Diqqatning fiziologik asoslari




Download 99 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2022
Hajmi99 Kb.
#29514
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
IBRAGIMOVA UMIDA REFERAT Diqqat turlari
BASKETBOL O\'yini texnikasi va tasnifi, 2 3 praktika Aliya, D triggerning shartli belgisi (a), holatlar jadvali (b) va, [tezis] UZUMNI QURITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI TAHLILI, 1699080994, Fozil cisco, Musiqa tarixi, metodika nazorat savollari, Oksidlanishli fosforlanish - Vikipediya, 1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari (2), Ii-mavzu. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. , Sillabus МТvaА final rus, \'jamiyat falsafasi, Robo-advisers
Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma’lum nerv markazlarining ko‘zqalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Bu mexanizm sub‘ekt (organizm) uchun ahamiyatli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni ajratishni psixik faoliyatning yo‘nalganligini ta’minalaydi. Bunday yo‘naltirishga orientatsiya (tushunib olish) refleksini misol keltirish mumkin. Har qanday yangi qo‘zg‘atuvich (agar u yetarli darajada kuchli bo‘lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, «nima u» degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, orientatsiya refleksi paydo bo‘lgan paytda xuddi uyqudan uyg‘onib bedorlikka o‘tishdagidek o‘zgarish hosil bo‘ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qiligan nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuni diqqatning fiziologik asoslarining tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga ko‘ra bosh miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik printsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Bu printsipga asosan, miyada ko‘zg‘alishining har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i mavjud, bu hukmron ko‘zg‘alish o‘chog‘i ayni paytda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma ko‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa ko‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday ko‘zg‘alish o‘chog‘ining paydo bo‘lish asosi mazkur qo‘zg‘atuvchining kuchigagina bog‘liq bo‘lmay, balki nerv sistemasining ichki holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo‘zg‘atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogda ta’sir qilib turgan boshqa qo‘zg‘atuvchilardan chalg‘ishda ifodalanadi.




Download 99 Kb.
1   2   3   4




Download 99 Kb.