|
Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan
|
bet | 6/9 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #141441 |
Bog'liq Ma\'ruza 1Hujjat, hujjat aylanishi. Аxborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va hujjat aylanishi ishiga duch keladi. Hujjat – bu maʼlum bir qoidaga koʻra rasmiylashtirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qogʻoz, ovoz yoki elektron shakldagi axborot xabari hisoblanadi. Hujjat aylanishi bu hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish, hamda ularni ruhsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Аxborot jihatlari. Аxborotni uchta asosiy jihatdan koʻrib chiqish mumkin, yaʼni, pragmatik, semantik va sintaktik tomonidan. Аxborotni aynan shu jihatdan koʻrib chiqish avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Pragmatik jihat axborotlarning amaliy jihatdan foydaliligi, isteʼmolchi uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi. Аxborotni pragmatik oʻrganish boshqaruvning turli darajalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar tarkibini aniqlash, koʻrsatkichlar va hujjatlarning unifikatsiyalashtirilgan tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. Semantik jihat axborotlarni oʻrganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining mazmunan ahamiyati oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrsatish imkonini beradi. Ushbu jihat axborot qismlari oʻrtasidagi bogʻliqliklarni koʻrib chiqadi. Mazkur darajada axborot majmuining tashkil boʻlish qonuniyatlari (rekvizitlardan koʻrsatkichlar, koʻrsatkichlardan hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Аxborotning miqdoriy bahosi ushbu darajada axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, hujjatlar harakatlanishining oqilona yoʻnalishini, hamda ularni qayta ishlashning texnologik variantini tanlash imkonini beradi.
Xullas, axborotni turli jihatlarida oʻrganish ularning tartibi va tarkibini, paydo boʻlish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifi (toʻliqligi, ishonchligi, eskirmaganligi, aniqliligi) axborotni olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.
|
| |