• Savollar Javoblar
  • 1.3. Kompyuterning ishlash prinsiplari.
  • -jadval Talabalar bilimini baholashda «Blits-so




    Download 1,03 Mb.
    bet8/9
    Sana19.01.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #141441
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1
    uUdl58ZigvB3QaqZjpkistzqIBtmsRwAWtyWEPRm, 27-тема, Ramazan111-nusqa, Dissertatsiya yozishga kirishishdan oldin, M-6, 2-SEMINAR MAVZU , O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta`lim vazirligi b, S tilida dasturlash asoslari (Sh.Madrahimov S.Gaynazarov), namangan buklet ingliz tili, 35% ANKETASI, 3756, kompyuter asosiy xarakteritikalari @kompyuter akademiyasi
    1-jadval
    Talabalar bilimini baholashda «Blits-soʻrov» texnologiyasidan foydalanish.



    Savollar

    Javoblar

    1.

    Axborotlashgan jamiyatga oʻtishda yangi ax­borotni qayta ishlash sanoatida nimalar yuzaga keladi?




    2.

    Insonning nimaga nisbatan ehtiyoji oshadi?




    3.

    Axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?






    4.

    Axborotlashgan jamiyat ta’rifini keltiring.




    5.

    Respublikamizda kibernetika va informatika fanlarining rivojiga katta hissa qoʻshgan olimlardan kimlarni bilasiz?




    6.

    Informatika va axborot texnologiyalarining kelajagini qanday tasavvur qilasiz?



    1.3. Kompyuterning ishlash prinsiplari.


    Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo‘lib ingliz matematik olimi, birinchi analitik hisoblash mashinasi ixtirochisi Charlz Bebbidj va uning g‘oyasini mukammallashgan ko‘rinishini venger olimi Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g‘oyasidan iborat. Hozirda ko‘p rusumli kompyuterlar shu g‘oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko‘p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda dasturning bo‘laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o‘tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O‘z navbatida dastur qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligi zarur bo‘ladi. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga o‘tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo‘yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi).Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
    Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadi va uni bajarilishini ta’minlaydi. Amal esa (arif­metik-mantiqiy) protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to‘g‘ridan -to‘g‘ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) da ko‘rilishi mumkin. Odatda, kompyuter ikki qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dasturiy ta’minoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) dan tashkil topgan deyiladi.
    Hozirgi kunda hilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular­ning tashqi koʻrinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda oʻxshashlik borligini koʻramiz.
    Har qanday kompyu­terning apparatli ta’minoti asosiy va qoʻshimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qoʻshimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib beradi.
    Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qoʻshimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol boʻladi.
    Sistema bloki, asosan g‘ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat bo‘ladi.


    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Talabalar bilimini baholashda «Blits-so

    Download 1,03 Mb.