• Zerkalizatsiya
  • Shaxs erkinligi
  • Shaxsiy aloqadorlik
  • Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiya




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/95
    Sana22.09.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #271960
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
    Bog'liq
    l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb

    Sublimatsiya – 
    insonni xavotirga solayotgan impulslarni ijtimoiy 
    jihatdan qo’llash mumkin bo’lgan yo’nalishga solish. 
    Temperament
    (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, 
    mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik 
    harakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi, 
    ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi. 
    Zerkalizatsiya
    – psixologik maslahat o’tkazish jarayonidagi usulidir. 
    Ushbu usul psixologning mijoz gapirish ohangi, mimkialari, imo-
    ishoralarini o’ziga sezdirmay takrorlashi orqali amalga oshiriladi.
    Shaxsiy kontakt 
    – o’zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, 
    uch yoki ko’proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi 
    shaxsiy munosabat tavsifidir.


    Shaxs erkinligi
    – insonlarning o’z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, 
    ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o’zi istagan kasb, hunarli, 
    diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash. 
    Shaxs
    – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus 
    insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning 
    yordamida inson o’zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad 
    sari intiluvchan bo’libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir 
    bo’ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy 
    belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-
    birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, o’z hayoti hamda o’zgalar 
    hayoti bilan ham bog`liq bo’lgan ko’plab muhim momentlarni sarhisob 
    qila olishi, o’z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga ola 
    bilishi kabilardir.
    Shaxsiy aloqadorlik
    – bu bog`liqlikning dinamik jihati bo’lib, 
    hamkorlar o’rtasidagi maqsadga erishishda qo’llaniladigan vositalarni 
    kelishi, ulardan har birining qo’llaydigan strategiyasini koordinatsiya 
    qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga 
    moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv 
    o’zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning o’z maqsadiga 
    erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o’zicha tasavvur 
    qilishi, ularni hal qilishning o’z usul va vositalaridan iborat bo’lishi 
    mumkin. 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiya

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish