|
OMBORDAGI LOGISTIKA JARAYONI
|
bet | 77/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruza OMBORDAGI LOGISTIKA JARAYONI.
Omborda logistika jarayoni juda murakkab, chunki yuk ta’minoti, ularni qayta ishlash va buyurtmalarni joriy taqsimlashni uyg‘unlikda olib borish lozim. Amaliy jixatdan omborxona logistikasi kichik miqyosdagi barcha logistikaning asosiy jabxalarini o‘z ichiga oladi. SHuning uchun ombordagi logistik jarayon texnologik jarayondan murakkabroq bo‘lib o‘z ichiga:
Ta’minot
Jo‘natmalarni nazorat qilish
Yuklarni qabul qilish va tushirish
Ombor ichida tashish va qayta yuklash
Yuklarni omborga joylashtirish va saqlash
Yuklarni tayyorlash va ortish
Tashish va buyurtmalarni ekspeditsiya qilish
Bo‘sh maxsulottashuvchilarni yig‘ish va eltib berish
Buyurtmalarni bajarilishi ustidan nazorat
Omborlarni axborot bilan ta’minlash
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish
Logistika jarayoni barcha tashkil etuvchilarini bir-biriga uzviy bog‘liq ravishda qarash zarur. Bunday yondashuv nafaqat ombor xo‘jaliklari ishlarini yo‘naltiradi, balki rejalashtirishning va yukning omborda minimum xarajat qilgan xolda tashishni tashkil etishda asos xisoblanadi. SHartli ravishda umumiy jarayonni 3 ga bo‘lish mumkin:
Sotib oluvchi xo‘jalikni yo‘naltirishga qaratilgan jarayonlar
Bevosita yukni qayta ishlash va xujjatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar
Sotish bo‘limining ishini tashkillashtirish jaryoni
Yuklarni qabul qilishni va jo‘natishni xisobga olish va nazorat qilish yuklarni qayta ishlanishini bir maromda borishiga, omborxona xajmidan unumli foydalanishga va saqlanish sharoitini taminlashga, yuklarni saqlash muddatlarini kamaytirishga va shu bilan birga ombordagi yuk aylanmasini oshirishga yordam beradi.
Yuklarni qabul qilish va tushirish.
Bu ishlarni bajarishda avvalo shartnoma ko‘rsatilgan yuklarni eltib berish sharoitidan kelib chiqish zarur. SHunga qarab yuklarni tushirish uchun ko‘rsatilgan transport turiga moslab joy tayyorlanadi va kerakli ortish-tushirish vositasidan foydalaniladi. Zamonaviy omborlarda tushirish ishlari avtomobil yoki vagonlarga mo‘ljallangan rampalarda va konteyner maydonlarida amalga oshiriladi. Tushirish joylarnini kerakli uskunalar bilan jixozlanishi va mos ortish-tushirish mexanizmlaridan foydalanish, tushirish ishlarini qisqa vaqtda amalga oshirishni, buning natijasida transport vositalarining to‘xtab turish vaqtlari va tashishdagi to‘xtalishlar kamayadi. Bu qadamda amalga oshiriladigan amallar quyidagilardan iborat:
Transport vositalaridan yuklarni tushirish
Kelgan yuklarni tuzilishi va xujjatga mosligini tekshirish
Kelgan yuklarni axborot tizimlari orqali rasmiylashtirish
Ombor yuk birligini shakllantirish
|
| |