Kompulsiv mijozlar bilan konsultatsiya




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/95
Sana22.09.2024
Hajmi3,81 Mb.
#271960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Bog'liq
l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb

Kompulsiv mijozlar bilan konsultatsiya
Osonroq aytganda istalmagan fikrlar yoki harakatlardir. Bunday 
odamlar odatda eshikni qulflagani, chiroqni o’chirgani haqida shubha 
qiladi, har doim nimanidir tekshirdi, yog’ochni taqillatadi, irimlarga 
ishonadi, kanalizatsion lyuk qopg’og’ini bosishdan qo’rqadi. Odamlarga 
yoki xo’jalik buyumlariga teginishdan haddan ziyod qo’rqish holatlari 
ko’p uchrab turadi. Bunday fikrlar (obsessive) xavotir paydo qiladi, 
takrorlanaveradi 
va 
reallikday 
qabul 
qilinishni 
boshlaydi.


Odamning hayoti qo’rqinchi tushga aylanadi. Masalan, bir patsient 
tushlik vaqtigacha infeksiyanmaslik uchun 60marta qo’lini yuvishi, lekin 
baribir qo’rqib ovqatlanmasligi mumkin. Ushbu toifadagi mijozlar 
o’zlari ixtiyor etmagan holda turli o’y-fikrlarga bog’lanib qolishadi.
E’tibor qaratish lozim bo’lgan jihati shuki, ular bu fikrlardan iroda kuchi 
sarflab mustaqil ravishda qutula olamydilar. Kompulsiv mijozlarni 
quyidagiga o’xshash holatlar bezovta qiladi: 
1.
Nohush tuyg’ularga berilib qolishi natijasida ortiqcha diskomfort 
kelib chiqadi. 
2.
Hech qanday amaliy ehtiyojlarga bog’liq bo’lmagan holdagi 
vaziyatlarga nisbatan bog’lanib qolish yuzaga keladi; 
3.
Nohush fikr hamda xatti-harakatlar natijasida inson organizmida 
somatic buzilishlar paydo bo’ladi. 
Xorijiy psixologlarlardan Nayl kompulsiv shaxslarga xos bo’lgan bir 
qator xususiyatlarni keltiradi: 
4.
Kognitiv rigidlik. Ya’ni kompulsiv mijozlar hayotni real idrok 
etishda qiyinchilikka duch keladilar shuning uchun ham olam 
haqidagi qarashlarida dogmatik xarakter mavjud bo’ladi.
5.
Dam olish, xotirjamlikka erisishlari mushkul bo’ladi. har doim 
o’zlarini ortiqcha zo’riqishlar qurshovida his etadilar; 
6.
Doimiy ravishda ish bilan band bo’lishga intilishadi. Chunki 
bandlik ularga nohush o’y-xayollardan qochish imkonini beradi; 
7.
Qaror qabul qilishda ishonch hissi yetishmaydi; 
8.
Ko’p holatlarda asosiy voqelikdan yanglishadilar. 
Psixolog konsultant shu toifadagi shaxslar bilan ishlayotganda, 2 asosiy 
jihatga alohida e’tibor qaratishi lozim: 


9.
Mijozning kechinmalarini to’liq ifoda etishiga ko’mak berishi; 
10.
Psixolog aynan mijoz uchun tajriba sinov vazifasini o’tovchi 
subyekt bo’lishi talab etiladi.

Download 3,81 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish