• Ixtiyoriy
  • Ixtiyoriydan
  • Ixtiyorsiz diqqat
  • Diqqat turlati va ularni qiyosiy xarakteristikasi




    Download 99 Kb.
    bet3/4
    Sana08.11.2022
    Hajmi99 Kb.
    #29514
    TuriReferat
    1   2   3   4
    Bog'liq
    IBRAGIMOVA UMIDA REFERAT Diqqat turlari
    BASKETBOL O\'yini texnikasi va tasnifi, 2 3 praktika Aliya, D triggerning shartli belgisi (a), holatlar jadvali (b) va, [tezis] UZUMNI QURITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI TAHLILI, 1699080994, Fozil cisco, Musiqa tarixi, metodika nazorat savollari, Oksidlanishli fosforlanish - Vikipediya, 1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari (2), Ii-mavzu. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. , Sillabus МТvaА final rus, \'jamiyat falsafasi, Robo-advisers
    Diqqat turlati va ularni qiyosiy xarakteristikasi


    Diqqat turi


    Paydo bo`lish shartlari

    Asosiy xarakteristikasi

    Asoslari
    Ixtiyoriy

    Vazifani qabul qilishi

    Vazifaga asosan yo`nalganlik, irodaviy zo`r berish, uzoq muddatli diqqatning to`planganligi toilqtiradi

    Ikkinchi signal sistemasini etakchi o`rni
    Ixtiyoriydan

    So`nggi diqqat

    Qiziqishi bilan yuzaga kelgan faoliyatga “kirish”

    Maqsadga yo`nalganlik saqlab qolinadi, toliqish bo`lmaydi, qiziqish ortadi.
    Faoliyat jarayoniga bo`lgan qiziqishi dominantasidi.
    Ixtiyorsiz diqqat

    Kuchli qo`zg`atuvchi asosida yuzaga keladi.

    Beixtiyoriylik, engillik, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o`tiladi.

    Shaxsni qiziqishini namoyon qilyvch yoki xarakterlovchi dominanta

    Diqqatning yuzaga chiqish mexanizmlari juda murakkab va ularning ko‘rinishi, turlari ham turlichadir. Diqqatning turli ko‘rinishlari va mexanizmlarning umumiyligi asosida ularning turli turlari farqlanadi.


    Shaxsning o‘z oldiga diqqatni biror ob’ektga qaratishi maqsad qilib qo‘yishi va irodaning ishtirokiga ko‘ra uch xil diqqat farqalanadi.
    Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat. Biz diqqatimizni qaratishni maqsad qilib qo‘ymagan paytimizda psixik faoliyatning biror ob’ektga yo‘naltirilishi va to‘planishiga ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Ko‘pincha faoliyatning maroqliligi va qiziqarliligi va kutilmaganda favqulotdaligi diqqatni o‘ziga tortadi, odamni o‘ziga jalb qiladi.
    Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar juda xilma-xil va bir-biriga bog‘lanib ketgan. Biz ularni shartli ravishda bir-biridan ajratamiz va tahlil kilamiz.
    Tashqi kuzatuvchining xarakteri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar:
    bunga dastavval qo‘zgatuvchining kuchi yoki intensivligi kiradi. Yetarli darajada bo‘lgan har qanday qo‘zg‘atuvchi: qattiq ovoz, yorqin nur, kuchli silkinish diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi.
    Bunda qo‘zg‘atuvchining absolyut kuchidan ko‘ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o‘ynaydi.
    ko‘zg‘alishlar o‘rtasidagi kontrast ham diqqatni o‘ziga beixtiyor tortuvchi sabablardan biridir.
    Qo‘zg‘alishning uzoq vaqt davom etishi va shuning bilan birga narsaning fazoda tutgan o‘rnining kattaligi muhimdir. Masalan: hajmi atrofdagi jismlardan katta jism, qisqa muddatli qo‘zg‘atuvchilar orasida uzoq muddat davomida ta’sir kiluvchi diqqatni o‘ziga tortadi.
    Qo‘zg‘atuvchining to‘xtab-to‘xtab ta’sir qilishi ham kishining diqqatini beixtiyor o‘ziga tortadi (yonib-o‘chib turuvchi yorug‘lik).
    Ta’sir qilib turgan qo‘zg‘atuvchining birdaniga to‘xtab qolishi diqqatimizni jalb qiladi.
    Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi guruh sabablarga tashqi qo‘zg‘atuvchining odamning ichki holatiga va avvalo mavjud bo‘lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Qorni och kishiga ovqatdan darak beruvchi har qanday qo‘zg‘atuvchi, masalan, ovqat haqidagi gap, ovqat hidi va shunga o‘xshashlar diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Fiziologik jihatdan olganda bu sabablarning ta’sirini Uxtomskiy tavsiya etgan dominanta printsipi bilan asoslash mumkin.
    Ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi uchinchi guruh sabablarga idrok qilinayotgan ob’ekt va bajarilayotgan faoliyatbilan bog‘liq bo‘lgan hissiyot kiradi. Eng birinchi navbatda maroqli va jozibali ta’sir predmet va faoliyat kishini o‘ziga tortadi. Masalan, qiziqarli ish, qiziq hikoya va shunga o‘xshashlar.
    To‘rtinchi guruh kishining ilgarigi tajribasining diqqatga ta’sirini ko‘ritish mumkin. Bunga kishining bilimlari, tasavvurlari, malaka va odatlarining ta’siri kiradi.
    Diqqatning ixtiyorsiz jalb qilinishida kutish katta rol o‘ynaydi.
    Yana bir guruh sabablar – kishining qiziqishlari ham ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sababalar orasida ko‘p uchraydi. Qiziqishning mavjudligi har qanday murakkab faoliyatni, ob’ektni ham beixtiyor diqqat ob’ektiga aylantiradi. Yuqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablarni pedagoglar dars davomida hisobga olishlari, shular asosida o‘quvchilarning ixtiyorsiz diqqatni boshqarishlari lozim.
    Ixtiyoriy diqqat. Ko‘zlangan maqsad va kabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo‘nalishi va to‘planishi ixtiyoriy harakaterga ega bo‘lishi mumkin. Bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo‘yamiz. Diqqatimiz ongli suratda boshqariladi. Ixtiyoriy diqqatni biz diqqatimizni qaratish uchun o‘z oldimizga ongli suratda maqsad qo‘yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to‘plash uchun kurashib, har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko‘zlashda, irodaviy zo‘r berishda namoyon bo‘ladi.
    Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo‘lishidir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatdan farq qiladi. Ixtiyoriy diqqat jarayonida yuqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablarning ta’siri juda kuchli. Ammo bu sabablar bevosita emas, balki bavosita ta’sir qiladilar. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan.
    Muvofiklashtirilgan ixtiyoriy diqqat. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib o‘tish lozim. Bu diqqatning ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan turi bo‘lib, lekin doimiy irodaviy zo‘r berishni talab qilmaydi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy bo‘ladi. Kishi biror faoliyatni bajarishga o‘zini majbur qiladi, keyinchalik ishga kirishib, qiziqib ketadi va uning diqqati ixtiyoriy diqqatga aylanadi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy edi, keyin esa ixtiyorsizga aylandi. Shu sababli diqqatning bu turi ixtiyoriydan keyingi ixtiyorsiz diqqat ham deb yuritiladi.

    Download 99 Kb.
    1   2   3   4




    Download 99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diqqat turlati va ularni qiyosiy xarakteristikasi

    Download 99 Kb.