|
Axborotlashgan jamiyat dеganda
|
bet | 2/9 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #141441 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 Axborotlashgan jamiyat dеganda – barcha faoliyat sohalariga intеllеktual mеhnat quroli sifatida dunyoviy bilim manbalariga, kutubxonalariga kirish, ulardan samarali foydalanish, ixtiyoriy (qogozdagi, matn yoki tasvir ko‘rinishidagi) axborotni juda qisqa muddat ichida qayta ishlash, jarayonlarni, voqеalarni va hodisalarni modеllashtirish imkonini bеruvchi kompyutеrlar va boshqa axborot tеxnika va tеxnologiyalar kiritilgan jamiyatni tushunamiz.
Axborotlashgan jamiyatda inson axborotlarni qayta ishlashda, zamonaviy vositalar bilan ishlashga o‘zini tayyorlashi kеrak. Bu shuni ko‘rsatadiki inson informatsiyalarga murojaat etishda ma’lum darajadagi axborot madaniyatiga ega bo‘lishi kеrak.
2-rasm. Jamiyatning rivojlanishida axbotot texnologiyalarining roli
Informatika kеng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyutеrlar va tеlеkommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan , tеxnika va ishlab chiqarishning hilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatikani tor ma'noda o‘zaro aloqador uch qism – tеxnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham qismlari bo‘yicha turli jihatlardan: iqtisodiyot tarmog‘i, fundamеntal fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Axborot - lotincha “informatio” so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, bayon qilish, biror narsa yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi. Axborot tushunchasi XX asrning o‘rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o‘rtasidagi ma’lumot hamda hayvonlar va o‘simliklardagi signal almashinuvi, hujayradan-hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob’ektlar, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil topgan. Sezish a’zolari, turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak, ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Demak,amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo‘ladi. Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma’lumot (ma’lumotlar majmui)ni anglatadi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan,Yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa, harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i kerak. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Axborotlashgan jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
|
| |