|
Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning
|
bet | 1/4 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #137131 |
Bog'liq Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning Kirish
Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamizda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar ta‘lim sohasida ham izchil va uzluksiz o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi kadrlarni tayyorlash sohasida jahon andozalarga mos ravishda tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma‘lumki, firmalar, korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo‘lgan malakali va bilimli xodimlar ta‘minlaydi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi[1,3].
Axborot tizimining keng tarmoqda yoyilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlaridan o‗z vaqtida xabar topishiga va uning mag‗zini anglashiga hamda amalda tatbiq etishiga keng yo‗l ochib bermoqda[2]. Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi
«Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-1730 sonli qarori, 2012 yil 1 fevraldagi ―Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora- tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorlari Respublikamizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari taraqqiyotida, bu sohadagi amaliy-ilmiy va fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishida yana bir muhim bosqich bo‘lib qoladi. Prezidentimiz I.Karimov XXI asrni ma‘naviy-ma‘rifat asri, ilm-fan madaniyat va axborotlar asri deb ta‘riflar ekan, bu bilan hozirgi davrning muhim belgisi va xususiyatini ham belgilab berganini payqab olish qiyin emas[1].
O‘zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu masalada ―… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy
tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e‘tiborimiz markazida turishi lozim‖ ligini ta‘kidlaydi[3].
Bu kabi vazifalarni bajarish kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan bo‘lib, uning kelajakdagi istiqboli Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta‘lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ―o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‘minlash― zarurati e‘tirof etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi‖[5]. Bu yo‘nalishlar Prezidentimizning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikasiya texnologiyalarini joriy yetish‖ to‘g‘risidagi farmonida ko`rsatilgan vazifalarni bevosita to‘ldirib, ularning dolzarbligini yanada oshirmoqda.
Mamlakatimizda ta‘lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta‘lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta‘minotini rivojlantirishni talab etadi. Ta‘lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta‘limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta‘lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.
Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalari insonlarning intelektual faoliyatiga kirib kelib, ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sishiga asosiy sababchilardan biri bo‘lib kelmoqda [4].
Axborot xajmining jadal suratlar bilan ortib borishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash hamda ma‘lumotlar bazasi va omborini tashkil qilish, shu jumladan, internet texnologiyalarini rivojlanishi natijasida axborotlarni tahlil qilish va
tadqiqot obyektlarini modellashtirishning aniq usullari real hayot talablaridan qisman ortda qolmoqda. Bulardan kelib chiqqan holda shuni ta‘kidlash mumkinki, turli soha axborotlarini qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan, shu jumladan, yaqin kelajakda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan universal va ishonchli yondoshuvlarni ishlab chiqish talab qilinadi[5].
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta‘lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida» 2005 yil 28 sentyabrdagi PK-191-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompyuterlashtirish va axborot - kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2008 yil 20-iyundagi 22-son majlis bayonlarida yangi axborot-kommunikasion texnologiyalarni ta‘lim berish sohasida qo‘llash muhim vazifa sifatida keltirilgan[1,5].
O‘zbekistonda axborotlashtirish masalalari qatorida kompyuter vositali ta‘lim tizimini rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda, bunga misol sifatida xalq ta‘limi tizimida maktablar uchun elektron axborot resurslarini tashkil etish borasida 2000 yildan to hozirgacha qator ko‘zga ko‘rinadigan ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimida ham shunga o‘xshash kompyuter parkini kengaytirish va yangilash, dasturiy vositalarni ko‘paytirish shular jumlasidandir.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z faoliyatlari davomida juda katta hajmdagi ma‘lumotlarni to‘playdilar. Lekin ularning yagona istagi – bu to‘plangan ma‘lumotlar bazasidan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma‘lumotlarni tez va aniq qidirib topish hisoblanadi. Qisqacha aytganda ma‘lumotlar bazasi xotira yoki murakkab yozuvlar daftari vazifasini bajaradi. Foydalanuvchilarning ma‘lumotlar bazasiga kirishi aniq qo‘yilgan savollarga javob olish uchun saqlanayotgan ma‘lumotlarning unchalik katta bo‘lmagan qismini olishini ta‘minlaydi. Ulkan axborot oqimiga, to‘plangan axborotning ulkan zaxiralariga
ega bo‘lganimizda qandaydir jarayonlarni boshqarishni optimallashtirish, tashkilot faoliyatini yaxshilash murakkab obyektlarga, masalan, ta‘lim tizimida pedagog-xodimlar, OTMlarning ko‘rsatkichlari, talabalar haqida katta xajmdagi ma‘lumotlarda mavjud bilimni chiqarish uchun bu ma‘lumotdan maksimal maqsadga muvofiq foydalanish masalasi paydo bo‘ladi.
Berilgan ma‘lumotlar ba‘zasidagi ma‘lumotlarni yaqinlik xususiyatiga ko‘ra guruhlarga ajratish va ulkan axborot oqimidan kerakli ma‘lumotni tez va aniq ajratib olish masalasi hozirgi zamonning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Mazkur dissertatsiya ishida ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishning usullari va dasturiy ta‘minoti masalalaridan kelib chiqgan holda inlellektual tahlil etishning klasterizatsiya masalasi algoritmlarini qiyosiy tahlil etish hamda dasturiy ta‘minotlar orqali ifodasini keltirib, o‘qitish tizimiga joriy etishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
|
| |