Albert Ellis fikriga ko’ra irratsional fikrlardan xalos bo’lish uchun
ularni parchalash lozim ekan. Ana shunda inson o’zida
kutilgan xulq-
atvorni shakllantira olar ekan. O’rinli savol tug’ilishi tabiiy. Irratsional
fikrlarni qanday qilib parchalash mumkin?! buning uchun shaxs o’zidagi
irratsional fikrlarni ratsional ishonchlarga aylantirishi lozim. masalan,
hamma meni yaxshi ko’rishi lozim, bo’lmasa
men noqulay ahvolga
tushaman qabilida emas hamma meni yaxshi ko’rmasa ham o’zimni
yaxshi his qilaveraman yo’sinida fikrlashga odatlanishi lozim.
Sotsial psixoologik treninglarda qatnashayotgan turli yoshdagi
a’zolar ham tafakkur tarzida mavjud bo’lgan
shu kabi irratsional
ishonchlar sabab turli psixologik muammolar bilan to’qnashadilar.
Shuning uchun ham bugungi kunda psixologik treninglarda trener
tomonidan
ratsional
emotiv
terapiya
g’oyalaridan
samarali
foydalanilmoqda.
Natijada, trening ishtirokchilarida shaxsda shakllanib