Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiya




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/95
Sana22.09.2024
Hajmi3,81 Mb.
#271960
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb

addiksiya
tarzida qo’llanadi. Bundan keyingi o'rinlarda 
addiksiya so’zini ishlatamiz.
Addiksiyaga muloqot va faoliyatning qiyin shart-sharoitlariga 
moslashish usuli deya ta’rif berish mumkin. Ko’incha mijozlar o’zlari 
qaram bo’lib qolgan obyektdan “dam olish”ga, “xursand bo’lish”ga 
imkon beradigan “makon” sifatida foydalanadilar. Addiktiv xulq-
atvorda odam reallikdan qochish uchun yo psixik holatini sun’iy 
o’zgartirish uchun qandaydir moddalarni qabul qiladi, yoxud ma’lum bir 


hislarni tuyish uchun diqqatini doimiy ravishda biror faoliyat turiga 
qaratadi. Quyida addiktiv xulq-atvor turlariga to’xtalamiz: 
1. Alkogolizm, narkomaniya, taksomaniya, chekish; 
2. Azart o’yinlar, kompyuter addiksiyasi, seksual addiksiya, uzoq vaqt 
bir xil ritmli musiqalarni tinglash; 
3. ozuqaviy xulq-atvor buzilishi; 
4. ma’lum bir faoliyat turiga butunlay sho’ng’ish asosida boshqa muhim 
hayotiy vazifalarni inkor etish yoxud bajarmaslik. 
Insonda turli psixologik qaramliklarning kelib chiqish ildizi 
bolalikka, ayniqsa, yoshlikdagi tarbiyaga borib taqaladi. Uyda, ota-ona 
bilan yashaganda bola shaxslararo aloqalar va hissiy munosabatlar tilini 
o’rganadi. Agar bola ota-onasidan qo’llab-quvvatlashni, hissiy iliqlikni 
ololmasa – o’zida psixologik himoyasizlik his qiladi. Bu his keyinchalik 
butun olamga, boshqa odamlarga qaratiladi – natijada odam 
komfort(qulaylik) holatini his qilish uchun ma’lum bir moddalarni qabul 
qiladi yoki biror faoliyat, buyumga bor e’tiborini qaratadi. 
Psixolog B.Segal qaramlikka ega shaxsning quyidagi xususiyatlar ega 
bo’lishini ta’kidlaydi: 
-
Kundalik hayoting muammolariga dosh berishi qiyin, ammo 
inqirozli vaziyatlarga bardoshli; 
-
Tashqi tomondan ustundek ko’rinsa-da, ich-ichida yashirin 
to’liqmaslik kompleksi mavjud; 
-
Tashqaridan kirishimli ko’rinsa-da, davomli hissiy aloqalardan 
qochuvch; 
-
Yolg’on gapirishga intiluvchi; 
-
Boshqalar aybsizligini bilsa ham ularni ayblashga moyil; 


-
Qarorlar qabul qilishda mas’uliyatdan qochuvchi; 
-
Xulq-atvordagi xatti-harakatlarning takrorlanuvchanligi; 
-
Xavotirlilik. 
Mana shu belgi-xususiyatlar orqali ham mijozda qaramlik bor yo’qligini 
aniqlab olish mumkin. Insondagi qaramlik holati reallikdan qochish 
orqali namoyon bo’ladi. Quyida reallikdan qochishning 4 asosiy 
ko’rinishi ko’rib chiqamiz: 
1.“Tanaga qochish” – o’zining jismoniy yoki psixik yuksalishiga 
qaratilgan faoliyat turiga sho’ng’itish. Bunda sog’lomlashtiruvchi chora 
tadbirlar, seksual ta’sirlar, o’z tashqi ko’rinishga haddan tashqari e’tibor 
qaratish kabi xatti-harakatlar bilan mashg’ul bo’ladi. 
2. “Ishga qochish” – odam ko’p vaqtini faqat bir xil faoliyatga 
yo’natiradi. Uning fonida boshqa bajarishi lozim bo’lgan ishlar ikkinchi 
darajaga tushib qoladi. Bir xil ish faoliyatiga nisbatan nosoglom 
boshlanish holati yuz beradi. 
3. “Aloqalarga yoki yolg’izlikka qochish” - bunda ehtiyojlarning 
qonidirishning yagona usuli muloqot bo’lib qoladi. Yoki aksincha holat 
bo’lishi mumkin. Shaxslararo aloqalar miqdori minimumga tushib 
ketadi.
4. “Fantaziyalarga qochish” – shubhali falsafiy izlanishlar, diniy 
fanatizm yoki illuziyalarga ishonib qolish holati ro’y beradi.
O'ta ko'p kitob o'qish, tinimsiz serial ko'rish, biror falsafiy ta'limotga 
chuqur kirib ketish kabilar ham reallikdan qochishning bir ko’rinishidir.
Addiksiya qanday ko’rinishda bo’lmasin uning sabablari bolalikka 
borib taqalishini psixologlar tasdiqlashgan. Bola ikki yoshigacha og’riqli 
kechinmalar (kasallik, onasidan ayrilish yoki onaning bola hissiy 


ehtiyojlarini qondirolmasligi, ovqatlanishning o’ta qat’iy tartibi, bolani 
“erkalanish”ga qo’ymaslik, uning o’jarligini sindirishga intilish) 
keyinchalik addiktiv xulq-atvorga olib keladi. “Qo’lga o’rganib qoladi” 
degan bahona bilan ona bolani tana kontakti va hissiy iliqlikdan ayirib 
ko’pincha so’rg’ich yoki navbatdagi biror ichimlik solingan butilkani 
berib qo’yadi. jonsiz obyekt bolaga o’z hissiyotlariga bardosh berishga 
yordam beradi va insoniy munosabatlar o’rnini egallaydi. 
Qaramlikka ega shaxsni bu holadan chiqarib olishi uchun psixoanaliz 
yo’nalishi mos keladi. Chunki addiksiyaning kelib chiqishi ipatsientning 
bolaligi, undagi psixologik travmalar bilan bog’liq. Psixolog 
konsultantning asosiy vazifasi aynan shu travmalar bilan ishlash hamda 
ularni olib tashlash bo’lishi lozim.
Qaramliklardan qutulishning eng yaxshi yo'llaridan biri Amerikada 
ishlab chiqilgan turli "jamiyatlar"ni yo'lga qo'yishdir. Masalan, "anonim 
alkogoliklar jamiyati" tuziladi va uning a'zolari har safar qattiq ichgisi 
kelganida shu jamiyat klubiga keladi va o'z muammolari bilan 
bo'lishadi. O'ziga o'xshagan odamlarning qo'llab-quvvatlashi va hissiy 
tayanchi 
navbatdagi 
aroqxo'rlikdan 
saqlab 
qoladi. 
Yuqorida ham har qanday qaramlikdagi xulq-atvorning maqsadi — 
lazzatga intilish ekanligini ta’kidladik. Qaram odamga addiksiya lazzat 
beradi. Odatda qaram odamni zararli addiksiyadan chiqarib olish uchun 
unga boshqa bir zararsizroq "qaramlik" topish kerak. Masalan, 
ichkilikka yoki narkotikka qaram odamni sevgi yoki biror qiziqarli 
faoliyat turi. Qutqarishi mumkin. Ammo bunday holatlarda sevgan 
odamiga, yoki ishga qaramlik shakllanishi mumkin. Bunda psixolog 
yoki psixoterapevtning donoligi, ishni puxta olib borishi qo'l keladi. U 


birinchi navbatda addiksiyadan chiqarib boshqa lazzat turiga o'tkazishi, 
keyin esa bu lazzat yangi addiksiyaga aylanmasligiga harakat qilishi 
kerak. 
Alkogol va narkotik qaramlikdan chiqarishning farmokologik usuli 
ham bor. Bugungi kunda qon tomirlarga ma'lum bir preparatlarni 
yuborish 
orqali 
ichkilikka 
nafrat 
uyg'otish 
ham 
mumkin. 
Shuningdek, gipnoz orqali ham addiksiyaga chek qo'ysa bo'ladi. 
Ammo odam yashaydigan muhit avvalgiday nosog'lom bo'lib 
qolaversa, u yana qaramlikka qaytish ehtimoli katta. Shuning uchun ham 
qaramlikka ega mijozlar bilan ishlashda psixolog bevosiya ularning 
yaqinlari bilan ham hamkor holatda psixologik maslahat jarayonlarini 
o’tkazishi zarur bo’ladi.

Download 3,81 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiya

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish