
2) Eklektizm – turli nazariyalarga yondashish;
3) Umumiy yondashuv.
Bir xil yondashuvga tayanish - predmetga chuqurroq kirishga,
amaliy va nazariy bilimga mukammal ega bo‘lishga, lekin shu bilan
birga baʼzi bir cheklovlarni ajratadi.
Eklektizm – bunda psixolog xar xil nazariy va amaliy
bilimlardan foydalanadi. Bunday mutaxassisning ishi samaraliroq
bo‘lishi mumkin (asosan boshlang‘ich bosqichda) lekin u vaqt
o‘tib tayanch bilimlari kamlik qilgani uchun kamchiliklarga duch keladi.
Umumiy «kontintual» yondashuv – bu professional
yondashuv bo‘lib, bunda mutaxassis bir nazariyaga yondashib
hammasini o‘rganadi, professional fundamentga ega bo‘ladi, nazariy
bilimini oshirib boradi, bunday professional nazariyaning konseptual
tasavvuriga ega bo‘lgan xolda yondashuvni boshqa amaliy bilimdan
olishi mumkin.
Tayyorgarlikning amaliy komponenti.
Aniq metod Korreksion metodikalarni egallash bilan aniqlanadi.
Oxirida «yonish sindromi»ni olish mumkin. Bu sindrom har xil kasb
egalari, insonlar bilan ishlovchi
shaxsiy kuch-quvvat, idrokini
ishlatuvchi mutaxassislarda uchraydi.
Bunday sindromga quyidagilar misol bo‘la oladi:
Mutaxassisning shaxsiy yechilmay qolgan muammolari, qo‘llab-
quvvatlashning yuqori va quyiligi, motivatsiyasi past guruhlar bilan
ishlash, ishlash samaradorligining pastligi, yangiliklarga intilishiga
imkon berilmasligi, professional bilimlarining sir saqlanishi va oshkor
bo‘lishidan qo‘rqish, qachonki bu metodlar tasdiqlanmagan bo‘lsa,
shogird va mijoz qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaganda, mutaxassisning ish
tajribasini o‘rgatish va targ‘ib etishga yo‘l qo‘yilmaganda.
Bu sindromning profilaktik oldini olishda quyidagilar nazarda
tutiladi. Ishining javobgarlik hissini his qila olishi, mukammal
professional tayyorgarlik, shoshilmasdan bilim to‘plash va o‘zi uchun
hayotda va ishda yutuqlarga erishish uchun imkon berishi kerak.
Mutaxassis hayotda yutqiza olishni ham tan olishi kerak,
chunki hamisha ishlar yutug’li bo‘lavermasligini, yechimi murakkab
holatlar bo‘lishi mumkinligini anglashi lozim.
Har bir psixologda umumiy va shaxsiy maxsus usullari
bo‘lishi mumkin.
Umumiylari:
- o‘z fikr-mulohazalarini erkin ayta oladigan har bir psixolog o‘z
mijozlarida yomon yoki saqlanib qoluvchi kayfiyatni bartaraf qila olishi
mumkin. Shuning uchun erkin o‘zini his qilish juda muhim.
- o‘z xohishi-istagini bajarish, ko‘p psixologlar bo‘lishi kerak, shart
degan qoida bilan ishlaydilar. Psixolog faoliyatida mukammal ishlashi
uchun o‘z xohishlari bo‘lishi, bajarilishi, ko‘pincha dam olishi, yakka
qolishni xohlaydi.
Agar psixolog affekt holatida bo‘lsa u affektdan qutulmoqchi
bo‘lgan mijozga yordam ko‘rsata olmaydi. Agar psixologning irodasi
mustahkam bo‘lmasa, iroda bo‘yicha qilingan Korreksion ishlari hech
qanday natija bermaydi. Agar kattalar o‘zlarini baxtsiz va yakkalangan
sezsalar, ular farzandlarini baxt va sevgi hislari tuyg‘ulari bilan
tarbiyalay olmaydilar.
Korreksion ta’sir mexanizmlarining batafsil bayoni I.Yalom
(1970-yil) va S.Kratoxvil (1978-yil) ilmiy izlanishlarda o’z aksini
topadi.
I.Yalom
(1970 yil) korreksion ta’sir mexanizmlariga
quyidagilarni kiritadi:
1. Axborot haqida xabar berish. Ushbu mexanizmda psixolog olib
boradigan korreksion faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lish uchun
umumiy ma’lumotlar oladi. Ya’ni patsient xulq-atvorining o’ziga xos
xususiyatlari, psixik salomatlik holati, yuzaga kelgan og’ish
holatlarining sabab hamda oqibatlari shular jumlasidandir. Umumiy
tarzda bu jarayonda psixolog hamda patsient o’zaro axborot almashadi.
2. Umid uyg’otish. Bunda psixolog patsient muammosisini yecha
olishiga ishontirishi hamda yaxshi natijalarga erishishiga shijoatlantira
olishi talab etiladi. Umid uyg’otish korreksion mexanizmida psixolog
o’z malakaviy tajribasidan kelib chiqib, patsientga boshqa shu kabi
holatlar,
psixologik
og’ishlarga
duch
kelgan
odamlarning
muvaffaqiyatlari haqida gapirib berishi yaxshi samara beradi.
3. Qayg’uning universalligi mexanizmi. Bunda psixolog patsient
yolg’iz emasligi, boshqa insonlar ham shu va shunga o’xshash holatlarga
duch kelib, ularni mardonavor yengib o’tganini tushuntirish bilan
xarakterlanadi. Korreksion ta’sir mexanizmlarining bu ko’rinishi
patsientning o’ziga beradigan bahosini oshirib, unga hayotiy energiya
berishga ko’maklashadi.
4. Altruizm. Korreksion mexanizmning ushbu turi ko’pincha
guruhiy psixokorreksiyada keng qo’llanadi. Guruh a’zolari o’zaro bir-
birlariga yordam berish orqali o’zlarini yaxshiroq his etadilar.
5. Oilalarni guruhiy tuzatish. Ushbu korreksion mexanizm guruhiy
o’tkazilib, patsientlar turli psixologik muammolar, ruhiy kechinmalarni
topadilar hamda ularni hal etish yo’llarini ishlab chiqadilar.
6. Shaxslararo muloqot texnikasini rivojlantirish. Bunda patsient
o’zining boshqa odamlar bilan noadekvat munosabatini tahlil qilish
hamda tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
7. Taqlidiy xulq-atvor. Bunda patsient namunali xulq-atvor shaklini
psixolog yoki guruhning boshqa ibratli a’zolariga taqlid qilish orqali
o’zlashtiradi. Qayd etish lozimki, ushbu mexanizmni juda oz psixologlar
maromiga yetkazib amalga oshiradi.
8. Shaxslararo ta’sir. Bunda patsient “men” obrazini boshqa
shaxslardan o’zi haqida ma’lumot olish, qaytarma aloqa asosida
kengaytiradi.
9. Guruhiy hamjihatlik. Unda guruh a’zolari o’zaro jipslashadi. Bir-
birini tushunish holati yuzaga keladi.
10. Katarsis. Bunda patsient emotsional bosim hamda salbiy
hissiyotlardan forig’ bo’ladi.
S.Kratoxvil
(1978-yil)
korreksion ta’sir mexanizmlarini
quyidagicha tasniflaydi:
Emotsional dalda, o’z-o’zini boshqarish, qaytarma aloqa, korrektiv
emotsional tajriba, yangi xulq-atvor usulini o’zlashtirish, axborot olish,
ijtimoiy malakalarni shakllantirish.
Korreksion ta’sir mexanizmlari patsientni o’zini-o’zi anglashi,
shaxslararo munosabatlar yaxshilashishi, yangi xulq-atvor usullari
shakllanishiga ko’mak beradi.
|