Insayt
– oydinlashuv.
Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin
yulduzday yalt etib paydo bo’ladi. psixodaramada qo’llanuvchi termin.
Isteriya
– inson ruhiyatiga jarohat yetkazuvchi psixogen ta’sirlar
natijasida paydo bo’lib, ko’proq yoshlik davrida kuzatiladi. Isterik
patsientning xatti-harakati “haqqim yo’q, lekin istayman”
tamoyiliga
asoslanadi.
Libido
– psixoanalizda psixik hayot dinamikasini tushuntirib berishga
xizmat qiladigan nazariy tushuncha. U anglanmagan holda bo’ladigan
jinsiy mayl energiyasidir.
Mayl
– Z.Freydning fikriga ko’ra, qo’zg’alishning
ichki manbalaridan
kelib chiqadi va qo’zg’alishni bartaraf etishga yo’naltirilgan doimiy
kuch sifatida harakat qiladi.
Mentalitet
– individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o’ziga xos
tafakkur tarzi, voqelikni ma’lum bir tarzda
tushunishi va va birlikda
harakat qilishga tayyorligi va moyilligi.
Mijoz -
psixologga psixologik muammosini yechish maqsadida
murajaat qilivchi shaxs
.
Mijoz motivatsiyasi –
mijozning psixologga
murajaatining asosiy
sababi
.
Mimika –
yuz qismlari harakati jamlanmasi bo’lib, insonning ayni
damdagi voqelikka munosabati hamda psixologik holat aks etadi.
Motiv
– shaxsdagi u yoki bu xulq – atvorga nisbatan turgan moyillik.
Perifraza
– mijoz aytgan so’zlarini, qisqa , aniq yo’sinda psixologning
takrorlashi.
Proyeksiya –
insonning himoya mexanizmi. Biror sodir etgan xato xatti-
harakatini oqlashga urinish.