• Uchinchi bob
  • To‘rtinchi bob
  • Dissertatsiyaga ilovada
  • Dissertatsiyaning asosiy qismi uning to‘liq hajmining 70% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etishi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga bo‘linadi




    Download 20.21 Kb.
    bet3/3
    Sana08.05.2023
    Hajmi20.21 Kb.
    #57487
    1   2   3
    Bog'liq
    Dissertatsiya yozishga kirishishdan oldin
    uUdl58ZigvB3QaqZjpkistzqIBtmsRwAWtyWEPRm, 27-тема, Ramazan111-nusqa, M-6, 2-SEMINAR MAVZU , O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta`lim vazirligi b, S tilida dasturlash asoslari (Sh.Madrahimov S.Gaynazarov), namangan buklet ingliz tili, 35% ANKETASI, Ma\'ruza 1, 3756
    Ikkinchi bob vazifaning yechimini nazariy asoslash, uning yechimi metodikasiga bag‘ishlanishi mumkin. Bobning vazifasi –masala nazariyasini umumiy ko‘rinishda berish. Nomzodlik dissertatsiyasida masala yechimining yangi nazariy tamoyillari kamdan kam beriladi. Mavjud matematik apparatda ko‘pincha zarur nazariy platformani topishga erishiladi, biroq dastlabki holatda u keyingi fikrlar uchun tayyorlov mahsuloti bo‘lib qoladi. Keyingi fikr odatda moslashish koeffitsientlarini, tenglamalarda yangi bo‘laklarni, tahlil qilinayotgan jarayonning fizikasini aks ettiruvchi qo‘shimcha tenglamalarni, yangi topilgan faktorlarni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
    Moslashish koeffitsientlaridan foydalanishda aniqlikka e’tibor berish kerak. Eng oddiy holatda bu nazariya va eksperiment natijalarini kelishtiruvchi empirik koeffitsientlardir. Biroq olg‘a borish va moslashish koeffitsientining o‘ziga nazariy asosni topish mumkin. Balki ular statik emas, balki dinamikdir va o‘z navbatida boshqa parametrlarga bog‘liqdir. Moslashish koeffitsientidan eksperiment va nazariya natijalariga qo‘shimcha sifatida foydalanish metodologik xato hisoblanadi. Eng ideal teoriya zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanilgan yechim. Biroq shuni esda tutish kerakki, son yechimi bu har doim xususiy yechim. Ayni paytda analitik yechim ko‘proq yechimlarni ko‘rib chiqish, jarayonni sifatli tahlil qilish imkonini beradi. Masalaning bir yechimi ikkinchisidan afzalroq deb o‘ylash kerak emas. Jarayon rivojlanishini tushuntira oladigan va bashorat qila oladigan istalgan nazariy umumlashtirish yashashga haqli. Ikkinchi bob hajmi 35-40 bet.
    Uchinchi bob, odatda masalani yechishning eksperimental asoslanishi, eksperimental tadqiqotlar usullar bayoni, tajriba va nazariy natijalar aniqligi va tahlilini o‘z ichiga oladi. Eksperimental bobning vazifasi – masalaning umumlashtirilgan nazariy yechimini konkretlashtirish, tajriba koeffitsientlarini taqdim etish, nazariyani tekshiruvchi eksperimental nuqtalarni berish. Bu yerda yangi qurilmalar tavsifi, ularning ishlashini tekshirish, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishning yangi usul va texnologiyasini bayon etish mumkin. 3-bob hajmi 30-35 bet.
    To‘rtinchi bob, konkret yechimlar, qurilmalar, grafikalar, bog‘liqliklar, ikkilamchi modellar, nazariy qarashlarning konkret model uchun eksperimental ma’lumotlarga mos kelishni baholashni o‘z ichiga olishi mumkin. Dissertatsiya ishi natijalarini muhokama qilish va baholashga alohida paragrafni bag‘ishlash mumkin. Ish natijalarini baholash sifat va son jihatdan bo‘lishi kerak. Ma’lum yechimlar bilan taqqoslashni barcha aspektlar bo‘yicha, jumladan samaradorlik bo‘yicha amalga oshirish kerak. Bobga 20-25 bet ajratiladi.
    Xulosada ishning natijalari keltiriladi. Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha asosiy fikrlar shakllantiriladi, Aprobatsiya to‘g‘risida, dissertatsiyaning asosiy mazmunining ilmiy nashriyotda yoritilishi, uning natijalari, yechimlarning patentlar bilan himoyalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. Dissertatsiya natijalari qo‘llanilayotgan va qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ko‘rsatiladi. Ushbu bo‘limga sakkiz betgacha joy ajratiladi.
    Dissertatsiyaga ilovada qo‘shimcha, ma’lumotnoma xarakteridagi materiallar joylashtiriladi. Bu jadvallar, grafiklar, dasturlar, masalalarning EHMdagi yechimi, formulalar bo‘lishi mumkin.
    Download 20.21 Kb.
    1   2   3




    Download 20.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dissertatsiyaning asosiy qismi uning to‘liq hajmining 70% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etishi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga bo‘linadi

    Download 20.21 Kb.