Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiya




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/95
Sana22.09.2024
Hajmi3,81 Mb.
#271960
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb

3.3.Transakt tahlil 
Transakt tahlil amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern 
tomonidan ishlab chiqilgan. U psixoanaliz (tahlil) g'oyalarini 
rivojlantirib, nazariy psixologiya va psixoterapevtik amaliyotdagi o’ziga 
xos yo'nalishlardan biri— «transakt tahlil»ga asos soldi. Bu tahlilga 
ko'ra, shaxsda uch EGO holati mavjud u 3 qism - bolalik, ota-onalik, 
yetuk odamdan iborat. 
Erik Bern fikricha, inson shaxslararo munosabatlarda, umuman 
hayotining har bir jabhasida, ushbu holatlardan birida bo’ladi. Insonlar 
o'rtasidagi muloqot jarayonida turli signallar almashinishi natijasida ego 
holatlari o’zaro almashinib turadi. Signallarning almashinishi
transaksiya deyiladi. Transaksiya jarayonini qisqa qilib, ya’ni
muloqotga kirishayotgan individlar EGO holatlarining o'zaro ta’siridir 
deyish mumkin. insonda biror xatti-harakat, xulq-atvorini namoyon 
qilishida rol o’ynagan stimullar javob transaksiyalardan iborat bo’ladi.
E.Bernning transakt tahliliga ko'ra insondagi uchta «MEN» 
mavjud bo’lib, quyida ularga xos bo’han xususiyatlarni ochib berish 


natijasida, o’zaro farqi va qanday holatlarda namoyon bo'lishini ochib 
berishga harakat qilamiz.
I.
bolalik (B)
— bo'ysunuvchi, mas’uliyatsiz, spontan reaksiyalarni 
namoyon etuvchi, nazoratsiz faolligi yuqori bo'lgan ego. Ushbu 
holatdagi odam o'z kechinmalarini so'zlar bilan emas, balki hissiyotlar 
bilan namoyish etadi. 
Bu holatning jismoniy belgilariga yig'lash, qaysarlik, ming'irlash, 
qo'rquvdan cho'chib tushish, yelka qisish, masxara qilish, kulish, biror 
narsa deb aytish uchun qo'l ko'tarish, uyalish, burun tortishni kiritish 
mumkin.
Bolalik holatida inson nutqida «xohlamayman», «qilmayman», 
«men katta bo'lganimda.», «hammadan ko'p», «eng yaxshi» kabi 
iboralardan foydalanadi. Yetuk odam esa “men katta bo'lganimda” 
iborasini “men boyib ketganimda” shaklida ifodalaydi. Bola holatidagi 
ego so’roq olmoshlari «Nega? Qachon? Qayerda? Kim? Qanday?» 
savollardan ko’p foydalanadi. Ushbu savollarning muntazam berilishi 
bolada kattalik holati uyg'onayotganligini ham ko'rsatadi. 
Shartli ravishda bolalik holatini quyidagicha bo’lish mumkin: 
1.
Tabiiy bolalik “men”i. bunda xursandchilik, qayg’u kabi holatlarga 
javob reaksiyalar sponatan tanlanadi. Bu asosan ilk bolalik davriga 
to’g’ri keladi.
2.
moslashuvchi bolalik «men«i. bunda tafakkur rivojlanishi 
natijasida bola atrof-muhitdagi holatlarga oz bo’lsa-da moslashadigan, 
ba’zi xatti-harakatlari uchun aybdorlik his qiladigan bo’ladi. shu bilan 


birga biror xatti-harakatni bajarishda ikkilanish, tanlov kabilar 
kuzatiladi.
3.
Norozilik qiluvchi bolalik «men» (qaysarlik, qarshilik qiluvchi). 
Bunda ego o’z xohish-istagini qondirish uchun g’alayon ko’taradi. 
Noroziliklarini jahl, baqirish, yig’lash kabi usullarda namoyon qiladi.
II. Ota-onalik holati (O) — butun mas’uliyatni o'z zimmasiga 
oluvchi, talablar va shart qo'yadigan, nazorat o'rnatadigan holat.Bu 
holatning jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko'rsatkich barmoqni 
yuqoriga ko'tarish, qo'llarni ko'krakda chalishtirish, «uf» tortish, 
suhbatdosh yelkasini qoqib qo'yish.Ota-onalik holatidagi kishi ko'pincha 
quyidagi so'zlardan foydalanadi: «yaxshilab miyanga quyib ol», «hech 
qachon.», «unutmagin», «qancha gapirish kerak», «qani qo'lingni 
tekkizib ко'г-chi» (doim, hech qachon, mumkin, mumkin emas so'zlari 
ota-onalik holatidagi kishi tomonidan ko'p ishlatiladi).Baholovchi fikrlar 
— qoralash, maqtash ma’nosidagi fikrlar («ahmoq», «jinnivoy», 
«erkatoyim», «bechoragina» kabi) ota-onalik holatidagi kishiga xos.Ota-
onalik holati quyidagilarga bo'linadi: mehribon ota-onalik «MEN»i 
(yordam beruvchi, to'g'rilovchi, ovutuvchi), tanqidchilik «MEN»i 
(tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo'rqituvchi).Katta odam holati (K) 
— vaziyatni inobatga ola biladigan, boshqalarning manfaatlarini ham 
e’tibordan chetda qoldirmaydigan, mas’uliyatni o'zgalarning va o'zining 
o'rtasida adolatli taqsimlay oladigan holat.Bu holatning jismoniy belgisi: 
tinglayotganda yuz,ko‘z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada 
ko‘zlar pirpirashi).Bolalik holatiga xos qiziquvchanlik va berilib ketish 
ham katta odam holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin.Katta kishi 
holatidagi inson ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «nima 


uchun?», «kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimcha», 
«mening tushunishimcha» (masalan: «mening fikrimcha, yoshlar 
kattalarni hurmat qilishlari kerak, shart»).E.Bern fikricha, shaxsning 
yetukligi 
insonda 
katta 
odam 
EGO 
holatining 
qanchalik 
shakllanganligiga bog'liq bo'ladi.Transakt tahlilga ko'ra, muloqot 
davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi nuqtyai 
nazarda turib kontaktga kirishadilar.Ayrim transaksiyalar ijobiy 
munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib keladi.Transaksiyalar 
quyidagi turlarga bo'linadi: parallel transaksiyalar — stimul transaksiya 
va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib 
«bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik»ka 
javob qaytarish); kesishuvchi transaksiya — stimul transaksiya va javob 
transaksiya kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» 
holatiga murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik»ka javob 
qaytarishi); yashirin transaksiya — bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor 
bilan bog'liq bo'lmagan transaksiyadir.Sirti «yaltiroq» bo'lgan jismoniy 
belgilar, so'zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday 
transaksiya ro'y beradi.Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO holat 
munosabatga kirishishi natijasida ro'y beradi.Muloqot pozitiv (ijobiy) 
tugallanishi uchun transaksiyalar parallel bo'lishi kerak.Kesishuvchi 
transaksiya nizo va ziddiyatga olib keladi.Parallel transaksiyaga misol: 
«oyijon, bu mening qo'limdan kelmaydi», «sen endi katta bola bo'lib 
qolding, albatta qo'lingdan keladi».Kesishuvchi transaksiyaga misol: 
«Sardor, narsalaringni joy-joyiga qo'yib qo'ysang-chi», «siz menga 
xo'jayin emassiz, bu yerda menga faqat onam buyruq bera oladi».Bolalik 
holati bolalik davrida paydo bo'ladi va rivojlanadi.Kattalarga taqlid 


qilish natijasida ota-onalik holati shakllanadi.Kattalik holati esa uzoq 
yillar davomida hayotiy tajriba orttirish bilan qaror topib boradi. 
(Quyidagi jadvalda har uch holatga xos xususiyatlarning qisqiqacha 
bayoni taqdim etilgan) 
Bolalik
Ota-onalik 
Yetuk odam
Ishonuvchanlik 
Soflik 
To’g’rilik 
Ijodiylik 
Qiziquvchanlik 
Injiqlik 
Bezorilik 
Infantillik 
kashfiyotchilik 
G’amxo’rlik 
E’tibor 
Hamdardlik 
Nazorat 
Xulq-atvor 
qoidalari 
Ijtimoiy normalar 
Himoya 
Buyruqbozlik 
Aql o’rgatish 
Ta’qiqlar 
Ming’irlash 
O’ziga nisbatan 
ishonch 
Mas’uliyatlilik 
Adekvatlik 
Ongli xulq-atvor 
Ishonch 
Moslashish 
Tahlil 
Tafakkur 
Quruq mantiq 
Shaxsda mavjud 3 holat ham unga hayoti davomida asqotadi. Shuning 
uchun ham shaxs ulg’aygani sari hamma mana shu holatlar to’g’ri 
dominanatalik qilyayotgani haqida bosh qotirishi lozim. Masalan, inson 


voyaga yetgan bo’lsa-da, orzular qilishi, o’zini xursand qila olishi uchun 
bolalik holatiga ehtiyoj sezadi. Yoki biror maqsadga erishishi uchun 
tartiblarga amal qilishi kerak. Ayni shu vaziyatda unga ota-onalik roli as 
qotadi. Hayotida bo’layotgan voqea-hodisalarni mustaqil tahlil etishi, 
yangi xulosalar chiqarishi uchun esa yetuklik holatiga ehtiyoj sezadi. 
Agar shaxsda uch holatdan biri dominanatalik qilib qolsa, u turli 
psixologik muammolarga to’qnash kelishi, nevroz holatiga tushib qolishi 
mumkin. masalan, yetuk shaxsda bolalik holati ortib ketsa, u o’z xohish-
istaklari-yu ehtiyojlarini boshqara olmaydigan kuchsiz shaxsga aylanib 
qolishi mumkin. Yoki aksincha, ota-onalik holati ortib ketsa, haddan 
ortiq mas’uliyat, qoildalarni buzmaslikka intilish hissi kishiga psixologik 
bosim berib qo’yishi mumkin. shuning uchun ham bugungi kunda sotsial 
psixologik treninglarda trenerlar transakt tahlil haqida turli nazariy 
ma’lumotlar berish hamda turli metodlar asosida ushbu 3 holatdan tog’ri 
foydalanish haqida ma’lumotlar bermoqdalar.
Psixologiyadagi kognitiv yondashuvning yirik namoyondalaridan 
biri Erik Bernning shogirdi Stiven Karpman 1968-yili “Karpman 
uchburchagi” nomi ostiqda o’z g’oyalarini shakllantirdi. Unga ko’ra 
inson turli psixologik qiyinchiliklar, munosabatlardagi yoqimsiz 
holatlarga duch kelishiga asosiy sabab hayoti davomida keraksiz rollarni 
bajarishidadir. S.Karpman ushbu rollarni 3ga - jabrdiyda, qutqaruvchi, 
zolim ajratib, Karpman uchburchagi ostida birlashtiridi.


Har bir shaxs hayoti davomida ushbu pozitsiyalardan birida bir 
marta bo'lsa ham turishi mumkin. Ba'zilar esa uzoq yillar davomida bitta 
pozitsiyasida qolib ketadi. Psixolog konsultant huzuriga kelgan mijoz 
jabrdiyda rolida yashab, "Meni hech kim tushunmaydi, meni doim 
azoblashadi" deb shikoyat qilishi mumkin. "Men baxtsizlarga yordam 
berishni istayman, ammo qancha yordam bersam ham o'zim 
baxtlimasman" deb qutqaruvchilik rolidan qiynalib yuradi. Kimdir esa 
zolim, hamma undan qo'rqadi, lekin o'zi ich-ichidan o'zining ojizligini 
his 
qiladi.
quyida har bir rolga alohida to’xtalib, uning o’ziga xos xusuiyatlarini 
tushuntiramiz: 

Download 3,81 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiya

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish