Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan




Download 1,03 Mb.
bet4/9
Sana19.01.2024
Hajmi1,03 Mb.
#141441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza 1
uUdl58ZigvB3QaqZjpkistzqIBtmsRwAWtyWEPRm, 27-тема, Ramazan111-nusqa, Dissertatsiya yozishga kirishishdan oldin, M-6, 2-SEMINAR MAVZU , O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta`lim vazirligi b, S tilida dasturlash asoslari (Sh.Madrahimov S.Gaynazarov), namangan buklet ingliz tili, 35% ANKETASI, 3756, kompyuter asosiy xarakteritikalari @kompyuter akademiyasi


Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda boʻlib, kitob va gazetalar oʻqib, televizion koʻrsatuvlar koʻrib, biz axborot olamiz. Matematik-olim axborot tushunchasini yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil boʻlgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni oʻzlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushinilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, u ham boʻlsa beshta muhim hossaga ega boʻlishligidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir. Аxborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, dolzarbligi, oʻz vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy isteʼmol sifat koʻrsatkichlari bilan bogʻliqdir.

3-rasm. Axborot xossalari
a) axborotning reprezentativligi – obʼekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni toʻgʻri tanlash va shakllantirish bilan bogʻliq;
b) axborotning mazmundorligi – semantik(mazmuniy) hajmini ifoda etadi;
v) axborotning yetarliligi (toʻlaligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (koʻrsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. Toʻgʻri qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan, yaʼni yetarli boʻlmagan, huddi shuningdek, ortiqcha boʻlgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi;
g) axborotning dolzarbligi – axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari oʻzgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo boʻlgan vaqtdan buyon, vaqt oraligʻiga bogʻliq boʻladi;
d) axborotning oʻz vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab qoʻyilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi;
e) axborotning aniqligi –olinayotgan axborotning obʼekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi;
j) axborotning ishonarliligi – axborotning real mavjud obʼektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi;
z) axborotning barqarorligi – axborotning asos qilib olingan maʼlumotlar aniqligini buzmasdan oʻzgarishlarga taʼsir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Аxborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi – axborot hisoblanadi. Аzaldan axborot deganda atrof – muhit obʼektlari va hodisalari, ularning oʻlchamlari, xususiyatlari va holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushuniladi.
Keng maʼnoda axborot - insonlar oʻrtasida maʼlumotlar ayirboshlash, odamlar va sunʼiy qurilmalar oʻrtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Maʼlumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, sanʼat, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud maʼlumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora koʻproq taʼsir koʻrsatadi. Demak, bundan ko‘rinadiki, axboriy jarayonlarni koʻp qirrali jarayon ekanligi ayon boʻlmoqda.

Download 1,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan

Download 1,03 Mb.