shikoyat qilishga sarflaydi, yangi yechim va imkoniyatlarni qidirishga
emas.
Buning to’lovi esa o’zining zaif ekanligi va boshqalar uning ojizligidan
foydalanib har doim ekspluatatsiya qilishiga bo’gan ishonchdir.
Oxiri Jabrdiyda o’zining Qutqaruvchilariga teskari o’girilib olib, ularni
Zolimday ko’radi. Shunga qaramay Jabrdiydalik hissi doim qoladi.
Jabrdiydaga xos bo’lgan xususiyat – o’ziga mas’uliyat olmaslikdir. U
o’zining mustaqil hayot kechira olmasligiga
ishonadi va har doim
Qutqaruvchini qidiradi, shuningdek Zolim(Agressor)ni ham o’ziga jalb
qilishi mumkin, chunki ongosti darajasida o’zining passiv holatidan
chiqishni istamaydi, chunki o’z hayotiga bo’lgan mas’uliyatni o’z
bo’yniga olishni istamaydi. Agar jabrdiydaga
muammosini hal qilish
uchun maslahat berilsa, u buni birdan inkor qiladi, chunki o’z
muammolarining hal bo’lishini ilojsiz deb biladi. Mas’uliyatdan
qochganligi uchun jabrdiydalar ko’pincha turli qaramliklar: alkogol,
narkotik, haddan ziyod ovqatlanish va shu kabilardan aziyat chekladi.
Bu ham o’zini kimningdir ( odatda – Qutqaruvchining) qo’liga
topshirish, o’ziga g’amxo’rlik qilishdan qochishning bir yo’lidir.
Jabrdiyda
roli
shaxsning
bosqichma-bosqich
degradatsiyaga
uchrashini ta’minlaydi, chunki u mas’uliyatni o’z Qutqaruvchisining
zimmasiga yuklaydi va to’laqonli hayot kechirishdan bosh tortadi.
Zolim
(Agressor)
Zolim – tanqid qiladi, bosim o’tkazadi, Jabrdiydani azoblaydi va ayni
vaqtda Jabrdiydaning bechoraligini va doim xato qilishini ta’kidlaydi.
Biroq
Zolim
verbal
bosim
bilan
kuchni
farqlolmaydi.
“Sen hech qachon…”, “Qanday bunchalik ahmoq bo’lish mumkin?”
degan gaplarni ko’p ishlatadi.
Zolim xulq-atvoriga xos bo’lgan asosiy xususiyat – u doim ochiqdan-
ochiq Jabrdiydasiga hujum qiladi. Buning to’lovi shuki,
u verbal
majburlash va bosim o’tkazishsiz ish bitira olmasligiga ishonchdir.
Oiladagi zo’ravonligini asoslashda Zolim er quyidagi fikrga ishonadi:
“Mening
vazifam
–
dars
berib
qo’yishdir”.
Oxir-oqibat Zolim, uni boshqalarning xatosini tuzatish uchun Zolimga
aylantirgan qandaydir tizimning Jabrdiydasi bo’lganligini his qilishi
mumkin.
Zolim uchun boshqalar
ustidan hukronlik qilish, Jabrdiydani ustidan
dominantik qilish, boshqa odamlarga hujum qilish xos. Odatda
bolaligida zo’rlik, qiynoqlarga uchragan bolalar ushbu rolni o’ynaydi.
Ongosti darajasida bunday odamlar chuqur uyat hamda ilojsizlik hissini
tuyishadi, boshqalarni ta’qib qilsh orqali bu hisni yashirishga intiladi.
Ular shuningdek boshqalarga azob bergani uchun mas’uliyatni bo’yniga
olishni istamaydi, chunki odamlarning o’zi shunday munosabatga loyiq
deb hisoblashadi. Aql o’rgatish,
tahdid qilish, qo’rqitish, ko’p sonli
dakkilar va ochiq konfliktlar – Agressorning kundalik xatti-
harakatlaridir.
Zolim o’zining xulq-atvori bilan o’zining
arzimas odam ekanligini
boshqalarga proyeksiyalab, kompensatsiya hosil qilishga intiladi.
Bunday odamlar o’zini jabrdiyda his qilib,
aslida kim ekanliklarini
anglamaydilar. Zolim uchun xos bo’lgan davriylik: “Men shunchaki
sizga yordam bermoqchi edim (Qutqaruvchi), siz esa menga hujum
qildingiz (Jabrdiyda), men esa o’zimni himoya qilishimga to’g’ri
keldi
(Zolim). Shuni qayd etish lozimki, bu roldan chiqish hammasidan oson,
chunki Agressorning xatti-harakatlari ochiq destruktiv tabiatga ega.