• 1.2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati, axborotning asosiy tavsifi
  • Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan




    Download 1.03 Mb.
    bet1/9
    Sana19.01.2024
    Hajmi1.03 Mb.
    #141441
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1
    uUdl58ZigvB3QaqZjpkistzqIBtmsRwAWtyWEPRm, 27-тема, Ramazan111-nusqa, Dissertatsiya yozishga kirishishdan oldin, M-6, 2-SEMINAR MAVZU , O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta`lim vazirligi b, S tilida dasturlash asoslari (Sh.Madrahimov S.Gaynazarov), namangan buklet ingliz tili, 35% ANKETASI, 3756

    TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN

    MA’RUZALAR MATNI

    Ma’ruza 1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi. Axbotot texnologiyalari fanining predmeti maqsadi va vazifalari.

    Reja:


    1.1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi.

    1.2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati, axborotning asosiy tavsifi

    1.3. Kompyuterning ishlash prinsiplari.

    Tayanch iboralar: axborot, Informatika va AT, jamiyatni axborotlashtirish, axborot o’lchovi.


    1.1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi.
    Hozirgi sharoitda barcha sohalar kabi ta'lim tizimidagi islohotlarni davom ettirish O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining muhim qismini tashkil qilmoqda. Darhaqiqat, bugun ta'lim tizimi nafaqat bilim berish, balki mustaqil ta'lim metodologiyasini egallash, yangi bilimlarga doimiy ravishda malaka oshirish natijasida erishish g‘oyalarini chuqurlashtirish va rivojlantirish asosida amalga oshirilishi kerak. Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish katta ahamiyatga egadir.
    Axborot texnologiyasi axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari jamiyatimizning har bir tizimiga jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. Masalan, ta’lim sohasini oladigan bo‘lsak o‘qituvchining dars jarayonida qo‘llayotgan axborot texnologiyalari va vositalari (kompyuter, videoproyektor, elektron doska, multimedia vositalari) talabaning ko‘rish tizimi orqali yuqori darajada o‘zlashtiriladi.

    1-rasm. Axborot texnologiyalarining qo‘llanish sohalari
    Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan-tеxnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi.

    Download 1.03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan

    Download 1.03 Mb.