|
OMBORLARNING SAMARALI ISHLASHIGA
|
bet | 76/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaOMBORLARNING SAMARALI ISHLASHIGA
TA’SIR QILUVCHI MUAMMOLAR.
Firmaning xususiy ombori yoki umumiy foydalanish ombori.
Firmada omborning maydoni bo‘yicha yuzaga keladigan birinchi muammo bu – omborxonaga egalik qilish.
Asosiy variantlar quyidagilar:
omborxonani sotib olish;
umumiy foydalanish omborlarini ishlatish
lizing, ya’ni arendaga olingan inshoat yoki bino va ularni omborxona sifatida ishlatish.
Bu variantlardan birini tanlash yoki almashtirib turish omborlashtirishning muxim echimlaridan bo‘ladi. Omborlarning shaxsiy turi va UFO ni almashib ishlatish, firma maxsulotlarini turli boshqa chet viloyatlarga jo‘natsa va mavsumiy maxsulotga bo‘lgan talab oshib boradigan bo‘lsa, bu firma uchun iqtisodiy jixatdan eng qulay echim xisoblanadi. Bu echim avvalo o‘zaro muqobillikga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu erda ikkovini xam yutuq va kamchiliklari bor. Ulardan birini tanlashda eng muxim ko‘rsatkich eng kam xarajat xisoblanadi. Quyida u yoki bu turdagi variantlarning ijobiy taraflarini ko‘rib chiqamiz.
Omborxonaning tejamliligini muxim belgilovchi mezon bu mo‘tadil yuqori darajadagi yuk aylanmasi.
Shaxsiy omborning qulayligi xizmat qilinayotgan xududdagi tijorat bozorlaridagi doimiy talabning bo‘lgishi bilan xarakterlanadi. Shaxsiy omborlarda yuklarni saqlash va nazorat qilish yaxshiroq amalga oshiriladi. Firma boshqarmasiga bunday sharoitlarda tijorat rejalarini tezda moslashtira olish va ko‘rsatiladigan xizmatlarning turini oshirish osonroq bo‘ladi, xamda bu o‘z navbatida raqobat bozorida o‘z o‘rnini mustaxkamlashga yordam beradi.
Agar firmaning yuk aylanmasi kam yoki ish xajmi mavsumga bog‘liq bo‘lsa, umumiy foydalanish omborlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.UFO asosan sotilish xajmi mo‘tadilligi noaniq yoki bir maromda bo‘lmagan yangi bozorga kirib borayotganda tanlanadi. UFOda omborxonaning rivojlanishiga firma tomonidan xarajat qilinmaydi. SHuningdek shaxsiy omborlarga egalik qilish bo‘yicha moliyaviy tavakal kamayadi, ombor maydonidan foydalanish ko‘rsatkichi oshadi.
Omborlar soni va ombor to‘plamini joylashtirish. Qoida bo‘yicha o‘z maxsulotlarini bir yoki bir necha yaqin atrofda joylashgan viloyatlarga tijorat qiladigan firmalar bitta omborga egalik qiladilar. Milliy va chet bozorlarini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi katta firmalar uchun bu sezilarli muammo bo‘lib, uni echishda m’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Bu yerda mutanosiblikni tanlash usulidan foydalanish va maxsulot sotiladigan turli xududlarda kerakli o‘lchamdagi omborxona aniqlash talab etiladi. SHunday xolatda ikki, omborlar joylashuvining markazlashtirilgan va turli xududlarda joylashtiriladigan nomarkazashtirilgan variantlar mavjud. Albatta, omborlar sonini ko‘paytirish xarajatlarning oshishi bilan bog‘liq.
Omborlarning xududiy joylashuvi va soni yuk oqimining quvvati va ularni to‘g‘ri tashkillashtirishga, tijorat bozorining talablariga, tijorat xududining ko‘lamiga va u erdagi istemolchilarning soniga, etkazib beruvchi va sotib oluvchilarning o‘zaro joylashuviga, kommunikatsiya aloqalarining o‘ziga xosligidan va boshqalarga bog‘liq xolda aniqlanadi.
Ombor qatorlarini tashkil etish va joylashtirish masalasi xuddi logistikaning boshqa masalalari kabi optimallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bir tomondan yangi omborxonani qurish va mavjud omborlarni sotib olish va ularni ishlatish sezilarli kapitalni sarflashga olib kelsa, bir tarafdan maxsulot xarakatida to‘xtalishlarni bartaraf qilishda mijozlar uchun yaqinroq va qulay joylashtirish lozim bo‘ladi.
Grafikda tijorat logistikasi tizimida omborlarning sonini oshishining xarajatlarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin.
17.1.-rasm. Logistika xarajatlari va ularning omborlarning soniga bog‘liqligi.
Omborlarning sonini oshishi tizimdagi transport xarajatlarini va boy berilgan foydaning kamayishiga, lekin shu vaqtning o‘zida saqlanmalarning va saqlashga ketadigan xarajatlar ko‘payadi. Transport vositasini yuklash xajmi oshishi proporsional ravishda transport xarajatlarini kamaytiradi. Omborlar sonini oshishi ularni istemolchiga yaqinlashtiradi va bu bilan masofa qisqarib, tashish xarajatlari kamayadi. Omborxona xarajtlari omborlarning soni oshishi bilan proporsional oshadi,chunki yuklarni saqlashda yuzaga keladigan ombordan foydalanish xarajatlarini oshishiga olib keladi. Xuddi shuningdek saqlanadigan yuklar soni ko‘payadm.
Omborlarni istemolchilarga iloji boricha yaqinlashtirish mijozlar buyurtmasini tezroq bajarishga, ularning talablarini o‘zgarishiga tezda moslashishga imkon berib, boy berilgan foydani kamaytirishga olib keladi. Bu o‘znavbatida taqsimlovchi tizimda ya’ni mijoz sifatida o‘zining ombor maydonini qisqartirishga intilgan va maxsulotlarni kichik xajmda ammo tez orada olib turadigan chakana tarmoq uchun juda ma’qul keladi.
Omborning joylashish joyini tanlash. Omborxonaning quvvatini belgilashda saqlanadigan xomashyo, material, tayyor maxsulot va boshqa mahsulotlarni saqlashga qo‘yiladigan talablar va saqlash muddatlarini xisobga olish lozim. Qum yoki ko‘mir kabi xomashyolar uchun ishlatishda sezilarsiz xarajatlarni talab qiladigan ochiq omborlarni qo‘llash mumkin. SHu bilan birga xomashyoga zarar etkazilmasligi lozim, keyinchalik omborni takomillashtirishda xarajatlar kichik miqdorda bo‘lishini ta’minlanishi kerak.
Shu bilan bir qatorda qimmat narxdagi extiyot qismlar, yarimtayyor maxsulotlar va tayyor maxsulotlar uchun tashqi atmomfera ta’siridan, buzilishi, yo‘qolishi va boshqalardan ximoya qilish uchun maxsus omborlar kerak bo‘ladi. Albatta, bunday inshooatlarni ishlatish bir necha bor qimmatga tushadi.
Omborning xajmi xisobining aniqligi ko‘p jixatdan shu ombordagi maxsulotga bo‘lgan talab taxminining to‘g‘riligiga, ishlatiladigan mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalari soniga bog‘liq bo‘ladi. Bunday masalalarni bir nech komp’yuter dasturlari yordamida amalga oshirish mumkin va shaxsiy ishlanmalar orqali kerakli xisoblarni ammalga oshirib, variantlarni taqqoslash orqali tekshirish mumkin.
Ombor joylashish joyini mavjud variantlar orasidan tanlashda shundayi tanlanadiki, uni qurishga va uni ishlatishga xamda yukni qayta ishlash uchun transport xarajatlari tejamliroq bo‘lishi kerak. Transportga bo‘lgan xarajatlar o‘z ichiga transport tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishda birlamchi kapital xarajatlar va yuklarni olib kelish va jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan ulardan foydalanish xarajatlarini oladi. Omborlarni qurish va ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga birinchi navbatda binoni qurilishi va uskunalarni sotib olishga, xamda ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan xarajatlar.
Bu masala muxim axamiyatga ega bo‘lib, asosan shaxsiy omborlarda ombor tizimi ombor maydonlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydi, bu esa ombordan foydalanish rentabelligini oshiradi. Bu masala bilan firma raxbarlari nafaqat omborning qurilayotgan vaqtida balki undan foydalanayotgan davrda xam duch keladilar. Ombor tizimini tanlash quyida atroflicha ko‘rib o‘tilgan.
|
| |